1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: kirish. О‘zbek tili – О‘zbekiston respublikasining davlat tilidir


Download 0.62 Mb.
bet6/93
Sana16.11.2021
Hajmi0.62 Mb.
#174993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
Давлат тилида иш юритиш

Savol va topshiriqlar:

  1. Til jamiyatda qanday vazifalarni bajaradi?

  2. Dunyoni anglash hamda bilim olishda tilning o‘rnini asoslang.

  3. Til va nutq o‘rtasida qanday farqlar bor?

  1. O‘zbek tilining taraqqiyoti qanday omillarga bog‘liqligini izoh-lang.

2-Mashg‘ulot
Mavzu: O‘ZBEK ADABIY TILI MEYORLAR

Reja:

1.Imlo meyorlari

2.Talaffuz meyorlari

3.Grammatik meyorlar

4.So‘z tanlash va qo‘llash meyorlari

5.Uslubiy meyorlar

I. IMLO MEYORLARI

1-mashq. Gaplarni o‘qing. Xato yozilgan so‘zlarni aniqlab, to‘g‘rilari bilan almashtirib ko‘chiring. Xato yozish sabablarini tushuntiring.

1.Til tafakkurning in’ikosi, uning hosilasidir. 2. Bu yerning iqlimi issiq siz mo‘tadil havoga ko‘nikgansiz. 3. Samarqanddan olgan taasurotlaringiz asosida insho yozing. 4. Bog‘ga chiqib, qipqizil olmalarni tariflang, baxru dilingiz ochiladi. 5. Davo hujatlari tayyor bo‘lguncha, ish joyingizdan tafsivnoma keltiring. 6. To‘y boshi dev qomat bir yigitni saxnaga chiqardi. 7. Amudaryoning bu qadar shiddatli oqishini endi ko‘rishim edida!

Imlo meyorlari, ya’ni to‘g‘ri yozish meyorlari nutqiy savodxonlikni belgilovchi asosiy mezon sanaladi. Imlo meyorlari til vakillari tomonidan ongli ravishda kelishilgan holda yaratiladi. Bu meyorlarning amal qilishi maxsus imlo qoidalari bilan tasdiqlanadi.



Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi asosidagi yozuv meyorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995- yil 24- avgustda tasdiq-langan «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ga tayanadi.
Unga harflar imlosi, o‘zak va qo‘shimchalar imlosi, bo‘g‘in ko‘chirish, so‘zlarni qo‘shib va ajratib yozish kabilarga oid qoidalar kiritilgan. Yozma nutqda bu qoidalarga amal qilish majburiydir.

1- topshiriq. Boshqa tillarda o‘zlashgan yangi so‘zlar lug‘atini
tuzing. Harflarning lotin yozuvidagi yangi o‘zbek alifbosida berilishini
izohlang.

2- mashq. O‘, g‘ harflari qo‘shiladigan belgi bilan tutuq belgisining ishlatilishiga misollar yozing. Ularni namunadagidek ikki ustunga ajratib yozing.

Namuna:


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling