1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Axborot texnologiyalari va zamonaviy kompyutеrlar. Ishning maqsadi
Download 384.4 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy jihozlari: Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar, OTni standart va maxsus dasturlari. Ish rejasi
- Kompyuter(EHM)larning avlodlari va rivojlanish bosqichlari
- 3. Portativ turidagi kompyutrlar qanday kompyutrlarhisoblanadi 4. Server va super kompyuterlar qanday kompyuterlar xisoblanadi 5. Monoblok kompyuterlarini bilasizmi
1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Axborot texnologiyalari va zamonaviy kompyutеrlar . Ishning maqsadi: Axborot texnologiyalari ularni turlari va qo’llanish sohalari. Kompyuterlarning turlarini o’rganish. Kutilayotgan natija: Axborot texnologiyalarini sohada qo’llanilishi, kompyuter turlari va ularni ishlashi amallar bajarishi va amaliy dasturlarda ishlash ko’nikmalar hosil qilinadi. Amaliy jihozlari: Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar, OTni standart va maxsus dasturlari. Ish rejasi: 1. Axborot texnologiyalari. 2. Kompyuter turlari. 3. Monoblok kompyuterlari. Nazariy ma’lumotlar: Axborot texnologiyasi — bu axboriy ma'lumotni bir ko’rinishdan ikkinchi, sifat jixatidan yangi ko’rinishga keltirish, axborotni yig’ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo’lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib o’tdi. Kompyuter - hisoblashlarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo‘yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo‘ljallangan elektron mashina. Kompyuter(EHM)larning avlodlari va rivojlanish bosqichlari * 1-avlod. Lampali hisoblash mashinalari * 2-avlod. Tranzistorli hisoblash mashinalari * 3-avlod. Integral sxemali hisoblash mashinalari * 4-avlod. Katta integral sxemali hisoblash mashinalari Kompyuter turlari Mini kompyuterlar – oʼlchami va bajaradigan amallar hajmi jihatidan juda kichik hisoblanadi. Bunday kompьyuterlar choʼntak kompьyuterlari deb ataladi. Portativ kompyuterlar (noutbuklar) – bunday turdagi kompьyuterlaning ekrani va asosiy bloki birlashgan boʼlib mobil foydalanishga juda qulay hisoblanadi. Xozirda noutbuk kompьyuterlari ommalashib bormoqda. Bu turdagi kompьyuterlarni ham bir necha turlari bor va buni foydalanuvchilar ishlatishiga qarab tanlov qilishadi. Oddiy vazifalarni bajaruvchi noutbuklar (Ofis uchun). Grafik ishlarni bajarish uchun foydalaniladigan noutbuklar (Grafik ishlar uchun). Shaxsiy kompyuterlar - uyda va ish joyida turli masalalarni yechishda foydalaniladigan kompyuterlar. Аxborotlarga ishlov berish tezligi va xotira tizimi ish faoliyatimizdagi oddiy masalalarni yechishga yetarli hisoblanadi. Monoblok – bu turdagi kompьyuterlar asosan sensorli boʼladi, monitorga joylashgan sistema bloki. Bir soʼz bilan aytganda, monoblok – bu monitorni oʼzida, sistema bloki jamlangan koʼrinishidir (protsessor, ona plata, OZU, vinchester, videokarta, elektr taʼminot bloki(blok pitaniya)). Monoblokka ulanadigan qoʼshimcha qurilmalar(klaviatura, monitor, sichqoncha,…) uchun razʼem, uning orqa yoki yon qismida joylashgan boʼladi. Monoblok, noutbuk singari jamlanmalarni oʼzida mujassamlashtiradi. Monoblokka oddiy sistema bloki singari, klaviatura, sichqoncha, printer hatto ikkinchi monitorni xam ulash mumkin. Qulaylik jihatidan qarasak, monoblok yuqori oʼrinlarda turadi. Chunki u juda ixcham va yengildir. Stolimiz ustida katta joy egallamaydi va oddiy kompьyuter kabi ulanish simlaridan iborat emas. Undan tashqari, uni bir joydan ikkinchi joyga koʼchirish ham muammo tugʼdirmaydi. Koʼrinishiga keladigan boʼlsak, monoblok odatiy monitordan kattaroq boʼlib, ogʼirligi ham biroz ogʼirroqdir. Oddiy kompьyuterning asosiy va alohida afzalligi, ishlash tezligi va qoʼshimcha qurilmalarni bemalol almashtirishdan iboratligidir. Bardoshliligi jihatidan, oddiy kompьyuter monoblokka qaraganda bardoshliroqdir. Server kompyuterlar – fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga hamda tarmoqdagi kompьyuterlarga oʼz resurslarini taqdim etishga moʼljallangan kompьyuterlar. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi shaxsiy kompьyuterlarnikiga qaraganda ancha yuqori hisoblanadi. Superkompyuterlar – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun moʼljallangan tizimdir. Bu kompьyuter tizimlari sekunddiga trillion amallarni bajaradi. Mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar: 1. Kompyuter avlodlari necha turda? 2. Kompyuter turlari necha turda? 3. Portativ turidagi kompyutrlar qanday kompyutrlarhisoblanadi? 4. Server va super kompyuterlar qanday kompyuterlar xisoblanadi? 5. Monoblok kompyuterlarini bilasizmi? 6. Zamonaviy kompyuterlar qanday bo’ladi? Download 384.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling