1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: kirish. О‘zbek tili – О‘zbekiston respublikasining davlat tilidir
Download 0.62 Mb.
|
Давлат тилида иш юритиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12- mashq .
- 12- topshiriq
II. TALAFFUZ MEYORLARI
10- topshiriq. Matnni o‘qing, so‘zlarning talaffuzi va yozilishidagi xatolarni aniqlab, o‘zaro munosabatini izohlang. Modarni ko‘rdilarmu? - so‘radi Vafo attor kemshik tishlarini ko‘rsatib. - Xo‘sh, qalaylar, kampir tuzuklarmu? Rahmat! - Bashirjon gapni qisqa qilib, o‘tib ketmoqchi edi, lekin Vafo attor: Bir daqiqa! - deya uning yengidan tortdi. Xo‘sh! Indi, uka o‘rtoq Zaynishuv! - dedi u mitti ko‘zlarini yiltiratib. - Biz o‘zimiz betobdurmiz, hovlida nogiron kurra-chaning holi ne kechdi? Kecha o‘g‘ul kelib erdi, eshshak bolasiga yem va beda kerak deydur... Bashirjonning jahli chiqib ketdi, attorning qo‘lini qahr bilan siltab tashladi. Bas-da endi! - dedi u qip-qizarib. - Hozirga qadar o‘ttiz so‘m oldiyiz... O‘sha kurrayiz ikki pulga qimmat! Mani, bemorni siltamang, uka o‘rtoq Zaynishuv! -dedi Vafo attor yig‘lamsirab. - Bobongiz tengiman, siltamang mani! Ne’mat Aminov. 12- mashq. Berilgan so‘z va so‘z birikmalarini to‘g‘ri talaffuz qiling, ma’nosidagi farqlarning sababini tushuntiring. Bir daf a - daf etilmoq, man keldim - man qilinmoq, shox kesmoq - shohni surmoq, modda - moda, qattiq -qatiq, da’vo - davo, maqta - maqta’, ta’rif - tarif, sur’at -surat, hil-hil pishmoq - xilma-xil tovlanmoq, tovlanmoq -toblanmoq, sillasi qurimoq, - silab qo‘ymoq, tilla - tila. ffi Og‘zaki nutq jarayonida til birliklarini adabiy til meyorlariga muvofiq aytilishi talaffuz meyorlariga asos-lanadi. Talaffuzda tovushlarning to‘g‘ri aytilishi muhim bo‘lib, o‘ziga xos qonuniyatlarga asoslanadi. Nutq tovushlarining so‘z tarkibida alifboda belgilan-ganidek talaffuz qilinishi meyoriy sanalishi bilan quyidagi holatlar ham talaffuz meyoriga muvofiqdir: So‘z oxirida b tovushining jarangsizlanib, p tarzida aytilishi: hisob > hisop, kelib > kelip. So‘z oxirida d tovushining t tarzida talaffuz qilinishi, d yoki t tovushlarida tushib qolishi: dard > dart, band > bant, go‘sht > go‘sh, past > pas kabi. Ayrim so‘zlarda l tovushining tushib qolishi: bo‘lgan > bo‘gan, kelsa > kesa kabi. Bank, tank, disk kabi o‘zlashma so‘zlarga a tovushi qo‘shib aytilishi, ba’zi o‘zlashmalar talaffuzida v tovushining f tarzida o‘zgartirilishi meyordan chekinish hisob-lanmaydi. 13- mashq. So‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilgan holda o‘qing. Tovushlar talaffuzida yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan holatlarning sababini izohlang. Xursand, fikr, yuzsiz, tavsif, borarkan, sunbula, uchta, ketdi, bo‘lsa, ravshan, boringiz, fabrika, buncha, taxt, oftob, borib, televideniye, avtomobil, qo‘shiq, manba, ketyapman, birla, yigitcha, tuzsiz, mazkur, oqshom, to‘qson, bizni, novvoy, seshanba, yutuq, yubordi, supra, birorta, marotaba, kabob, tebranmoq, yomg‘ir, Abdusalom, jabr-sitam, Xolida opa, konstitutsiya, boj, billur, hozir, so‘zsiz. 11- topshiriq. Tez aytishdagi tovushlar mosligini aniqlang, ng, q, g‘, j tovushlarini aniq va to‘g‘ri talaffuz qiling. Zang bosganga rang yuqmas, rang yuqqanni zang bosmas. Tubsiz dengiz dedingizmi, dengiz tubsiz dedingizmi? G‘ozg‘onning marmari jahonga mashhur, bizning g‘oz-g‘onchilar shuning uchun mag‘rur. Simyog‘ochdagi qaldirg‘och qayrag‘ochdagi qora qarg‘aga qayrilib qaraganda, qayrag‘ochdagi qora qarg‘a qarag‘ayga qaradi. Sijjakdagi g‘ijjakchi jiydadan g‘ijjak yasarmish. 6. Jajji jiblajibon jajji Jo‘ra bilan jo‘ra, jajji Jo‘ra jajji jiblajibon bilan jo‘ra. 12- topshiriq. She’rni ifodali o‘qing, unli tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qiling. Misralar ohangiga e’tibor bering. ...Farog‘at borligin unutib qo‘ydim, Bag‘rimga chaqinlar tegdi daf’atan. Sendan-da ulug‘roq narsa yo‘qligin sochim oqarganda angladim, Vatan! Buncha kech angladim, nega muncha kech... anglasam loaqal o‘ttiz yil avval, Loaqal tug‘ilmay turib anglasam... Ko‘rgan bo‘larmidim seni mukammal. Hali asl Vatan bo‘lmog‘ing uchun ovozi toshlarni yorar kuychilar, qanchalab sehrgar shoirlar kerak, qancha bilim kerak, qancha kuch-chidam. Umrim ko‘chkilarday jimjit, shiddatli, butkul tinmoq uchun bir kun bemalol faqat yaxshi bo‘lmoq judayam kamdir, juda kamlik qilar yashamoq halol. Naqadar kechikib angladim seni, chaqinlar yo‘q qilsa meni daf’atan, ayt, qandoq chidayman bunday xo‘rlikka, ayt, qandoq yotaman qa’ringda, Vatan! Shavkat Rahmon. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling