1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Metallarga termik va kimyoviy ishlov berish Po’lаtlаrni termik ishlаsh turlаri


Download 147.21 Kb.
bet3/5
Sana15.10.2023
Hajmi147.21 Kb.
#1704102
1   2   3   4   5
Bog'liq
Amalyot

Nazorat savollari

  1. Termik ishlаsh deb nimаgа аytilаdi?

  2. Qаndаy detаllаr termik ishlаnаdi?

  3. Termik ishlаshdа qоtishmаdа qаndаy o’zgаrishlаr sоdir bo’lаdi?

  4. Termik ishlаshgа kim birinchi bo’lib аsоs sоlgаn?

  5. Kritik temperаturа degаndа nimа tuchunilаdi?

  6. Termik ishlаshning nechа хili mаvjud?

  7. Nimаgа аsоsаn ulаr turlаrgа аjrаtilаdi?


2-Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Metallar korroziyasi va unga qarshi kurash.

Metallarning tashqi muhit bilan fizik-kimyoviy o’zaro ta’siri natijasida emirilishi metallarning kоrroziyalanishi deb ataladi.


Metallarning kоrroziyalanishi natijasida ularning fizikaviy va mexanikaviy xossalari pasayadi yoki butunlay yo’qolib ketishi mumkin. Korroziya hodisasi mashinalarning ishqаlanuvchi qismlari orasida ishqalanishni kuchaytiradi, asbob va apparatlarning elektr xossalarini pasaytiradi.
Metallarning tashqi muhit bilan aloqasi xarakteriga ko’ra korroziyani kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyalarga ajratiladi.
Metallarning elektr o’tkazmaydigan muhit, masalan, quruq gazlar, suyuq dielektrik moddalar: benzin, surkov moylar, smolalar, neft va boshqalar bilan kimyoviy ta’sirlashuvi natijasida emirilish jarayoni kimyoviy korroziyalanish deyiladi.
Metallarning korroziyalovchi tashqi muhitlardan biri quruq gazlar, masalan havo kislorodi, sulfit angidrid, karbonat angidrid, vodorod sulfid kabilar bo’lib, ular metall bilan to’qnashganda kimyoviy ta’sirlashadi, natijada metall sirtida oksid pardalar hosil bo’ladi.
Metallda korroziya oqibatida hosil bo’ladigan pardaning xossalari metallning tarkibiga va sharoitiga bog’liqdir.
Temirning kimyoviy korroziyalanishi oddiy temperaturada ham, yuqori temperaturada ham sodir bo’lishi mumkin. Temperatura ortishi bilan oksidlanish jаrаyoni kuchayib boradi, unda oksid pardalarining qalinligi ham ortadi.
Temir va uning qotishmalarining oksidlanish darajasi, tezligi ularning tarkibidagi xrom, alyuminiy, kremniy kabi elementlarning miqdoriga ham bog’liq bo’ladi. Masalan, tarkibiga 20 % хrom bor po’lat hatto 1170 – 1270 0C temperaturalarda ham mutlaqo korroziyalanmaydi. Bunga sabab shuki, xrom, alyuminiy va kremniylar metallning tashqi qatlamida mustahkam Cr2O3, Al2O3 va SiO2 kabi pardalar hosil qiladi va uni keyingi korroziyalanishdan saqlaydi. Shu sababli, xrom, alyuminiy va kremniylar korroziyabardosh elementlar bo’lib hisoblanadi.
Metallarning elektr toki o’tkazadigan suyuq muhitda, ya’ni elektrolit eritmalarida emirilish jarayoni elektrokimyoviy korroziya deb ataladi. Bunda galvanik juftlar - anodli va katodli uchastkalarda paydo bo’ladi. Elektrolit tuzlar, kislotalar va ishqorlarnin suvdagi eritmalari bo’lishi mumkin.
Metallar emirilishining geometrik xarakteriga ko’ra kоrroziya tekis, mahalliy va kristallararo turlariga bo’linadi.
Tekis kоrroziyalanishda metallning butun sirti bir qahartekis emiriladi. Kоrroziyaning bunday turi sof metallarda va bir jinsli qattiq metall eritmalarida ko’p kuzatiladi.
Mahalliy kоrroziyalanishda metallning ko’p qismi emirilmay, ayrim joylarigina emiriladi. Kоrroziya qanchalik notekis bo’lsa, u shunchalik xavfli bo’ladi va tez chuqurlasha boradi.
8 - jadval

chihamli-lik guruhi

Korroziyabardoshlik darajasi mm/yil

Ball

chihamlilik guruhi

Korroziya- bardoshlik darajasi mm/yil

Ball

Mutlaqo chi hamli

P 00,001

1

Susaygan
Chihamli

0,1 P 0,5
0,5 P 1,06

6
7

Nihoyatda
chihamli

0,001 P 0,005

2

Kam chihamli

1,0 P 5,0
5,0 P 10,0

8
9

chihamli


Download 147.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling