1-amaliy mashg’ulot: jismоniy yuklаmаlаrgа mоslаshishi (аdаptаtsiya) vа оrgаnizmning zаhirа imkоniyatlаri amaliy mashg’ulot maqsadi


Sportchilar patologiyasi haqida umumiy tushuncha


Download 66.31 Kb.
bet18/25
Sana13.02.2023
Hajmi66.31 Kb.
#1194486
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
12FFFF

Sportchilar patologiyasi haqida umumiy tushuncha.
Sport jarohatlar joyiga, sharoitiga va kelib chiqish sababiga ko‘ra quyidagi turlarga ajraydi: ishlab chiqarish, ko‘cha xodisasi, transport, xarbiy va sport jarohatlariga. Bu jarohatlar ichida sport jarohatlarini og‘irligi va soni hisobidan oxirgi o‘rinda turadi, ya’ni 2-3 % ni tashkil etadi. Sport jarohatlarini oldini olish uchun o‘qituvchi va murabbiy kasallikni kelib chiqishi va jarohatlarni keltirib chiqaruvchi omillarni mukammal bilishi shart.
Sport jarohatlar mashg‘ulot musoboqa va o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarida doim bir xil bo‘lmaydi. Musobaqa davomida intensiv ko‘rsatkich 8,3%ga, mashg‘ulotlarda 21%, o‘quv yig‘in mashg‘ulotlarida 20% ga teng.
Mashg‘ulot davomida murabbiy bo‘lmasa, jarohatlar soni martta ko‘p bo‘ladi. bu jarohatlarni oldini olishda murabbiyni o‘rni muximligini ko‘rsatadi. Jarohatlanish sportchini malakasiga xam bog‘liq qancha malaka ko‘p bo‘lsa shuncha jarohat oz bo‘ladi.

8-amaliy mashg’ulot: ORGANIZMNI TIKLANISH JARAYONLARINING FIZIOLOGIK XAKARTERISTIKASI


Amaliy mashg’ulot maqsadi:
Amaliy mashqlar organizmni tiklanish jarayonlarining fiziologik xakarteristikasi bo’yicha talabalarda amaliy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish.


Amaliy mashg’ulot rejasi:

  1. Tiklanish

  2. Kislorod qarzi va organizmning energetik zaxiralarining tiklanishi.



Amaliy mashg’ulot borishi:
Tiklanish
Mashqni bajarish tugaganidan keyin, uni bajarishni ta’minlagan funksional tizimlarning faoliyatida teskari o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarishlarning barchasi, tiklanish tizimiga o‘tadi. Tiklanish davri davomida, ishchi metabolizm mahsulotlari yo‘qoladi va mushak faoliyati davrida sarflangan energetik zaxiralar, plastik (strukturaviy) moddalar (oqsillar) va fermentlar tiklanadi. Mohiyatiga ko‘ra, ish tufayli buzilgan holatlar tiklanadi. Lekin, tiklanish nafaqat organizmni ishdan oldingi holatiga qaytarish jarayoni bo‘lib qolmay. Bu davrda, organizmning funksional imkoniyatlarining ortishini ta’minlaydigan, ya’ni ijobiy mashq samarasini ko‘rsatadigan o‘zgarishlar ham sodir bo‘ladi.
Ishdan keyin funksiyalar tiklanishining umumiy qonuniyatlari quyidagilardan iborat. Birinchidan, ko‘p funksional ko‘rsatkichlarning tiklanish tezligi va davomiyligi ishning quvvatiga bevosita bog‘liq: ishning quvvati qanchalik katta bo‘lsa, ish vaqtida shunchalik katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi va (mos ravishda) tiklanish tezligi ham shunchalik yuqori. Bu shuni ko‘rsatadiki, mashqning chegaraviy davomiyligi qancha qisqa bo‘lsa, tiklanish davri ham shuncha qisqa bo‘ladi. Maksimal, anaerob ishdan keyin ko‘pchilik funksiyalarning tiklanish davomiyligi — bir necha daqiqa, uzoq muddat davom etgan ishdan keyin esa, masalan, marafon yugurishdan so‘ng — bir necha kun. Ko‘p funksional tiklanishlar ko‘rsatkichlari o‘zining xarakteriga ko‘ra, ishga kirishish davridagi o‘zgarishlariga teskari proporsional. Ikkinchidan, turli funksiyalarning tiklanishi har xil tezlikda, tiklanish jarayonining ayrim fazalarida esa, har xil yo‘nalgan holda o‘tadi, shuning uchun, ular tomonidan tinchlik darajasiga yetish bir vaqtda sodir bo‘lmaydi (geteroxron bo‘ladi). Shu tufayli, tiklanish jarayonining tugashi to‘g‘risida, umuman olganda, qandaydir bitta va bir nechta chegaralangan ko‘rsatkichlar bo‘yicha emas, balki eng sekin tiklanadigan ko‘rsatkichni dastlabki (ishdan oldingi) darajasiga qaytishi bo‘yicha fikr yuritish kerak, xolos (M. Ya. Gorkin). Uchinchidan, organizmning ish qobiliyati va uni belgilovchi ko‘pchilik funksiyalari, jadal ishdan keyin, tiklanish davrining barchasida, nafaqat ishdan oldingi darajaga erishadi, balki «ortiqcha tiklanish» fazasidan o‘tgan holda, ulardan ham ortishi mumkin (2.13-rasmga qarang). Gap energetik substratlar to‘g‘risida ketganda, ishdan oldingi darajaning bunday vaqtinchalik yuqori bo‘lishi — superkompensatsiya deb ataladi (N. N. Yakovlev).



Download 66.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling