1-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: kirish. О‘zbek tili – О‘zbekiston respublikasining davlat tilidir
Quyidagi tuzilishdagi qo‘shma so‘zlar ajratib yoziladi
Download 0.62 Mb.
|
Давлат тилида иш юритиш
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7 - mashq.
- Quyidagi so‘zlar chiziqcha bilan ajratib yoziladi: Si
Quyidagi tuzilishdagi qo‘shma so‘zlar ajratib yoziladi:
birinchi qismi sifat, ikkinchisi atoqli ot bo‘lgan geografik nomlar: Kichik Osiyo, Sharqiy Turkiston, Quyi Chirchiq kabi; qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi: shifo top-moq, olib chiqmoq, yoza boshlamoq, aytib bermoq, ko‘rgan edi kabi; • qo‘shma ravishlar ajratib yoziladi: har kim, hech bir, hamma vaqt, qay kuni kabi. Biroz, birpas, birato‘la, birmuncha so‘zlari bundan mustasno; O‘zaro -dan qo‘shimchasi bilan bog‘langan takror so‘zli birikmalar: kundan kunga, tomdan tomga, ochiqdan ochiq, ko‘pdan ko‘p kabi. 5- topshiriq. Lug‘atdan ajratib yoziladigan so‘zlarga 10 ta misol toping va ularning 4 tasi ishtirokida gaplar tuzing. 7- mashq. Matnni o‘qing. Ajratib yoziladigan so‘zlarni aniqlab, tuzilishini izohlang. - ... Maqsadlari juda ochiq! Bittasi mingboshi bo‘lmoqchi, ikkinchisi Normuhammadning o‘rniga minmoqchi, uchinchisi yana bir shaharni o‘ziga qaram qilmoqchi. Xon ersa Musul-mongulga bo‘lgan adovatini qipchoqni qirib alamdan chiq-moqchi! Menga qolsa o‘rtada shundan boshqa hech gap yo‘q, o‘g‘lim! Men ko‘p umrimni shu yurtning tinchligi va fuqaroning osoyi-shi uchun sarf qilib, o‘zimga azobdan boshqa hech bir qanoat hosil qilolmadim. Ittifoqni nima ekanini bilmagan, yolg‘iz o‘z manfaati, shaxsiyati yo‘lida bir-birini yeb-ichgan mansabpa-rast, dunyoparast muttahamlar Turkiston tuprog‘idan yo‘qol-may turib, bizning odam bo‘lishimizga aqlim yetmay qoldi... Biz shu holda ketadigan, bir-birimizning tegimizga suv quya-digan bo‘lsak, yaqindirki, chor istibdodi Turkistonimizni egal-lar va biz bo‘lsak o‘z qo‘limiz bilan kelgusimizni o‘ris qo‘liga qoldirgan bo‘lurmiz. O‘z naslini kofir qo‘liga tutqin qilib topshiruvchi - biz ko‘r va aqlsiz otalarga xudoning la’nati albatta tushar, o‘g‘lim! Bobolarning muqaddas gavdasi madfun Turkistonimizni kofirxona qilishga hozirlangan biz itlar, yaratuvchining qahriga albatta yo‘liqarmiz! Temir ko‘ragon kabi dohiylarning, mirza Bobur kabi fotihlarning, Forobiy, Ulug‘bek va Abu Ali ibn Sino kabi olimlarning o‘sib-ungan va nash’u namo qilganlari bir o‘lkani halokat chuquriga qarab sudraguvchi, albatta, Tangrining qahriga sazovordir, o‘g‘lim! Gunohsiz bechoralarni bo‘g‘izlab, bolalarini yetim, xonalarini vayron qiluvchi zolimlar – qurtlar va qushlar, yerdan o‘sib chiqqan giyohlar qarg‘ishiga nisho-nadir, o‘g‘lim!..
Urf-odat, nim pushti, yarim orol, tez-tez, baxt-saodat, dori-darmon, toshko‘mir, yalang oyoq, tasdiq etdi, uch-to‘rt, yoza-yoza, o‘g‘il-u qiz, qosh-qovoq, olgan bo‘ldi, qo‘rqa-pisa, shu on, tokqaychi, yuzma-yuz, hovli-joy, so‘ramay-netmay, olaqarg‘a, asbob-uskuna, yer-u osmon, sap-sariq, hol-ahvol, ko‘ksulton, keta ber, yoz-u qish. 6- topshiriq. Quyidagi so‘zlar yoniga mos so‘zlar qo‘yib juft so‘zlar yasang va yozilishini izohlang. Qarindosh - ..., kuch - ..., qovun - ..., yo‘l - ..., non -..., osh - ..., o‘yin - ..., bo‘lar - ..., gul - ..., yer - ..., yor -..., dor - ..., tepsa - ..., temir - ..., asta - ..., oq - ..., chora - ..., kirim - ..., mehr - ..., aytdi - ..., kecha - ..., uzoq - ... . Quyidagi so‘zlar chiziqcha bilan ajratib yoziladi: Si • juft va takror so‘zlarning qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi: asta-sekin, uch-to‘rt, kiyim-kechak, qop-qop, uy-uyiga kabi; juft so‘zlar orasida -u (-yu) bog‘lovchisi qo‘llansa, bog‘lovchidan oldin chiziqcha qo‘yiladi: oq-u qora, kecha-yu kunduz kabi; -ma, -ba yordamida birikkan so‘z qismlari chiziqcha bilan yoziladi: yuzma-yuz, rang-barang, qadam-baqadam kabi; arab raqamlari bilan yozilgan tartib sonlar chiziqcha bilan yoziladi: 5- sinf, 6- «V» sinf, 1991- yil, 3- mart kabi. 7- topshiriq. Lug‘atdan 10 ta so‘z tanlab, ularni yuklamalar bilan qo‘llang va chiziqcha bilan yoziladiganlarini bir ustunga, qo‘shib yoziladiganlarini boshqa ustunga yozing. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling