1-Amaliy mashg’ulot Mavzu. Devor va shiftlarni ta’mirlash, pardozlash. (2 soat) Reja


Download 227.81 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.02.2023
Hajmi227.81 Kb.
#1168164
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot



1-Amaliy mashg’ulot 
Mavzu. Devor va shiftlarni ta’mirlash, pardozlash. (2 soat) 
Reja: 
1. Devorni ta’mirlash texnologiyasi.
2. Devorni pardozlash uchun ishlatiladigan materiallar, ularning turlari va 
foydalanish. 
3 Bino shiftlarini ta’mirlash texnologiyasi. 
4. Bino siftlarini pardozlashda ishlatiladigan zamonaviy materiallar.
 
Ishdan maqsad: Talabalarning devor va shiftlarga birlamchi ta’mirlash va 
pardozlashga oid bilimlarini rivojlantirish, ta’mirlash va pardozlash txnologiyasiga 
oid ko’nikmalarini shakllantirish. 
Har qanday ta’mirlash ishlari yuzani pardozlashga tayyorlashdan boshlanadi. 
Shift bundan mustasno emas. Avvalombor uning ustidan eski qavatni olib tashlash 
kerak, unga ko‘p vaqt va kuch sarf bo‘ladi. Ayniqsa eski bo‘yoqdan qutilish 
murakkabroq bo‘ladi. 
Agar shift suvga chidamsiz bo‘yoq bilan bo‘yalgan bo‘lsa masala 
yengillashadi. Uni oddiygina yuvib tashlash mumkin. Buning uchun shiftni suv 
bilan namlangan valik yoki mo‘yqalam bilan ishlov berib chiqilsa yetarli bo‘ladi. 
Shundan so‘ng bo‘yoq shpatel yordamida hech qanday kuch ishlatmasdan 
shilinadi. Eski bo‘yoqni namlangan yuzadan shilish osonroq, shuning uchun shiftni 
alohida uchastkalarda namlanadi. 
Shiftdan suvga chidamli bo‘yoqni olib tashlash uchun ancha mehnat qilishga 
to‘g‘ri keladi. U suvga chidamli va uni oddiygina yuvib tashlab bo‘lmaydi. Suvga 
chidamli bo‘yoq issiq havo ta’sirida ko‘chadi. Odatda buning uchun fendan 
foydalaniladi. Bunday qilib bo‘yoqni shpatel, qum qog‘oz yoki maxsus qattiq 
shyotka bilan yengil qiriladi. Yana, suvga chidamli bo‘yoqni drel yoki silliqlovchi 
mashinka yordamida olib tashlash mumkin. Ish murakkab emas, ammo changli. 
Ba’zi bir ustalar eski bo‘yoqni metall shyotka bilan olib tashlashni afzal 
ko‘rishadi. Avval shiftni bir necha bor 10-15 daqiqa oralig‘ida suv bilan namlab 
turiladi. Agar xonani derazalarini ochilsa, u holda namlangan bo‘yoq shishadi va 
tushishni boshlaydi, bu bilan uni shpatel yordamida olib tashlash oson kechadi. 
Eski shift qatlamini yelim va kerak bo‘lmagan ro‘znomalar yordamida 
amalga oshirsa bo‘ladi. Shiftni ro‘znomalar bilan yopitirib chiqiladi va qog‘oz 
bo‘yoq bilan mustahkam birikkandan so‘ng uni shpatel yordamida olib tashlanadi. 
Shunday qilib, eski bo‘yoqdan iz qolmaganda shiftni barcha yoriq va 
darzlari shuvaladi. Yoriqlarni shuvash uchun sement asosidagi shpatlevka 
yaxshiroq to‘g‘ri keladi. Yirik notekisliklar va tirqishlar serpyanka yoki 
shishasetka bilan yopishtirib chiqiladi. Tayyorgarlikning so‘ngi bosqichida shift 
qavatlanadi va tekislanadi. Odatda qavatlanishni bir necha qatlamda qilinadi. 
Qavatlarning surilish oralig‘idagi vaqt 30 daqiqadan 1 soatgachani tashkil qiladi. 
Shiftning yuzasi tekis bo‘lgandan so‘ng ancha zavqli bo‘lgan ishga o‘tsa 
ham bo‘ladi – oblitsovkaga. Zamonaviy qurilish bozori keng assortimentli 


pardozlash materiallarini taklif qiladi. Albatta tanlov – har bir uy egasining shaxsiy 
tanlovidir, biroq ta’mirlash uzoq vaqtlarga qilinadi. 
Oqlash. Albatta shiftni eski va eng tarqalgan pardozlashning usulidir. 
Shiftni oqlash murakkab emas, ammo oqlashga yuzani tayyorlash uchun esa ancha 
ter to‘kishga to‘g‘ri keladi. Oqlanuvchi shift tez kirlanish va to‘kilish xususiyatiga 
egadir. Oxir oqibatda yana uskunalarni olish va shiftga yangilikni qaytarishga qo‘l 
urishga to‘g‘ri keladi. Bunday nopraktik bu pardozlash usuliga yana va yana 
qo‘llaniladi. Bunday tashqari uzoq yillarga xonaning estetik ko‘rinishni berish 
mumkin bo‘lgan yaxshi va zamonaviy variantlar mavjudligi kam emas. 
Gipsokarton. Bu takrorlanmas konstruksiyalarni ixtiro va 
hayotga mard dizaynerlik yechimlarni tadbiq qiluvchi 
materialdir. Gipsokarton montajga juda ham yengildir, uning 
yuzasi esa har qanday barcha pardozlash materiallari bilan 
ishlov 
berish 
uchun 
mos 
keladi. 
Plastik. Plastik panellar katta ommalashishi o‘zining 
oddiygina montajlanishi, ranglar va fakturalarning keng 
tanlovi tufayli erishdi. Plastik bilan pardozlangan shift uzoq 
yillarga tekis bo‘lib qoladi va xursand qiladigani – u 
qo‘shimcha parvarishga muhtoj emas.
Tortiluvchi shift. Xonaga yanada ko‘rimlikni berish uchun 
arxitektorlar va dizaynerlar shift pardozlashning aynan shu 
usulini tavsiya qiladilar. Montaj xonadan katta joyni talab 
etmaydi. Tortiluvchi shiftlar uzoq muddatli va qo‘shimcha 
parvarishga muhtoj emas. Tayyorlangan plastik yoki alyumin 
profillarga mahkamlanadi plenka ko‘pgina har xil original 
rang yechimlariga egadir. Bundan tashqari, uning ustida 
oilaviy foto yoki biror bir badiiy shedevrni tushirish mumkin 

 
 
 


Download 227.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling