1-amaliy mashg‘ulot. Marshansiyaning (Marchantia polymorpha) tuzilishini o‘rganish


Download 124.98 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.01.2022
Hajmi124.98 Kb.
#202944
Bog'liq
1-amaliy



1-amaliy mashg‘ulot. Marshansiyaning (Marchantia polymorpha

tuzilishini o‘rganish. 

 

Mashg‘ulotni o‘tishdan maqsad:  Talabalar  marshansiyaning  tuzilishi  to‘g‘risidagi  ma’ruza 

darsida 

olgan 


bilimlarni 

mustahkamlash, 

amaliy 

ko‘nikmalarni shakllantirish.  



Mashg‘ulot uchun kerakli jihozlar: Mikroskop,  lupa,  marshansiya  yoki  uning  tayyor 

fiksatsiyalangan  preparati,  preparat  ignasi,  suv,  rasm  daftar, 

rangli qalamlar, marshansiyaning rasmi. 

Umumiy ma’lumot 

Qabilaga  mansub  jigarsimon  yusinlarning  vegetativ  tanasining  ichki  tuzilishi  ancha 

murakkab. Jinsiy organlari maxsus vertikal holda joylashgan o‘simta tirgak ustida o‘rin olgan. 

Marshansiya  nam  subtropik  iqlimli  o‘lkalarning  daryo  sohili,  tog‘  yonbag‘ri  va 

o‘rmonlarida keng tarqalgan. Uning tanasi dixotomik shoxlangan tasmasimon plastinkadan iborat 

(1-rasm). 

Novdalarning  uch  qismida  u  qadar  chuqur  bo‘lmagan  botiq  joyida  o‘sish  nuqtasi 

joylashgan.  Plastinka  shaklidagi  tananing  ust  tomoni  to‘k  yashil  rangli.  Lupa  yordamida 

qaralganda u juda ko‘p sonli mayda qipiq parchalaridan iborat bo‘lib, har birini epidermisi ostida 

havo  kamerasi,  markazida  esa  og‘izcha  joylashgan.  Marshansiyaning  ust  tomonida  maxsus 

savatchani eslatadigan chuqurchalarda ko‘p sonli o‘suvchi kurtaklar hosil bo‘ladi. Bu kurtaklar 

shamol  va  yog‘ingarchilik  davrida  ona  tallomdan  ajralib  marshansiyaning  yangi  tanasini  hosil 

qiladi. 

Marshansiyaning ostki (qorin) qismi och qo‘ng‘ir yoki ayrim hollarda oqish rangli bo‘lib, 

uning ustida rangsiz yoki och qo‘ng‘ir rangli qipiqlar – amfigautrinlar mavjud. Marshansiyaning 

qorin  qismida  uzun  tortgan  bir  hujayrali  suv  va  oziq  moddalarni  shimib  olish  vazifasini 

bajaradigan rizoidlari bor. 

Marshansiyaning  anatomik  tuzilishi  ancha  murakkab.  Tananing  ust  va  ostki  tomoni 

epidermis  bilan  qoplangan.  Ustki  epidermis  ostida  bir  biridan  rangsiz  hujayralar  bilan  ajralib 

turadigan  havo  kameralari  joylashgan.  Kamera  bir  necha  qavat  ipsimon  shoxlangan  yumaloq 

hujayralardan iborat, xlorofillga boy assimilyatorlarga ega. 

Marshansiya ikki uyli o‘simlik. Uning arxegoniy va anteridiylari har xil jinsli tallomlarda 

(maxsus ustuncha — gametoforda) o‘rin olgan. 

Arxegoniy  ustunchada  joylashgan  nurli  yulduzchaga  o‘xshash  diskdan  iborat.  Uning 

shakllanishi jarayonida boshlab ustuncha juda qisqa bo‘lib disk to‘g‘ridan to‘g‘ri tallom ustunda 

joylashgan bo‘ladi. Disk nurlari bukilgan va ustuncha yopishib turadi. Diskning pastki qismida 

nurlar  ko‘ltig‘ida  arxegoniy  joylashgan  bo‘ladi.  Otalanishdan  so‘ng  nurlar  ko‘tarilib,  disk  o‘sa 

boshlaydi. 

Arxegoniy kolbasimon (g‘o‘lcha) shaklga ega. Uning kengaygan – qorin va uzun, ingichka 

– bo‘yin qismi mavjud. Arxegoniyning bo‘yin qismi pastga qaragan. 

Qorinchada bitta tuxum hujayrasi joylashgan. 

Anteridiy  ustunchasi  ham  urg‘ochi  ustuncha  singari  avval  juda  kalta  bo‘lib,  tallomga 

yopishib turadi. Voyaga yetishi bilan ustuncha uzayib, uning qisqa parrakli diski ustida bittadan 

anteridiyli kameralar joylashgan. Anteridiy devori bir qavat hujayradan shakllangan. Uning ichida 

spermatogen to‘qimalar joylashgan bo‘lib, bu hujayralarning xar biridan xivchinli spermatozoid 

hosil bo‘ladi. 

Anteridiyning  jinsiy  elementlari  to‘liq  shakllangach,  uning  ustida  joylashgan  tirqish 

ochilib  ingichka  nay  orqali  spermatazoidlar  disk  ustiga  —  tashqariga  chiqadi.  Yetarli  darajada 

namlik  bo‘lganda  spermatozoidlar  arxegoniy  og‘izchasiga,  so‘ngra  uning  shilimshiqlashgan 

bo‘yin qismi orqali qorin qismiga tushadi va tuxum hujayrasini otalantiradi. 

Marshansiya sporogoni uning sporofit nasli hisoblanadi. U otalangan tuxum hujayrasidan 

shakllanadi.  Marshansiya  sporofiti  yumaloq  shaklli  ko‘sakdan  iborat.  Uning  qorin  qismi 

kengaygan,  ostidagi  ustuncha  so‘rg‘ich  –  gaustoriy  deb  yuritiladi.  Bu  so‘rg‘ich  –  gaustoriy 



sporogoniyni suv va oziqa moddalar bilan ta’minlaydi. Oziqa moddalarni gaustoriy marshansiya 

tallomidan so‘rib oladi. Sporogon rivojlanib qalpoqchali ko‘sakchaga aylanadi. Odatda ko‘sakcha 

qapqoqchasi  ko‘p  qirrali  bo‘lib,  ko‘sak  pishguncha  qirralar  orasida  tirqish  vujudga  keladi.  Bu 

tirqish orqali sporalar tashqi muhitga chiqib tar-qaladi. 

Ko‘sakcha ichida uning o‘sishi davomida arxesporiylar shakllanib, uning ko‘p martalab 

bo‘linishi natijasida sporalar shakllanadigan ona hujayralar hosil bo‘ladi. Aksariyat hollarda bu 

hujayralarda reduktsion (meyoz) bo‘linish sodir bo‘lib, hosil bo‘lgan spora gaploid hisoblanadi. 

Ko‘sak ichidagi shakllangan ona hujayralarning bir qismi uzun tortib, ularning devori qalinlashadi 

va spiral holda bukilgan, quruq muhitda qisqaradigan, nam bo‘lganda uzayadigan prujinali elatera 

shakllanadi. Nam havoda elatera cho‘zilib sporalarni tashqariga uloqtiradi. Jigarsimon yo‘sinning 

tsitoplazmasi,  yadrosi  va  ikki  qavatdan  iborat  tashqi  ekzosporiy  va  ichki  endokarpiy  deb 

yuritiladigan po‘sti mavjud (1-rasm). 



Ishning borishi

Marshansiyaning urg‘ochi nasli tanasida joylashgan ustuncha va unda joylashgan diskning 

ko‘ndalang  kesimini  lupa  (20x)  yoki  mikroskop  yordamida  kuzatib,  rasmi  chiziladi.  So‘ngra 

diskda  joylashgan  arxegoniydagi  tuxum  hujayrasini  kuzatib,  rasmi  chiziladi.  Shundan  so‘ng 

marshansiyaning erkaklik ustunchasi  va diskning umumiy  ko‘rinishini  kuzatib, surati chiziladi. 

Preparat ignasi yordamida pishgan arxegoniy mahsulini ajratib olib, predmet oynasiga qo‘yiladi. 



Ustiga bir tomchi suv tomizib, yopqich oyna bilan yopiladi va uni kuzatib, surati chiziladi. 

 

Download 124.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling