1-Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Biologik xilma-xillikni saqlashga zamonaviy yondashuvlar


Download 0.58 Mb.
bet6/17
Sana10.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1087365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma

Qabul qildi:______________________


3-Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Bioetika fanining predmeti va vazifalari.
Mashg’ulotning ilmiy maqsadi: O’quvchilarga bioetika fanining predmeti va vazifalari haqida ma’lumot berish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni o’zaro maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir birlariga o’zaro hurmat, jamoa bo’lib ishlash, o’zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma’suliyat sezish ko’nikmalarini tarkib toptirish
Mashg’ulotning rivojlantiruvchi maqsadi
: O’quvchilarni o’z-o’zini rivojlantirishga o’rgatish, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo’llay bilishiga erishish.
Material va jihozlar:darslik, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallari, ko’rgazmali qurollar(audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
Uslub:kichik guruhlarda ishlash
Nazariy qism: Bioetika-Axloqshunoslik, inson uchun hayot (inson, hayvon va o’simlik hayoti) bilan bog’liq eng yaxshi xulq-atvor tamoyillarini ta’minlash va tekshirish uchun ma’suldir. Bioetika mavjud bo’lgan ko’plab ta’riflar orasida biz qadriyatlar va axloqiy tamoyillar asosida o’rganilgan hayot haqidagi fanlarni va sog’liqni saqlash sohasidagi odamlarning xatti-harakatlarini muntazam ravishda o’rganish ekanligini tasdiqlashimiz mumkin..
Qadimgi yunon tilidan olingan bioetika — inson faoliyatining hayotda, tibbiyot va biologiyada jonivorlarga nisbatan munosabati bo‘lib, ilk marotaba mazkur tushunchani 1927-yili Frits Jaxr tilga olgan bo‘lsa, 1969-yili amerikalik onkolog va biokimyogar V.Potter uni muomalaga kiritdi. 1999-yili Kosta-Rikada bioetika masalalariga bag‘ishlangan anjumanda V.Potter nutq so‘zlar ekan, “Men barchangizdan bioaxloqni mas’uliyat, kompetentlik talab qiluvchi hamda barcha madaniyatlarni o‘zida mujassam etgan va gumanizmni targ‘ib etayotgan yangi etika ta’limoti sifatida qabul qilishingizni so‘rardim”, — dedi.
Aytish joizki, bioetika ekologiya fanining rivojlanishi va yo‘nalishlarining kelib chiqishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bugungi kunda bioetika masalalari insonning bizni o‘rab turgan tabiatga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga bo‘lgan munosabatida ham o‘z aksini topmoqda. Bunda har bir tirik jonzot yashash huquqiga ega ekanligi, insoniyat o‘zining jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida jonivorlar ustida tajribalar o‘tkazish, ularni o‘ldirish, qiynash, irsiyatini o‘zgartirish masalalarida insof qilishi, besabab va behuda fojiali harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi ta’kidlanadi. Bioetika masalalarini faqatgina shifokorlar, biologlargina o‘rganmay, hozir ekologlar, faylasuflar, dinshunoslar, psixologlar, sotsiologlar, huquqshunoslar, siyosatchilar va boshqalar ham mavjud bioetik muammolarni hal etishda faol qatnashishmoqda. Demak, bioetika fanlararo fenomen bo‘lib, biologiya va tibbiyotning jadal rivoji insoniyat oldida zudlik bilan yechilishi lozim bo‘lgan muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu esa barcha kasbdagi odamlarni birlashishga chaqirayotir. Demak, bioetika ilmiy texnik taraqqiyot keltirib chiqarayotgan muammolar bilangina emas, balki bugungi kunda insoniyatni tashvishga solayotgan global siyosiy, ekologik muammolarni hal etishga ham qaratilgandir. 
Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda bioetika muammolari qonunchilik bilan boshqariladi. Bioetika me’yorlari esa tajriba uchun qo‘llaniladigan hayvonlar o‘rniga modellardan, ya’ni hujayra va mushaklardan foydalanish, agarda buning iloji bo‘lmasa, xodimlarni laboratoriya hayvonlari bilan axloqiy me’yorlarga rioya qilgan holda ishlashga o‘rgatish zarur. AQSh, Yevropaning qator mamlakatlari, Rossiyada bu borada maxsus ilmiy-axborot markazlari tashkil etilgan va “Hayvonlarni qiynoqlardan himoya qilish to‘g‘risida” qonun qabul qilingan. Qonunda hayvonlarni qiynoqlardan himoya qilish bilan birgalikda yovvoyi va uy hayvonlarini boqishda ularga nisbatan muomala me’yorlari, ularni qiynoqqa solish, o‘ldirish, ko‘chaga chiqarib tashlash, tajriba uchun boqiladigan hayvonlarga nisbatan axloqiy tamoyillarni qo‘llash ko‘rsatib o‘tilish bilan birga davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning bu boradagi mas’uliyati oshirilgan. 
Xalqaro bioetika qo‘mitasi (XBQ) 1993 yilda tuzilgan bo‘lib, uning tarkibi 6 nafar mustaqil ekspertdan iborat. Ular ilmiy yo‘nalishlarda tajriba o‘tkazishda har bir inson, hayvonlarning huquqlari himoya qilinishini nazorat qilib boradi.
Bugungi kunda ilmiy doiralarda bioetika predmetini aniqlashga ikki xil yondashuv mavjud bo‘lib, “bioetika” atamasi “keng” va “tor” ma’noda qo‘llaniladi. Birinchi holda, bioetikaning predmeti barcha tirik mavjudotlarga munosabat bilan bog'liq axloqiy muammolar yig'indisi sifatida qaralsa, biotibbiy etika bioetikaning tarkibiy qismi sifatida alohida ajralib turadi. Ikkinchi pozitsiya bioetika va biotibbiy etika atamalarining birligiga asoslanadi, uning predmeti tibbiyot hamjamiyati va umuman jamiyatning insonga, uning hayoti, sog'lig'i, o'limiga munosabati bilan bog'liq axloqiy muammolar to'plamidir. 
Bioetika fanining o‘qitishdan maqsad – umuman tiriklikka nisbatan 4 yuqori ahloq me’zonlariga ega bo‘lgan, tibbiy-biologik tadqiqotlarda tajriba hayvonlariga nisbatan ushbu me’zonlar asosida yondosha oladigan, bioetika bo‘yicha halqaro va maxalliy qonunlarni biladigan tibbiyot sohasidagi ilmiy xodimlarni shakllantirishdir.
Bioetika fanining vazifalari;

  • Bo‘lajak mutaxassislarda axloqiy-xuquqiy madaniyatni shakllantirish;

  • Talabalarni zamonaviy bioetikaning bo‘limlari, prinsip va qoidalari, kategoriya va muammolari bilan tanishtirish;

  • Talabalarni bioetika bo‘yicha halqaro va maxalliy qonunchilik asoslari bilan tanishtirish;

  • Xujjatlar bilan ishlaganda ularning axloqiy-xuquqiy tomonini tashxis qila olish qobiliyatini shakllantirish;


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling