1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: kirish. О‘zbek tili – О‘zbekiston respublikasining davlat tilidir
Download 0.62 Mb.
|
Давлат тилида иш юритиш
Matnni qisqartirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshi-riladi:
matnning asosiy fikrini ifodalovchi gaplarni ajrata olish; gaplardagi uyushiq va ajratilgan bo‘laklarni, kiritma va ilova qurilmalarni qisqartirish; birikmalarni ma’nodosh so‘zlarga, sodda yoyiq gaplarni yig‘iq gaplarga, qo‘shma gaplarni sodda gaplarga, ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirish; matnning qo‘shimcha fikr ifodalovchi gaplarini, sintaktik parallellar va takrorlarni qisqartirish; matnni qisqa mazmunli tarkibiy qismlarga ajratish; birikmali sifatdosh, o‘xshatish va boshqa tasviriy ifodalarni sodda va ixcham shaklga keltirish. 5-topshiriq. Matnni uning asosiy mazmunini saqlagan holda qisqartiring. Matnni qisqartirishda qanday usullarni qo‘llaganingizni sharhlang. Har qanday qilmishning aksi, qaytarma oqibati mavjud: shunday ekan, faqat o‘z prinsipimni himoya qilaman deb, bir kun borib ko‘pchilikni dog‘da qoldirmaylik tag‘in?! Axir, mavjud nazariyalar qolipiga tushmaydigan faktlar, ayniqsa, fan uchun qimmatli emasmi? Chunki shu noma’lum faktlarni ishlab chiqish bilan yaqin oralarda fanning yangi yo‘nalishlariga yo‘l ochib berish mumkin-ku? Fan tarixida bunday misollar to‘lib-toshib yotibdi. Faktni tan olmaslik, aslida, hazm qilinmagan nazariyaning oqibati-ku!.. Men nasihatgo‘ylik qilishni o‘ylamagandim, ammo o‘rni kelib qoldi. Koinot azal-dan insonni zulmat bilan o‘ragan. Fan esa odamzot qo‘lidagi mangu mash’ala! Zero fan - cheksizlikni o‘rganar ekan, ayni paytda, o‘zining ham had-chegarasi yo‘q. Inson bilimi tugamaydi, u abadiy yaratiladi, abadiy harakatda... Modomiki shunday ekan, men ochgan kashfiyot uslubiga boshqa bir uslub qarama-qarshi chiqib qolsa, nima uchun endi men unga, albatta, tosh otishim kerak? Nima uchun?! Yo‘q, aqlimiz bo‘lsa, istiqbolimizga chi-nakam qayg‘ursak, orzuni bo‘g‘maylik. Orzu har qanday fakt-dan ham qudratli! Orzu bamisoli hayot ko‘ksidagi mildirab turgan buloq, gurkirab o‘suvchi nihol... O‘ktam Usmonov, «Girdob»dan. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling