4- mashq. Gaplarni asosiy mazmunini saqlagan holda ixcham-
lashtiring, ortiqcha leksik-grammatik vositalarsiz dafta-ringizga ko‘chiring.
1. Uning manfaatlarini, fikr-o‘y doiralarini, g‘oya va maq-sadlarini yaxshi bilamiz (Zulflya). 2. Gapni yana cho‘zmasin deb unga qarshi hech narsa demadi (A. Q.). 3. Menga qara, bir ish buyursam, yo‘q demaysanmi? (S. Ahm.). 4. Na muattar chamanzorlar, na muhtasham ko‘shklar, na kumushlangan ho-vuzlar, na chiroyli qafasdagi qushlar - hech nima uni qiziq-tirmadi (O.). 5. Kunduzi bo‘lsa, o‘zingizdan o‘tar gap yo‘q, xunukroq ko‘rinadi (A. Q.). 6. Kim maqtanchoq bo‘lsa, u ham-maning oldida xijolat tortadi (Maqol). 7. Ko‘z qayerda bo‘lsa, mehr ham o‘sha yerda bo‘ladi (Maqol).
6-topshiriq. Darslik va jurnaldan yoqtirgan faningizga oid matnni tanlab, ixchamlashtiring. So‘ng matnni qisqa tarkibiy qismlarga ajra-ting va har biriga mos sarlavha toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |