1-mashg’ulot mavzu: ko’p shaklli marshansiyaning (marchantia polymorpha) tuzilishi va taraqqiyoti mashg’ulot maqsadi
Download 454.68 Kb.
|
2 5393144181084391449
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotning shakli
- Mashg’ulot mazmuni
1-MASHG’ULOT MAVZU: KO’P SHAKLLI MARSHANSIYANING (MARCHANTIA POLYMORPHA) TUZILISHI VA TARAQQIYOTI Mashg’ulot maqsadi: ko’p shaklli marshasiya misolida jigarsimon yo’sinlarning tuzilishi va ko’payishini o’rganish. Mashg’ulotning shakli: amaliy Mashg’ulot o’tish usuli: an’anviy aqliy hujum. Didaktik jihozlar va materiallar: slaydlar, animasiyalar, elektron ma’ruza. Ko’p shaklli marshansiya ko’payish siklining chizmasi, gerbariylar, eksponatlar, tayyor mikroskopik preparatlar (anteridiy, arxegoniy, sporogon); mikroskoplar, lupalar, buyum oynasi, qoplagich oynalar, preparat ninalari, suv tomizgich. Mashg’ulot mazmuni: Klassifikasiya Bo’lim: Bryophyta -Yo’sintoifalar Ajdod: Hepaticopsida - Jigarsimon yo’sinlar Qabila: Marchantiales - Marshansiyanamolar Oila: Marchantiaceae- Marshansiyadoshlar- Tur: Marchantia polymorpha -Ko’p shaklli marshansiya- Ko’p shaklli marshansiyaning gerbariylari va eksponatlarini ko’zdan kechiring.
Marshansiya ko’sakchasini olib, nina yordamida undagi sporalardan bir oz chiqarib olinadi. Buyum oynachasi ustiga qo’yib preparat tayyorlanadi va uni dastlab mikroskopning kichik, keyin esa katta obyektivi orqali ko’riladi. Mikroskopda yumaloq sporalar va prujinasimon elatera iplari ko’rinadi. Sporaning po’sti va yadrosi (mag’zi) borligi, elaterani esa cho’zilib o’zgarishi kuzatiladi. Elateraning bunday o’zgarishlari tufayli marshansiya ko’sakchasidan sporalarni tarqalishiga ishonch hosil qilinadi. Sporalar va prujinasimon elatera iplarining rasmi chizib olinadi. Protonema-sporaning nam tuproqqa tushishi va harorat yetarli bo’lganda, undan rivojlanadigan, plastinkasimon, suvo’tlarga o’xshash bo’lgan o’simlik boshlang’ichidir. Bu o’simtalar tuproq yuzasiga chiqqach, yashil rangga kiradi, hujayralarining bo’linishi natijasida o’sib marshansiyaning dixotamik shoxlangan yosh tupini hosil qiladi. Gerbariyda marshansiya tallomining tashqi-morfologik tuzilishi bilan lupa yordamida tanishiladi. Shoxlanish tipi, ba’zi tallomlaridagi tirgovuchlarda enliroq bo’lakli disklar (anteridiyli tallom), boshqa tallomlardagi yulduzsimon uzunroq nurli tuzilmalarga (arxegoniyli tallom) e’tibor beriladi. Tallomning ustki va ostki tomoni diqqat bilan o’rganilib ularni rangi, hosilalari bir-biridan farq qilishi ayniqsa, chiqaruvchi savatchalari (ustida), rizoidlar va amfigastriyalari (ostida) borligi kuzatiladi. Tallomning ko’ndalang kesimidan preparat tayyorlab mikroskopning kichik obyektivi orqali ostki va ustki epidermis, havo kameralari, assimilyasiya qiluvchi hujayralar, og’izchalar topib ko’riladi va albom varag’iga chizib olinadi. Marshansiya tallomining o’sish nuqtasi qayerda joylashganligi topilib ko’riladi va chizib olinadi. Gerbariyda anteridiyli va arxegoniyli tirgovuchlarning uchki qismi bo’ylama kesimidan preparat tayyorlanadi va mikroskopning kichik obyektivi orqali ko’riladi. Tirgovuchlardagi hosil qiluvchi to’qima bilan, tallom to’qimasi solishtiriladi. Anteridiyli va arxegoniyli dastachalar solishtirib o’rganiladi. Anteridiy va arxegoniyni topib ularni shakliga e’tibor beriladi. Ularning devor hujaylari necha qavatdan iborat ekanligi mikroskopning kichik va katta obyektivi orqali ko’riladi. Anteridiy va arxegoniyli tirgovuchlar, jinsiy a’zolari albom varag’iga chizib olinadi. Anteridiyda hosil bo’lgan ikki xivchinli spermatozoidlar suv yordamida harakatlanib, arxegoniydagi tuxum hujayrasini topishi va uni urug’lantirishi natijasida zigota hosil bo’ladi. SPOROFIT: Sporofit deganda zigota hujayrasining bo’linishi natijasida undan hosil bo’lgan butun borliq tushuniladi. Marshansiyalarda sporogon, ya’ni ko’sakcha va uning bandi sporofitni tashkil qiladi. Dastlab sporogonning shakli, o’lchamlari, qismlari ko’riladi, tumshuqchasining qolpoqchasi tez tushib ketishi kuzatiladi. Ko’sakcha mikroskop ostida ko’rilib, devori necha qavat hujayralardan iborat ekanligi aniqlanadi. Ko’sakcha ichidagi sporalar arxesporiy hujayralaridan hosil bo’ladi. Ba’zi hujayralar bo’linmasdan elatera ipchalariga aylanadi. Mikroskop ostida ko’rilganlarning barchasi albomga chizib olinadi. Quyida 1-rasmda berilgan ko’p shaklli marshansiyaning taraqqiyot sikli bilan tanishiladi va daftarga chizib olinadi, qismlarining nomlari yozib qo’yiladi. Download 454.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling