1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: kirish. О‘zbek tili – О‘zbekiston respublikasining davlat tilidir


Download 0.62 Mb.
bet4/93
Sana16.11.2021
Hajmi0.62 Mb.
#174993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
Давлат тилида иш юритиш

2-Mashg‘ulot

Mavzu: Til va nutq

Reja:


1- topshiriq. Matnni o‘qing. Tilning ijtimoiy-ma’rifiy vazifalari ifodalangan gaplarni sharhlang.

Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‘lib yetishishi uchun juda ko‘p narsalarni bilishi kerak.

U o‘ziga kerakli bilimni ko‘rib, eshitib va o‘qib o‘rganadi. Eshitib, o‘qib o‘rganish til vositasida amalga oshadi va uning imkoniyati cheksizdir. Agar til bo‘lmay, har bir kishining tirikligi uning o‘z tajribasiga asoslangan bo‘lsa edi, inson shu kungacha hayvon qanday yashasa, shunday yashagan va bugungi moddiy-ma’naviy taraqqiyotga erishmagan bo‘lardi.

Tilning birligi, ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashib, uning ko‘pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug‘iladi. Undan tashqari, til tufayli bilim avloddan-avlodga og‘zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi.

Til ilm olishda zamon va makon g‘ovini o‘rtadan ko‘taradi. U tufayli eng qadimgi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz va hatto kelgusiga oid ma’lumotlarni ham olamiz. Til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib bo‘lmaydigan narsalarni ham o‘rganamiz. Ko‘rinishi, shakli bir narsalarning aksi ongimizga o‘rnashishi mumkin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‘z shaklida o‘zlashtiramiz. Xuddi shuningdek, mavjudotning ko‘rinmas ichki jihatlarini ham so‘z shaklida o‘zlashtiramiz va til vositasi bilan o‘zgalarga tushuntiramiz.

Tilni o‘rganish va o‘rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u umumlashtirish xususiyatiga ega. So‘z yordamida biz mavjudotni o‘rganib, umumiy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy xossalarini o‘rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat tug‘diradi.



Alibek Rustamov, «So‘z xususida so‘z» kitobidan.

2- topshiriq. Matn asosida quyidagi savollarga javob bering:

  1. Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday o‘rin tutadi?

  2. Til va madaniyat tushunchalari o‘rtasidagi bog‘liqlik nimadan iborat?

  3. «Til robitayi vositayi olamiyondur» (Avaz O‘tar) jumlasini izohlang.

  4. Bilim egallashda til qanday vazifani bajaradi?

  5. Fikrlash bilan so‘zlash o‘rtasidagi bog‘liqlik va farqni
    tushuntiring.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling