1-amaliy mashg‘ulot. Marshansiyaning (Marchantia polymorpha) tuzilishini o‘rganish
Download 124.98 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulot uchun kerakli jihozlar
- Ishning borishi
1-amaliy mashg‘ulot. Marshansiyaning (Marchantia polymorpha) tuzilishini o‘rganish.
darsida olgan
bilimlarni mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish. Mashg‘ulot uchun kerakli jihozlar: Mikroskop, lupa, marshansiya yoki uning tayyor fiksatsiyalangan preparati, preparat ignasi, suv, rasm daftar, rangli qalamlar, marshansiyaning rasmi.
Qabilaga mansub jigarsimon yusinlarning vegetativ tanasining ichki tuzilishi ancha murakkab. Jinsiy organlari maxsus vertikal holda joylashgan o‘simta tirgak ustida o‘rin olgan. Marshansiya nam subtropik iqlimli o‘lkalarning daryo sohili, tog‘ yonbag‘ri va o‘rmonlarida keng tarqalgan. Uning tanasi dixotomik shoxlangan tasmasimon plastinkadan iborat (1-rasm). Novdalarning uch qismida u qadar chuqur bo‘lmagan botiq joyida o‘sish nuqtasi joylashgan. Plastinka shaklidagi tananing ust tomoni to‘k yashil rangli. Lupa yordamida qaralganda u juda ko‘p sonli mayda qipiq parchalaridan iborat bo‘lib, har birini epidermisi ostida havo kamerasi, markazida esa og‘izcha joylashgan. Marshansiyaning ust tomonida maxsus savatchani eslatadigan chuqurchalarda ko‘p sonli o‘suvchi kurtaklar hosil bo‘ladi. Bu kurtaklar shamol va yog‘ingarchilik davrida ona tallomdan ajralib marshansiyaning yangi tanasini hosil qiladi. Marshansiyaning ostki (qorin) qismi och qo‘ng‘ir yoki ayrim hollarda oqish rangli bo‘lib, uning ustida rangsiz yoki och qo‘ng‘ir rangli qipiqlar – amfigautrinlar mavjud. Marshansiyaning qorin qismida uzun tortgan bir hujayrali suv va oziq moddalarni shimib olish vazifasini bajaradigan rizoidlari bor. Marshansiyaning anatomik tuzilishi ancha murakkab. Tananing ust va ostki tomoni epidermis bilan qoplangan. Ustki epidermis ostida bir biridan rangsiz hujayralar bilan ajralib turadigan havo kameralari joylashgan. Kamera bir necha qavat ipsimon shoxlangan yumaloq hujayralardan iborat, xlorofillga boy assimilyatorlarga ega. Marshansiya ikki uyli o‘simlik. Uning arxegoniy va anteridiylari har xil jinsli tallomlarda (maxsus ustuncha — gametoforda) o‘rin olgan. Arxegoniy ustunchada joylashgan nurli yulduzchaga o‘xshash diskdan iborat. Uning shakllanishi jarayonida boshlab ustuncha juda qisqa bo‘lib disk to‘g‘ridan to‘g‘ri tallom ustunda joylashgan bo‘ladi. Disk nurlari bukilgan va ustuncha yopishib turadi. Diskning pastki qismida nurlar ko‘ltig‘ida arxegoniy joylashgan bo‘ladi. Otalanishdan so‘ng nurlar ko‘tarilib, disk o‘sa boshlaydi. Arxegoniy kolbasimon (g‘o‘lcha) shaklga ega. Uning kengaygan – qorin va uzun, ingichka – bo‘yin qismi mavjud. Arxegoniyning bo‘yin qismi pastga qaragan. Qorinchada bitta tuxum hujayrasi joylashgan. Anteridiy ustunchasi ham urg‘ochi ustuncha singari avval juda kalta bo‘lib, tallomga yopishib turadi. Voyaga yetishi bilan ustuncha uzayib, uning qisqa parrakli diski ustida bittadan anteridiyli kameralar joylashgan. Anteridiy devori bir qavat hujayradan shakllangan. Uning ichida spermatogen to‘qimalar joylashgan bo‘lib, bu hujayralarning xar biridan xivchinli spermatozoid hosil bo‘ladi. Anteridiyning jinsiy elementlari to‘liq shakllangach, uning ustida joylashgan tirqish ochilib ingichka nay orqali spermatazoidlar disk ustiga — tashqariga chiqadi. Yetarli darajada namlik bo‘lganda spermatozoidlar arxegoniy og‘izchasiga, so‘ngra uning shilimshiqlashgan bo‘yin qismi orqali qorin qismiga tushadi va tuxum hujayrasini otalantiradi. Marshansiya sporogoni uning sporofit nasli hisoblanadi. U otalangan tuxum hujayrasidan shakllanadi. Marshansiya sporofiti yumaloq shaklli ko‘sakdan iborat. Uning qorin qismi kengaygan, ostidagi ustuncha so‘rg‘ich – gaustoriy deb yuritiladi. Bu so‘rg‘ich – gaustoriy
sporogoniyni suv va oziqa moddalar bilan ta’minlaydi. Oziqa moddalarni gaustoriy marshansiya tallomidan so‘rib oladi. Sporogon rivojlanib qalpoqchali ko‘sakchaga aylanadi. Odatda ko‘sakcha qapqoqchasi ko‘p qirrali bo‘lib, ko‘sak pishguncha qirralar orasida tirqish vujudga keladi. Bu tirqish orqali sporalar tashqi muhitga chiqib tar-qaladi. Ko‘sakcha ichida uning o‘sishi davomida arxesporiylar shakllanib, uning ko‘p martalab bo‘linishi natijasida sporalar shakllanadigan ona hujayralar hosil bo‘ladi. Aksariyat hollarda bu hujayralarda reduktsion (meyoz) bo‘linish sodir bo‘lib, hosil bo‘lgan spora gaploid hisoblanadi. Ko‘sak ichidagi shakllangan ona hujayralarning bir qismi uzun tortib, ularning devori qalinlashadi va spiral holda bukilgan, quruq muhitda qisqaradigan, nam bo‘lganda uzayadigan prujinali elatera shakllanadi. Nam havoda elatera cho‘zilib sporalarni tashqariga uloqtiradi. Jigarsimon yo‘sinning tsitoplazmasi, yadrosi va ikki qavatdan iborat tashqi ekzosporiy va ichki endokarpiy deb yuritiladigan po‘sti mavjud (1-rasm). Ishning borishi: Marshansiyaning urg‘ochi nasli tanasida joylashgan ustuncha va unda joylashgan diskning ko‘ndalang kesimini lupa (20x) yoki mikroskop yordamida kuzatib, rasmi chiziladi. So‘ngra diskda joylashgan arxegoniydagi tuxum hujayrasini kuzatib, rasmi chiziladi. Shundan so‘ng marshansiyaning erkaklik ustunchasi va diskning umumiy ko‘rinishini kuzatib, surati chiziladi. Preparat ignasi yordamida pishgan arxegoniy mahsulini ajratib olib, predmet oynasiga qo‘yiladi. Ustiga bir tomchi suv tomizib, yopqich oyna bilan yopiladi va uni kuzatib, surati chiziladi. Download 124.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling