1-amaliy mashg‘ulot mavzu: Aloqa inshoatlarining qurilish va montaj ishlari jarayonini o‘rganish Ishning maqsadi


Download 15.23 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi15.23 Kb.
#226804
Bog'liq
1-amaliyot AbdugofurovJ 631-17


1-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Aloqa inshoatlarining qurilish va montaj ishlari jarayonini o‘rganish
Ishning maqsadi: Ushbu amaliyot ishidan maqsad, aloqa inshootlarining qurilish va montaj ishlarini jarayonini qisqacha o‘rganish, ushbu jarayonlar asosiy qoidalarini ko‘rib chiqishdan iborat.


    1. Nazariy ma’lumotlar

Quyidagi ish ko‘rinishlari mavjud:

-qurilish;

-maxus qurilish;

-montaj.

Qurilish ishlariga quyidagilar kiradi:

-doimiy o‘zgarmas binolar va inshoatlarni yaratish, kengaytirish qaytadan o‘zgartirish va tiklash bilan bog‘liq ishlar jarayonida shu bino va inshoatga ta’luqli bo‘lgan temir beton, metall, yog‘och va boshqa konstruktiv elementlarning montaj ishlaridan iborat;

-inshoatning sanitar –texnik uskunalari, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, oqindi suvlarni tozalash ishlari; -yorituvchi uskunalar simlarining montaj ishlari, inshoatning issiqlik ta’minoti va gaz tarmoqlarining montaj ishlari; aloqa liniya inshoatlarini yaratish; havo aloqa liniyalarida – simyog‘ochlar uchun o‘ra kavlash, simyog‘ochlarni va tayanchlarni tozalab jihozlash, ularni o‘rnatish, simlarni osish; kabelli liniyalarda-transheya kavlash, kabel yotqiziluvchi quvurlarni yotqizish, kabel uskunalarining konstruktiv montaj ishlari;

- radiometallar, radiominoralar va antenna uchun tayanchlarga qo‘llanuvchi inshooatlar;

-asos uskunalar bo‘yicha fundament, uskunalar o‘rnatish uchun tayanch konstruksiyalari; uchastkalarni o‘zlashtirish bo‘yicha qurilish territoriyasini tayyorlash va tekislash, kerak bo‘lsa, tuproqlarni yuvish, eski binolarni buzish, daraxt va daraxt ildizlarini olib tashlash, tuproq qa’rini quritish, vertikal planirovka ishlari; bino va inshoatlarni qurilish ishlari jarayonida tog‘lik va tom inshoatlari bo‘yicha gidrologik (burlab teshib ochish, shurflash, suvlardan tozalash) va geologik ishlar.

Qurilish ishlari quyidagi ishlardan iborat: er ishlari, beton ishlari, tosh ishlari, yig‘ma temir beton va metallokonstruksiya ishlari, gidroizolyasiya ishlari, suvoq va bo‘yoqlash ishlari.

Maxsus qurilish ishlari quyidagilardan iborat: suv osti ishlari, suv osti texnik ishlari, shu jumladan dengiz va okean osti aloqa kabellarini, suvli to‘siq havzalar (ko‘l, daryo) da aloqa kabellarini yotqizish ishlari.

Aloqa inshoatlarining yaratishda er bilan bog‘liq ishlar quyidagilardan iborat: beton va temir-beton ishlari bilan bog‘liq ishlar, metallokonstuksiyalarning montaj ishlari, elektromontaj ishlar. Bir muncha spetsifik xardalolatnomaerga ega bo‘lganligi uchun bunday ishlarning hammasi maxsus qurilish va maxsus montaj ishlariga kiradi.

Uskunalarning montaj ishlari quyidagilardan iborat:

-texnologik, energetik, transport ko‘targich, nasos-kompressor va uskunalarni ekspluatatsiya jarayonida hamda montaj jarayonida doimiy nazorat ostida bo‘ladigan yig‘ma va o‘rnatish ishlari; -suv, havo, gaz va parlarni uskunalarga ulaydigan texnologik quvurlarning montaj ishlari;

-elektr va aloqa simlarini, kabellarni yotqizish uchun va ularning texnologik yig‘ma montaj ishlari;

-metallokonstruksiyalarni, elektr uskunalarni, uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi maydonchalarning montaj ishlari;

-o‘rnatilgan uskunalarni va texnologik quvurlarning izolyasiyasi va ularni bo‘yash ishlari. Telekommunikatsiya inshoatlarini yaratishda asosiy montaj ishlar hajmiga quyidagilar kiradi: kommutatsion uskunalarni yig‘ish, o‘rnatish, montaj qilish va sozlab testdan o‘tkazish ishlari, kabelli va radioreleyli liniyalar bo‘ylab ishlatiladigan aloqa uzatish tizim apparaturalarini, elektr manba uskunalarini,radioreleyli va radio aloqa liniya apparaturalarini hamda uzatkich va qabul qilgich apparaturalarining montaji, aloqa kabellarini yotqizish va montaj qilish, to‘lqin uzatgichlar, antennalar montaji va x.k.z.



Bugungi kunda qurilish va montaj ishlari industrial ishlar usulida bajariladi. Bunga misol qilib, radioreleyli liniyalardagi apparat va dizel binolarining texnologik qurilishi to‘liq yig‘ma ravishda alyuminiyli panellar yordamida bajariladi.


Xulosa

Ushbu amaliyot ishini bajarish davomida aloqa inshootlarining qurilish va montaj ishlarini jarayonini qisqacha o‘rgandim,va ushbu jarayonlar asosiy qoidalarini ko‘rib chiqdim.
Download 15.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling