1-mashg’ulot mavzu: ko’p shaklli marshansiyaning (marchantia polymorpha) tuzilishi va taraqqiyoti mashg’ulot maqsadi


Download 454.68 Kb.
bet5/9
Sana05.01.2022
Hajmi454.68 Kb.
#207732
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5393144181084391449

Mashg’ulot mazmuni:

Bo’lim: Bryophyta -Yo’sintoifalar

Ajdod: Bryopsida yoki Musci -Barg-poyali yo’sinsimonlar

Qabila: Bryales - Yashil yo’sinnamolar

Tur: Funaria hydrometrica - Nam o’lchagich funariya; Polytrchum commune- Kakku zig’iri

Funariya va kakku zig’irining gerbariylari yoki eksponatlarini ko’zdan kechiring, gametofit va sporofitlarini ko’ring.



GAMETOFIT: Gametofit jinsiy nasl bo’lib, u sporaning unishi va rivojlanishi natijasida hosil bo’ladi. Spora esa, sporogonda yetishadi. Funariya yoki kakku zig’irining ko’sakchasidan sporalar ajratib olinib, preparat tayyorlanadi va mikroskopning kichik va katta obyektivi orqali ko’riladi, elatera iplari yo’q ekanligiga e’tibor beriladi. Sporalarning shakli, tuzilishini mikroskop ostida ko’rinishi chizib olinadi. Sporalar qulay sharoitda tushib qolsa, ulardan ipsimon, shoxlangan protonema o’simtasi hosil bo’ladi, u gametofitning boshlang’ichidir. Protonema ipsimon suvo’tlardan nimasi bilan farq qilishi aniqlanadi. O’simtada hosil bo’lgan kurtaklar topiladi. Ulardan barg-poyali yo’sin tallomi hosil bo’lishi e’tirof etiladi. Protonema va uning kurtaklarini rasmi chizib olinadi.

O’sib turgan funariyani ko’rib, poyasining pastki va yuqorigi qismi qanday rangga ega ekanligi aniqlanadi va solishtirib o’rganiladi. Tuproq orasidagi rizoidlar va ularning tuzilishi lupalar yordamida o’rganiladi.

O’rganilayotgan bargpoyali yo’sinlar poya va barglarining ichki tuzilishini o’rganish uchun poyaning barg bilan qoplangan joyidan kesim olinib, preparat tayyorlanadi va mikroskopning kichik obyektivida qaraladi, poyaning chetidagi to’q rangli hujayralar po’stloqni, markazidagilari esa, o’tkazuvchi boylam hosil qiladi. Pustloq qatlamlarining rangi, qalinligi, xar ikkala turda solishtirib o’rganiladi. Tashqi hujayralar qavati mexanik to’qimani, ichkilari esa asosiy to’qimani hosil qilishga e’tibor beriladi. Har ikkala turning o’tkazuvchi bog’lamlarini ko’rib chiqib, markaziy qismida periferiyaga nisbatan o’lik hujayralar ko’proq joylashganligiga ahamiyat beriladi. Bu ayniqsa, kakku zig’irida yaqqol ko’rinadi. Poya ko’ndalang kesmasining sxemasi albom varag’iga chizib olinadi.

Mikroskop ostida funariya va kakku zig’iri yo’sinlari bargining anatomik tuzilishini ko’ring, undagi assimilyasion hujayralarning joylashuvini kuzating. Funariya bargining bir qavat, markaziyy tomiri atrofida bir necha qavat hujayralardan tuzilganligiga ahamiyat beriladi va rasmi chizib olinadi.

Kakku zig’iri va nam o’lchagich funariya ikki uyli bir jinsli o’simliklardir.

Jinsiy a’zolar–arxegoniy va anteridiylar to’plamlari poyasining uchida barglar orasida joylashadi. O’sib turgan funariyada arxegoniy va anteridiylar joylashgan tuplar solishtirib ko’riladi. Materialni bahorda daladan, kuz va qishda issiqxonadan olish mumkin. Ularning bir-biridan nimasi bilan farq qilishiga e’tibor beriladi. O’rganilayotgan o’simliklar poyasining uchki qismida joylashgan arxegoniylar oralig’idagi parafiza iplariga e’tibor qilinadi. Arxegoniylarning devor hujayralari qalinligi aniqlanadi. Arxegoniyli o’simliklar poyasi uchining bo’yiga kesmasi rasmi chizib olinadi.

Anteridiyli o’simlik poyasi uchining bo’yiga kesmasi ham mikroskopda qaraladi, Farqlari aniqlanadi (ayniqsa, marshansiya anteridiylari bilan solishtiriladi). Anteridiyli poya uchining bo’yiga kesmasi ham chizib olinadi. Bargpoyali yo’sinsimonlarda ham urug’ hujayralar-spermatozoidlar harakatchan bo’lib, urug’lanish sodir bo’lishi uchun albatta suvli muhit bo’lishi shart. Urug’lanish natijasida zigota hosil bo’ladi, zigotaning bo’lina boshlashi sporofit nasl boshlanganligidan dalolat beradi.

SPOROFIT: Arxegoniydagi tuxum hujayraning urug’lanishi va rivojlanishi sporofitni hosil qiladi. Nam o’lchagich funariya va kakku zig’irining sporofiti sporogon va uning bandidan tashkil topgan. Mikroskopda ko’sakchaning bo’ylama kesmasidan preparat tayyorlab ko’riladi. Preparatda uning apofiza, ko’sakcha, qopqoqcha, ustuncha, epifragma, sporogon devori, sporangiy, sporangiyni ustuncha va ko’sakcha devoriga biriktiradigan iplar, peristom tishchalari kabi qismlari topiladi va tuzilishiga e’tibor beriladi. Ikkala turning ko’sakchalari solishtirib o’rganiladi. Ko’sakchaning bo’yiga kesimi tuzilishining rasmi albom varag’iga chizib olinadi. Berilgan 2 va 3-rasmlar orqali kakku zig’iri va funariyaning rivojlanish sikli bilan tanishiladi, chizib olinadi va qismlari yozib qo’yiladi.




Download 454.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling