1 amaliy mashg’ulot Mavzu: Dorivor o’simlik xom ashyosini tahlil qilish usullari. Ishning maqsadi


Download 27.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi27.21 Kb.
#1490970
  1   2
Bog'liq
4 kurs BFM 1 amaliy mashg’ulot



1 amaliy mashg’ulot 
 
Mavzu: Dorivor o’simlik xom ashyosini tahlil qilish usullari. 
 
Ishning maqsadi: Dorivor o'simliklar xomashyosi va ulardan olinadigan 
dorivor preparatlar respublikamiz aholisini dori-darmonlar bilan ta’minlashda 
salmoqli o'rin egallaydi. Barcha dorivor o'simliklar tarkibida turli xil birikmalar 
mavjud. Ularning ba’zilari barcha o'simliklarga xos bo'lsa, ayrimlari maxsus 
o‘simliklardagina uchraydi. Bu birikmalarning hammasi ta’sir etuvchi moddalar, 
ya’ni xomashyo tarkibidagi asosiy ta’sir etuvchi moddalar deb ataladi. Bu moddalar 
ayrim o'simliklarga xos alkoloidlar, efir moylari, vitaminlar va boshqalardan iborat. 
O'simliklar hujayrasida to‘xtovsiz ravishda biokimyoviy o'zgarishlar yuz berib 
turadi. Bunday o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan biologik faol moddalar 
ma’lum vaqt va sharoitda turli o‘zgarishlarga uchraydi. Natijada ular boshqa 
birikmalarga aylanadi: murakkab molekulali moddalaming sintezida ishtirok etadi, 
yoki o‘zidan energiya chiqarib, oddiy birikmalarga parchalanib ketadi. Parchalanib 
ketgan biologik faol moddalar o'rniga yangisi vujudga keladi. Bular biokimyoviy 
jarayonlarda faol qatnashadi. Shuning uchun bu moddalar uzluksiz ravishda 
o‘zgarishda bo'ladi, ya’ni ma’lum bir vaqtda vujudga keladi, miqdori esa oshadi, 
yoki kamayadi, yoxud boshqa birikmalarga aylanadi.
O‘simlik hujayrasida uzluksiz ravishda bo'lib turadigan o‘zgarishlarga 
o‘simlikning yosh yoki qariligi, o'sish (vegetatsiya) davri, tashqi muhit (o‘sish joyi 
namlik miqdori, tuproqning tarkibi, iqlim va boshqalar) katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Shuning uchun bir turdagi o'simlik tarkibida uning o'sishi uchun kerakli sharoitga 
qarab, turli miqdorda biologik faol moddalar to'planishi mumkin. Biologik faol 
moddalar o'simlikning yer ustki qismiga, masalan, poya, barg, gullarida, asosan 
gullash davrida, yer ostki qismilarida, vegetatsiya davri oxirlarida (ko'pincha kech 
kuzda) maksimal miqdorda to'planadi. Ba’zi dorivor o'simliklar tarkibida asosiy 
biologik faol moddalarning maksimal miqdorda to'planishi yuqorida aytib o'tilgan 
davrga to'g'ri kelmasligi mumkin.
Bugungi kunda dorivor o'simliklarning bir nechta guruhi mavjud: 


Rasmiy dorivor o'simliklar- respublikada ishlab chiqarishga ruxsat berilgan xom 
ashyo. 
Alternativ tibbiyotning shifobaxsh o'simliklari (folklor) - keng miqdordagi 
o'simliklar, ammo ularning foydali xususiyatlari kam tushuniladi va samarasiz 
hisoblanadi. Ammo, shunga qaramasdan, bu dorilar "xalq orasida" keng qo'llaniladi. 
Farmakopeya shifobaxsh o'simliklar - bu guruh Davlat Farmakopeyada mavjud 
bo'lgan sifat standartlariga ega o'simliklarni o'z ichiga oladi. 
Har qanday dorivor o'simlikda dorivor xususiyatlarga ega bo'lgan kamida bitta 
modda mavjud. Odatda bu modda o'simlik bo'ylab tarqalib ketmaydi va faqat uning 
o'ziga xos qismida joylashgan. Shundan kelib chiqqan holda, dorivor o'simliklar 
yig'ilganda, siz ushbu modda to'plangan joyni aniq bilishingiz kerak (ildiz, gullar, 
barglar). Ichki foydalanish uchun: infuziya (suv yoki spirtli ichimliklarni yog'i), 
chig'anoq. Tashqi makon uchun losonlar, kompresslar, o'simlik vannalar ma'qul. 
Ba’zi bir alkaloidlar o'simlikni ildiz otib, ko'karib, bargi chiqayotgan davrda 
maksimal miqdorda to'planib, so'ngra asta-sekin kamayib, o'simlikning gullash 
davrida boshqa birikmalarga aylanib qoladi. Bunday o'zgarishlar faqat 
alkaloidlargagina xos bo'lmay, balki boshqa biologik faol moddalarda ham yuz 
berishi mumkin.
Dorivor o'simliklarni tarkibida asosiy ta’sir etuvchi moddalar maksimal 
miqdorda to‘plangan vaqtdagina ularni xomashyo sifatida tayyorlash mumkin. 
Yuqorida aytib o'tilgan shart-sharoitlarni hisobga olgan holda tayyorlangan 
dorivor mahsulot yuqori sifatli va tarkibi kerakli moddalarga boy bo‘ladi. Biologik 
faol moddalar har xil ko'rinishda bo'ladi, ayrimlari hatto tayyor holda ham bo'lishi 
mumkin, lekin bu kabilar juda kam uchraydi. Ko'pincha ular yot moddalar bilan 
birga bo'ladi. Shuning uchun ulami tozalash kerak. Biologik faol moddalarning 
saqlashni biotexnologiyada ahamiyati katta, chunki tayyor bo'lgan moddani kerakli 
vaqtgacha saqlab, so'ng ishlatish uchun olish mumkin, ya’ni ularni quritib, turli 
formalarga o'tkazib, namligini chiqarib, xohlagancha saqlash mumkin. 



Download 27.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling