1-mashg’ulot mavzu: ko’p shaklli marshansiyaning (marchantia polymorpha) tuzilishi va taraqqiyoti mashg’ulot maqsadi


Download 454.68 Kb.
bet8/9
Sana05.01.2022
Hajmi454.68 Kb.
#207732
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5393144181084391449

Mashg’ulot o’tish usuli: an’anaviy aqliy hujum

Didaktik jihozlar va materiallar: animasiyalar, slaydlar, elektron ma’ruza, elektron qo’llanma, elektron kitob.sfagnum turkumi turlarining gerbariylari, eksponatlar mikropreparatlar, chizmalar, torf bo’lagi; mikroskoplar.

Mashg’ulot mazmuni:

Bo’lim: Bryophyta - Yo’sintoifalar

Ajdod: Bryopsida- Barg poyali yo’sinsimonlar

Qabila: Sphagnales-Sfagnumnamolar

Oila: Sphagnaceae- Sfagnumdoshlar-

Tur: Sphagnum acutifolium - Nozikbargli sfagnum



Torf yo’sinining gerbariylari, eksponatlari va torf bo’lakchalari bilan tanishiladi, kitoblar va konspektdan uning ta’rifi va biologiyasi o’rganiladi.

GAMETOFIT: Torf yo’sinining gametofiti voyaga yetgan bargpoyali o’simlik bo’lib, och yashil, kumush rang, gerbariyda sarg’ich malla rangda bo’ladi.

Gerbariy yordamida poyaning shoxlanishi, poya va barglarning rangi, rizoidlarining bor yoki yo’qligi aniqlanadi. Sfagnum poyasining ko’ndalang kesmasi mikroskopda ko’rilib, uning qanday qismlari borligi, qismlarni bir-biridan farqi aniqlanadi, rasmi chiziladi.

Shundan so’ng sfagnum protonemasining tayyor preparati mikroskopda ko’riladi. Protonemani kakku zig’iri va nam o’lchagich funariya protonemalariga o’xshash va farqli tomonlari aniqlanadi. Protonemadagi kurtaklardan bargpoyali o’simlik rivojlanadi. Protonemaning rasmi chizib olinadi, uning dixotamik shoxlangan va rizoidli plastinka shaklida ekanligiga e’tibor beriladi.

Barglari poyada navbatlashib joylashgan, o’tiroq, tomirsiz, doimo bir qavatli ikki xil hujayralardan tashkil topgan, uni ajratib olinib lupa va mikroskopda qaraladi. Yirik, rangsiz hujayralar o’lik, teshikli bo’ladi, bu teshiklari orqali unga suv yoki havo kiradi. Bu hujayralar gialin ya’ni suv saqlovchi hujayralar deb ataladi. Ular oralig’ida joylashgan cho’ziq, ingichka yashil hujayralar esa, tirik assimilyasion ya’ni fotosintez qiluvchi hujayralar hisoblanadi. Mikroskop ostida ko’rilgan ushbu tuzilmalar albomga chizib olinadi. Ikki xil tuzilishli hujayralarning miqdoriy nisbatiga e’tibor qiling.

Sfagnumning anteridiy va arxegoniylari poyaning turli novdalari uchida to’p-to’p bo’lib joylashadi, ammo ularni gerbariyda topish qiyin. Ba’zi turlari bir uyli ayrim jinsli, ba’zilari esa ikki uyli o’simliklar hisoblanadi. Anteridiy va arxegoniylar to’plamlarining bo’ylama kesimini tayyor preparatlarda mikroskop ostida ko’ring, parafiza iplari borligiga e’tibor qiling. Ularning shakli va ichki tuzilishlarini chizib olinadi va o’zaro solishtiriladi.

SPOROFIT: Anteridiydagi urug’ hujayralar (ikki xivchinli spermatozoidlar), arxegoniylardagi harakatsiz tuxum hujayralarini urug’lantiradi va zigota hosil bo’lib, u darhol bo’lina boshlaydi va sporogen hujayralarni hosil qiladi. Demak sporofit-jinssiz nasl-urug’langan tuxum hujayradan boshlanadi. Sporofitda chanoq-sporogon hosil bo’ladi. Bu chanoqlarda sporalar yetishadi. Sporogoniy (chanoq) yorilib sporalar yerga to’kiladi. Namlik va issiqlik yetarli bo’lsa, undan plastinkasimon yashil o’simta-rizoidli protonema o’sib chiqadi. Protonemadan sfagnum yo’sini rivojlanadi. Sporogon (chanoq)ning bo’ylama kesmasi mikroskop ostida qaraladi. Uning kakku zig’iri chanog’idan farqlari aniqlanadi (haqiqiy sporogon bandining, peristom tishchalarining bo’lmasligi va boshq.) va rasmi albom varag’iga chizib olinadi.

4-rasmda berilgan sfagnum yo’sinining tuzilishi va rivojlanish sikli bilan tanishiladi, mikroskopda ko’rilganlar chizilgan rasmlar bilan solishtiriladi.


Download 454.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling