1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: kirish. О‘zbek tili – О‘zbekiston respublikasining davlat tilidir


O‘zak va qo‘shimchadagi undoshning o‘zgarishi


Download 0.62 Mb.
bet13/93
Sana16.11.2021
Hajmi0.62 Mb.
#174993
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93
Bog'liq
Давлат тилида иш юритиш

O‘zak va qo‘shimchadagi undoshning o‘zgarishi:

-k, -q bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda «k» undoshi g ga, q undoshi esa g‘ ga o‘zgaradi va shunday yoziladi. Masalan: ohak> ohagi, bek > begi, tayoq > tayog‘i, yo‘q > yo‘g‘i kabi.

Ammo ishtirok, erk, huquq, ravnaq, yuq, haq, ishtiyoq so‘zlari bundan mustasno.

-ga, -gacha, -gach, -guncha, -gani, -gudek, -gan, -gin, -gina kabi -g harfi bilan boshlanuvchi qo‘shimchalar qanday tovush bilan tugagan o‘zakka qo‘shilishiga qarab quyidagicha aytiladi va yoziladi:



  1. -k undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda yuqoridagi qo‘shimchalarning bosh tovushi -k tarzida aytiladi va shu harf bilan yoziladi: tok + ga > tokka, ek + gin > ekkin, kichik + gina > kichikkina kabi;

  2. -q undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda bu qo‘shimchalarning bosh tovushi -q tarzida aytiladi va shunday yoziladi: soliq + ga > soliqqa, chiq + gani > chiqqani, yoq + gach > yoqqach, qo‘rq + guncha > qo‘rqquncha kabi;

d) qolgan barcha hollarda so‘z qanday tovush bilan tugashidan qat’i nazar ( jumladan, g, g‘ bilan tugasa ham), ushbu qo‘shimchalarning bosh harfi g bilan yoziladi: barg + ga > bargga, dialog + ga > dialogga, bug‘ + ga > bug‘ga, tog‘ + ga tog‘ga kabi.

2- mashq. Lug‘atdan k, q, g, g‘ undoshlari bilan tugagan 10 ta so‘z toping va avval egalik, so‘ngra g bilan boshlanuvchi boshqa qo‘shimchalarni qo‘shib, tovush o‘zgarishiga uchrash hollarini sharhlang.

1- topshiriq. She’riy parchalarni ifodali o‘qing. Tovush o‘zgarishiga uchragan so‘zlarni aniqlab, daftaringizga ko‘chiring.
Har kimki chuchuk so‘z elga izhor aylar, Har nechaki ag‘yor durur yor aylar, So‘z qattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar, Yumshog‘i ko‘ngillarni giriftor aylar.

Alisher Navoiy.

Orzum shul, o‘chmasin yongan charog‘ing, Yulduzday nur sochsin chashming-qarog‘ing, Magar chinor bo‘lsang, chinorday yasha, Bevaqt uzilmasin biror yaprog‘ing.



Abdulla Oripov.

Tarixing bitmakka, xalqim, Mingta Firdavsiy kerak. Chunki bir bor chekkan ohing Mingta doston, o‘zbegim.



Erkin Vohidov.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling