1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: kirish. О‘zbek tili – О‘zbekiston respublikasining davlat tilidir


O‘zak va qo‘shimchadagi tovushning tushib qolishi


Download 0.62 Mb.
bet14/93
Sana16.11.2021
Hajmi0.62 Mb.
#174993
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93
Bog'liq
Давлат тилида иш юритиш

O‘zak va qo‘shimchadagi tovushning tushib qolishi:

  • Ikkinchi bo‘g‘in yopiq bo‘lgan otlarga egalik qo‘-shimchalari va shunday tarkibli fe’llarga -il nisbat qo‘shimchasi qo‘shilganda o‘zakdagi ikkinchi unli aytil-maydi va yozilmaydi. Masalan: og‘iz>og‘zim, sha-har>shahring, o‘g‘il> o‘g‘li, ayir>ayril, qayir>qayril kabi.

  • Ikkinchi bo‘g‘ini ochiq unli bilan tugagan sonlarga -ov, -ala qo‘shimchalari qo‘shilganda ham o‘zakdagi -i unlisi yozilmaydi: ikkov, oltov, yettala kabi.

- men, sen olmoshlariga -ni, -ning, -niki o‘shimchalari qo‘shilganda qo‘shimchadagi -n aytilmaydi va yozilmaydi. O‘zagi -n bilan tugagan boshqa so‘zlar
bundan mustasno. Masalan: meni, sening, meniki va o‘rinni, nonning, matnniki kabi.

3-mashq. Gaplardagi qaysi so‘zlarning o‘zak va qo‘shimchasida tovush tushish hodisasi yuz berganligini aniqlang va shu so‘zlarni daftaringizga ko‘chiring.

1. O‘z ko‘nglingni ko‘tarishning eng yaxshi yo‘li kim-ningdir ko‘nglini ko‘tarishdir (Mark Tven). 2. Har kimki atog‘a ko‘p rioyat qilg‘ay, o‘g‘lidan anga bu ish siroyat qilg‘ay (Alisher Navoiy). 3. Sening har bir ishing boshqalarga ibrat bo‘lishini unutma. 4. Og‘ziga kelganni demoq nodonning ishi (Alisher Navoiy). 5. Ikkalasi ham shahrimizdagi o‘zgarishlarni ko‘rib lol qolishdi. 6. To‘pidan ayrilganni bo‘ri yer (Maqol). 7. Sening tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ingdan ayrilmasligingni bilar edim. 8. Meniki-seniki deb tortishib, necha marta burni qonadi hamki, og‘zini tiyolmaydi. 9. Men ham bir o‘g‘lingman, ona sayyora, Bag‘ring men uchun ham xoki pok bo‘lsin (A. Oripov).



2- topshiriq. Do‘stlik va sadoqat mavzusidagi maqollardan ayting. So‘zlarida tovush o‘zgarishlari bo‘lgan maqollarni yozib oling va bu o‘zgarishlarni imlo qoidalari asosida izohlab bering.

ffi


Qaratqich kelishigi qo‘shimchasi yozuvda -ning shak-lida ifodalanadi: O‘zbekistonning iqtisodi, bilimning kuchi. Bu kelishik ma’nosi jonli nutqda -ni, she’r tilida -n, -im shakllarida ifodalanishi mumkin: Ukamni oldiga kirdim. O‘zbekiston Vatanim manim.

Tushum kelishigi doimo -ni shaklida yoziladi: Lolani ko‘rdim, mehrimni berdim kabi. She’riy til va og‘zaki nutqda -n, -di, -ti, -i shakllarida qo‘llanishi mumkin: Har fasl o‘z ishin qilar. Adl qulog‘i-la eshit holini (Muqimiy).

Qaratqich va tushum kelishiklari ba’zi o‘rinlarda belgili (-ning, -ni qo‘shimchasi bilan), ba’zan belgisiz (qo‘shim-chalarsiz) qo‘llanadi.

Xususiylik, aniqlik ma’nosi ifodalanganda bu keli-shiklar belgili ishlatiladi (uyning eshigi, oq gulni uzatmoq kabi), umumiylik, noaniqlik ma’nosi esa bu kelishiklarning belgisiz shakli orqali ifodalanadi (shahar ko‘chasi, olma yemoq kabi).



4- mashq. Nuqtalar o‘rniga kelishik qo‘shimchalaridan qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. -ning, -ni qo‘shimchalarining qo‘llanishini izohlang.

1. Mamlakat... kichik bir qismi bo‘lgan oila..., un... tinchligi... asraylik. 2. Hayotda o‘z o‘rni... topishida odam... bolalikdag faoliyati, olgan bilimi va tarbiyasi katta o‘rin tutadi. 3. Ba’zan o‘ylab deyman, ne bo‘lardi gar, qudrat... ko‘rgizsa tabiat hassos. Va inson suvrat... u muqarrar, fe’l-u atrofiga aylab qo‘ysa bas (A. Oripov). 4. Yo‘lchi arava... nimasi shikastlangani... payqamay, hayron bo‘lib turar ekan, arava... tagidan dehqon... ayanchli tovushi eshitildi (Oybek). 5. Ko‘p til... bilmoqlik... foydasi katta, u inson... katta boyligi hisoblanadi. 6. Haq yo‘linda kim sanga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado o... haq... yuz ganj ila (A. Navoiy). 7. Inson dunyo... qanchalik bilsa, o‘zligi... ham shunchalik anglaydi (I. Gyote).


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling