1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: kirish. О‘zbek tili – О‘zbekiston respublikasining davlat tilidir


Quyidagicha tuzilishdagi qo‘shma so‘zlar qo‘shib


Download 0.62 Mb.
bet16/93
Sana16.11.2021
Hajmi0.62 Mb.
#174993
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93
Bog'liq
Давлат тилида иш юритиш

Quyidagicha tuzilishdagi qo‘shma so‘zlar qo‘shib yoziladi:

1.bir tushunchani bildiradigan va bir bosh urg‘u bilan aytiladigan qo‘shma so‘zlar: belbog‘, asalari, oshqozon, sheryurak, qashqargul kabi;

2.xush, kam, ham, umum, bop, noma, xona, sifat, rang, baxsh kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma so‘zlar: xushxabar, kamhosil, hamfikr, umumxalq, hammabop, tavsiyanoma kabi;

3.ikkinchi qismi -(a) r, mas qo‘shimchalari bilan tugaydigan qo‘shma so‘zlar: o‘rinbosar, cho‘lquvar, ishyoqmas, qushqo‘nmas kabi;

4.keyingi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan ifodalangan geografik nomlar: Amudaryo, Yangiyo‘l, Kosonsoy, Yunusobod kabi.



6- mashq. Berilgan qo‘shma so‘zlarning tarkibini aniqlang va imlosini tushuntirib bering.

Oqqo‘rg‘on, qushtili, tinchliksevar, umumjahon, baqate-rak, makkajo‘xori, Sirdaryo, sovuqmijoz, devqomat, pirpirak, olmaqoqi, suvilon, bayramoldi, qo‘lbola, sohibjamol, birpas, mingoyoq, xushhavo, qo‘ziqorin, bodomnusxa, izzattalab.

4- topshiriq. Ruboiylardagi qo‘shma so‘zlarni aniqlab, tarkibini izohlang.

Shoho, fuqaroki munisi g‘amduhlar, Bedordil-u ko‘zlari purnamdurlar Zinhor alarni qilmag‘il ozurda, Otashdam-u barhamzani olamdurlar.



Shermuhammad Munis.

Tole’ yo‘qki jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,



Har ishniki ayladim, xatolig‘ bo‘ldi.

O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim,

Yo rab, netayin, ne yuzqarolig‘ bo‘ldi.

Z. M. Bobur.



Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling