1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: kirish. О‘zbek tili – О‘zbekiston respublikasining davlat tilidir


Download 0.62 Mb.
bet18/93
Sana16.11.2021
Hajmi0.62 Mb.
#174993
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93
Bog'liq
Давлат тилида иш юритиш

4-Mashg‘ulot
Mavzu: MATN TURLARI VA TARKIBI

Reja:

Matn turlari

  1. Dialogik matn

  2. Tavsifiy matn

  3. Matnni qisqartirish yo‘llari

  4. Matnni kengaytirish yo‘llari

  5. Matnga xos so‘zni tanlash

  6. Matn tuzish

1- topshiriq. Matn namunalarini o‘qib, mazmuni va tuzilishiga ko‘ra farqlanishini tushuntiring.

Bizga yuborgan kitoblaringizni oldik, - dedi Navoiyga Badiuzzamon. - Iltifotingiz uchun tashakkur. Sizning ash’o-ringiz va Jomiy hazratlarining asarlari mutolaasidan ko‘nglimiz safoga to‘ldi.

  • Inson ruhi uchun haqiqiy zavq mutolaadir, - dedi Na-voiy qiziqib. - Ammo yolg‘iz ash’or o‘qimoq kifoya qilmas. Tarix! Tarixni ko‘zdan kechirmadingizmi?

  • Ko‘ngil ash’orga ko‘proq moyil bo‘ldi. Fursat bo‘lsa, ta­rixni ham boshlagumdur,- javob berdi Badiuzzamon.

  • Men sizga tarixga oid kitoblarni qasddan ko‘p yuborgan edim. Balki xabaringiz bordir, otangiz podshoh hazratlariga ham hamma vaqt tarix o‘qimoqni tavsiya qilamen. Davlatning butun mas’uliyati sizlarning zimmangizdadir. Obodonlik yoki inqiroz sizlarning tadbir va harakatingizga bog‘liqdir. Shuning uchun siz tarix oynasiga qarab turmog‘ingiz kerak...

Oybek, «Navoiy»dan.

II. «Buyuk xizmatlari uchun» ordenini qo‘limga olib qaray-man. «Buyuk» so‘zini o‘qiganimda yetmish yetti yillik g‘ubor-larim tarqab ketgandek bo‘ldi. Ko‘rgan jabr-u jafolar tumandek g‘oyib bo‘ldi.

Jez konlari tagida mis kukunlarini yutib, o‘pkasi zanglab olamdan o‘tgan, jasadlari zanglagan tuproqqa qo‘yilgan yurt-doshlarim haqqi, Sibirning qahraton sovuqlarida muzlab qolgan, umrini o‘rmonlarda poyoniga yetkazgan beqiyos dono ustoz-larimiz haqqi, senga ta’zim qilaman, O‘zbekistonim!



Shu og‘ir yo‘llardan meni omon qaytargan sening mehring, sening issiq bag‘ring, mening e’tiqodim, Tangrining beadad mehridir.

S. Ahmad, «Yo‘qotganlarim va topganlarim»dan.




Ma’lum voqelik haqida tasavvur (ma’lumot) beradi-gan bir yoki bir necha sintaktik birliklardan tashkil top-gan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.

Matn og‘zaki yoki yozma nutqqa xos bo‘lishidan qat‘iy nazar, ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turli-cha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.

Ikki kishi o‘rtasidagi dialogik nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-etiroz kabi mazmunlarda bo‘lib, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki mu-nozarani ifodalaydi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tash-langan savol, taklif, da’vat biror xabar, dalillar bilan xulosalanadi.



Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yuklamalar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishla-tiladi.

Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga


2-topshiriq. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidan
Xisrav bilan Farhod o‘rtasidagi munozarani rollarga bo‘lib o‘qing.
Bu dialogni shakllantirgan lisoniy vositalarni aniqlab, daftaringizga
ko‘chiring.

1-mashq. Dialogda ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning uslubiy ma’no va vazifalarini aniqlang. Gaplarni tuzilishiga ko‘ra gu-ruhlab yozing.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling