QO‘SHMA VA JUFT SO‘ZLAR IMLOSI
5- mashq. Gaplarni o‘qing, ulardagi qo‘shma va juft so‘zlarni toping va alohida-alohida ustunlarga ajratib, daftaringizga ko‘chiring.
1. Farg‘ona vodiysi osmono‘par tog‘lar bilan o‘ralgan
2. Quyosh tog‘-toshlarni qizdirgan payt, ertapishar olmalar qip-qizil.
3. G‘o‘zapoyasi yig‘ib olingan daladan yoz-u qish hosil olinadi.
4.Yosh-qari, erkak-ayol aralash-quralash bo‘lib ko‘cha boshida to‘planishdi.
5.«Qo‘shariq»jamoa xo‘jaligida g‘o‘za obihayotga qondirilmoqda.
6.Ona-bola uy-joyni yig‘ishtirib, sadarayhon atrofida dam olishdi.
7.Bu bodomqovoq qiz xushfe’l tabiati bilan katta-yu kichikning olqishiga sazovor bo‘ldi.
3- topshiriq. Lug‘atdan ikki va undan ortiq o‘zakli qo‘shma so‘zlarga 10 ta misol toping va ularning 4 tasi ishtirokida gaplar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |