1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Metallarga termik va kimyoviy ishlov berish Po’lаtlаrni termik ishlаsh turlаri
Download 147.21 Kb.
|
Amalyot
Kristallitlararo kоrroziyalanishda metall donalari (kristallitlari) oralig’idagi chegara emiriladi. Kоrroziyaning bunday turi nihoyatda xavfli bo’ladi, chunki bunda korroziyalangan metallning mexanikaviy xossalari pasayishiga qaramay, uning tashqi ko’rinishi- o’zgarmay qoladi, shu sababli kоrroziyani o’z vaqtida sezib bo’lmaydi. Bunday kоrroziyani aniqlash uchun sifat va miqdoriy analiz usullaridan foydaniladi. Sifat analizida metallarning korroziyalanganligi, ularning tovush o’tkazuvchanligi, egilishga chihamliligi va mikrostrukturasida o’zgarish bor-yo’qligini tekshirish natijasida aniqlanadi. Masalan, kristallitlararo korroziyalanishda metallarning tovush o’tkazuvchanlik vaqti keskin susayadi, egilishga sinalganda esa cho’zilish zonasida mayda darzlar, mikrostrukturasida mikrodarzlar paydo bo’ladi. Miqdoriy analizda metallarning korroziyalanishi agressiv muhit (kislota va ishqor) ta’siridan keyin mexanik xossalari o’zgarishiga qarab aniqlanadi. Metallarning korroziyalanish tezligini hajmiy usul bilan ham aniqlash mumkin. Bu usul korroziyalanayotgan metall ajratib chiqarayotgan yoki yutayotgan gazlarning hajmini o’lchashga asoslangan. Masalan, vodorod korroziyametri yorhamida ajralib chiqayotgan vodorodning hajmiga qarab eritmaga o’tgan metallning miqdorini hisoblab topish mumkin. Metallarning tekis korroziyalanishida korroziyabardoshlik darajasi eritmaga o’tgan metall miqdori bilan aniqlanadi: bu miqdor namunaning yuza birligida (1 m2, 1 sm2) yoki vaqt birligi (soat, sutka, yil) ichida korroziyalangan qismining massasi bilan ifodalanadi. Kоrroziyabardoshlik darajasi (korroziyalanish tezligi) quyidagi formuladan hisoblab topiladi: bunda, K - korroziyabardoshlik darajasi, (gr/ m2. soat) - massaning yo’qolishi (yoki ko’pаyishi), gr. s - namunaning yuzasi,(m2) t - sinash muddati, (soat) Massaning yo’qоlishi yoki ko’payishi formuladan topiladi, bunda P0-namunaning reaktivdan chiqarilgandan keyingi masssasi: P1-namunaning reaktivga joylashtirilgungacha bo’lgan massasi. Korroziyabardoshlik chegarasidan foydalanib, korroziya chuqurligi topiladi. bunda, P - korroziya chuqurligi, (mm/yil) K1- korroziyabardoshlik darajasi, (g/m2. yil) - metall zichligi, (gr/sm3) Metallarning korroziyabardoshligini baholash uchun massasini yo’qotish bo’yicha besh balli shkala, chuqurligi bo’yicha esa o’n balli shkala qo’llaniladi Download 147.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling