1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: kirish. О‘zbek tili – О‘zbekiston respublikasining davlat tilidir
Download 0.62 Mb.
|
Давлат тилида иш юритиш
Tavsifiy (monologik) matn so‘zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea-hodisa, narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, ma’lumot bayonidir. Maqo-la, insho ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi.
Malum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr-mulohaza bildirish, ularni badiiy-tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta’riflash, izohlash, isbotlash, asoslash tavsifiy matnga xos xususiyatlardandir. Shuning uchun bun- day matnda belgi-xususiyat ifodalovchi so‘zlar, atama-lar, modal so‘zlar, fe’lning funksional shakllari, ravish-lar faol qo‘llanadi. Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo‘laklar, ajratilgan gap bo‘laklari, atov gaplar, qo‘shma gap ko‘rinishlaridan ham keng foydalaniladi. Tavsifiy matn ilmiy, publisistik, rasmiy-idoraviy, shu-ningdek, badiiy uslubga xosdir. 4-topshiriq. O‘zingiz bilim olayotgan fan yo‘nalishini yoki yoq-tirgan mutaxassisligingizni ta’riflab matn yarating. Unda asoslar, dalillar keltirishni unutmang. 2-mashq. Matn parchalarini o‘qing, asosiy mazrnunni ifodalovchi gaplarni daftaringizning o‘ng tomoniga, yordamchi, qo‘shimcha mazmun bildiruvchi gaplarni chap tomoniga yozing va o‘zaro qiyoslang. I. G‘azal nihoyat ta’sirli. Ayniqsa, uch-to‘rt bolaning ovozi juda yoqimli, ohangdor. Hammamiz jim tinglaymiz. Men sel bo‘lib, erib ketaman. Fuzuliyning she’rlarini sevaman. She’rlari nafis. O‘zim gul va mahbub haqida go‘zal she’rlarni bilaman. Opam o‘rgatgan. (Oybek, «Bolalik»dan). II. Beixtiyor o‘zining ana shunday saodatli onlari, Humo- yun tug‘ilganda qalbini to‘ldirgan iftixor tuyg‘ulari yodiga tushdi. O‘g‘li Qobul arkida tavallud topgan edi. Viloyat yo‘q, viloyat umidvorligi yo‘q, navkar parokanda, sargardon sarg‘ayib, Samarqand qamalida ochlikdan it etini, eshak etini yegan mis- kinlar bilan dahshatli uqubatlar chekib, Toshkanda va Andi- jonda mislsiz mashaqqat va xorliklar tortib, nihoyat, Qobulda bir muddat qo‘nim va osoyish topgan kunlari edi, shikasta ko‘nglini quvonchga to‘ldirib, Humoyun dunyoga keldi. (Xayrid- din Sultonov, «Nuqta»dan). Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling