1-amaliy mashg‘ulot mavzu: Mustaqillikgacha va mustaqillik yillarida geografiya ta’limi uning rivojlanishi
Download 57 Kb.
|
1-amaliy mashg`ulot sirtqi boshlang`ich
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
- Uslubiy ko‘rsatmalar
1-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Mustaqillikgacha va mustaqillik yillarida geografiya ta’limi uning rivojlanishi. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Geografiya o‘qitish metodikasining shakllanishi va rivojlanish tarixi, mustaqillik yillarida mamlakatimiz geografiya ta’limidagi o‘zgarishlar haqidagi bilimlarni mustahkamlash. Topshiriqlar 1. Quyida berilgan matndan foydalanib, O‘zbekistonda geografiya ta’limining 1917-1991 yillardagi rivojlanish bosqichlarini jadvalda ko‘rsating. 2. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlarni tahlil qiling. (Quydagi matndan foydalanib) 3. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida geografiya fani bo‘yicha yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxatini tuzing va 1-jadvalga yozing. 4. Dars o`tish meto`dlarini o`rganish va taxliu qilish
Uslubiy ko‘rsatmalar O‘zbekiston maktablarida geografiya ta’limi (darsliklar va dasturlari mazmuni, o‘qitish metodlari, o‘quv moddiy bazasi, kadrlar tayyorlash va boshqa xususiyatlariga ko‘ra)ning rivojlanishini 4 ta bosqichga ajratish mumkin: Birinchi bosqich – 1918-1934 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davr o‘zbek maktablarida geografiya o‘qitishni yo‘lga qo‘yish bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda yangi tipdagi maktablar bilan eski tipdagi maktab geografiyasiga asos solinadi. 1922-1923 yillarda o‘qitishning "kompleks dasturlari" ishlab chiqildi. Bu dasturlar turli variantlarda bo‘lib, bir necha marta o‘zgardi va 10 yil mobaynida qo‘llanib kelindi. Geografik ma’lumotlar kompleks mavzular orasiga singib ketdi. 1925-1926 yillarda maktablarning yuqori sinfida geografiya fan sifatida o‘quv rejasidan umuman chiqarib tashlanadi. Geografiya tabiiy, fizika, ijtimoiy fanlar tarkibiga kiritildi. Yuqoridagi fanlar geografiyani o‘qitish vazifalarini mutloqo bajara olmadilar. Kompleks metod aslida predmetsiz o‘qitish yo‘li edi. Birinchi bosqich geografiya fani uchun og‘ir sinov yillari bo‘ldi. Oktabr to‘ntarishidan keyin dastlab maxsus qarorlar asosida 9 yillik yagona mehnat maktablari tashkil etildi. Bu maktab ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqich 1-5 sinflar, 2-bosqich 6-9 sinflarni o‘z ichiga olgan. 1918-1922 yillarda geografiyaga rasmiy namunaviy dasturlar paydo bo‘ldi. Bunda ayrim landshaftlarning xususiyatlarini o‘rganishga ko‘proq e’tibor berildi. O‘sha davrlar "landshaft dasturlari" bilan mashhurdir. Masalan "Ovchilar landshafti", "Ko‘chmanchilar landshafti" va boshqalar. Lekin landshaft dasturlari o‘zini oqlamadi. 1921 yilda geograf D N.Anuchin rahbarligida umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan geografiya dasturi loyixasi ishlab chiqildi. Ungacha ayrim hududlar xatto ayrim maktablar xuddi landshaftlar dasturiga uxshash bo‘lgan dasturlarni o‘zlari tuzar edilar. Anuchin dasturi oktabr tuntarishiga kadar bo‘lgan geografiya ta’limining eng yaxshi tomonlarini qisman bo‘lsa ham o‘zida aks ettirgan bo‘lib, unda geografiyani o‘qitish sinflar bo‘yicha taksimlangan edi. Anuchin dasturiga muvofiq, 3- sinfda o‘z kishlog‘i, shahari, guberniyasi o‘rganildi u bu to‘rni «mamlakatshunoslik» deb atadi. O‘quvchilar geografik nomlar, tushunchalar, geografiyaga oid rasmlar bilan tanishtirilar edi. 4-sinfda mamlakatlar, turli mintaqalarning tabiati, insonlar hayotini aks ettiruvchi rasmlar namoyish qilinar edi. 5-sinfda mamlakatshunoslikka oid bo‘lgan ma’lumotlar va "qit’alar” geografiyasi o‘rganiladi. 6 va 7-sinflarda Rossiya geografiyasi, 8- sinfda iqtisodiy geografiya, 9-sinfda astronomiya va astrologiya o‘qitilar edi. Mazkur dastur o‘quvchilarning geografiyaga oid bilimlarni oshirishda katta rol o‘ynaydi.Unda geografiyaga ajratilgan soatlar miqdori ancha ko‘p edi.Ammo bu dastur asosida darsliklar yaratilmagan edi. 1924 yildan boshlab maktab geografiyasi yangi dasturlar asosida ishlashga o‘tdi, ammo bu darsliklar bo‘yicha, geografiya bo‘yicha alohida predmetlar yo‘q edi.Unda geografiyadan tizimli bilim berilmas edi. 1-4 sinflarda alohida geografiya kurslari o‘rnini kompleks mavzular egalladi. Bu mavzular mazmuniga qisqacha geografik savollar kiritilar edi. Masalan 1-sinfda yil fasllari, 2-sinfda maxalliy tabiat va xo‘jalik bilimlari berilar, 4-sinfda Rossiya geografiyasi va boshqalar o‘rgatilar edi. Ikkinchi bosqich sinflarida geografiya biologiya, tarix, jamiyatshunoslik fanlari tarkibiga singib ketgan edi. Tabiiy geografiya va mamlakatshunoslik haqidagi bilimlar nochor ahvolga tushib qoldi. Xullas kompleks dasturlarning qabul qilinishi geografiyani mustaqil fan sifatida barham topishiga olib keldi. Faqat 1927 yilda avval 1-bosqich maktablarda, keyinroq 2-bosqich sinflarda geografiya fan sifatida qayta tiklandi. O‘zbekistonda 1920-1930 yillar oralig‘ida geografiya darsliklari rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi. G.I.Ivanovning "Boshlang‘ich jo‘g‘rofiya" darsligi geografiya darsliklarining to‘ng‘ichi edi. Bu darslik 1927 yilda N.L.Korjenevskiy yordamida P.Arxengelskiy tomonidan o‘zgartirib nashr qilindi. G.I.Ivanov, G.G.Ivanovlarning, Baxtiyorov va Makarov bilan hamkorlikda birmuncha o‘zgartirib nashr qilingan "Jo‘g‘rofiya hamda o‘lkani o‘rganish" darsligi ham o‘zbek tilidagi dastlabki darsliklardan edi. Bu davrda Balashovning "O‘zbekiston hamda unga qo‘shni jumhuriyatlar va viloyatlar" P.Arxangelskiyning "Jo‘g‘rofiya" (o‘lkani o‘rganish darsligi), A.Obidovning "O‘zbekiston sotsialistik sho‘rolar jumhuriyat jo‘g‘rofiyasi" darsliklari geografiya ta’limida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. A.Obidovning "O‘zbekiston jo‘g‘rofiyasi" darsligi O‘zbekistonda geografiya ta’limida o‘z respublikasini o‘rganishda birinchi xaqiqiy asar edi. Ammo bu darsliklar yagona dastur asosida yozilmagan edi. 1930 yilda o‘zbek tilida dastlabki geografiya o‘qitish metodikasi paydo bo‘ldi. Uning muallifi N.Leonov edi. Bu metodika suxbatlar usulida yozilgan bo‘lib, u talay kamchiliklarga ega edi.Unda kartalar bilan ishlash metodlari yoritilmagan edi. O‘zbekiston maktablarida geografiya o‘qitish samaradorligini oshirishda 1925 yildan boshlab chop etilgan "Maorif va o‘qituvchi" jurnalining roli katta bo‘ldi. Jumladan ushbu jurnalning 1925 yil 5-6 sonlarida "Jo‘g‘rofiyaning foydasi", "Lug‘at va atamalar", "Samarqand", "Maktabda o‘lkani o‘rganishning ahamiyati", "Muz davrining oxirlarida Ovropada qanday irklar yashadilar", "Saxroi kabir" va boshqa o‘nlab geografiyaga oid maqolalar elon qilindi. Bu jurnal geografiya o‘qituvchilariga ilmiy va metodik jihatdan yaqindan yordam bergan. 1931 yil 4 iyuldan "Madaniy inqilob" (keyinchalik "O‘qituvchilar gazetasi", hozirda "Ma’rifat") gazetasi chiqa boshladi. Unda yuzlab ilmiy, uslubiy maqolalar e’lon qilinadi. Geografiya ta’limida kadrlar yetishtirish masalasi sekin asta yo‘lga qo‘yildi.1927 yilda Samarqand oliy pedagogika instituti ochildi.1930 yil-lar oxirlariga kelib oliy ma’lumotli geografiya o‘qituvchilari yetishib chiqa boshladi. Bular N.Ibadov, G.Nazarov, I Mirzaboev,A Axrorov va boshqalar edilar. 1930 yillarning o‘rtalarida Toshkent, Buxoro, Samarqand, keyinchalik Nukus, Urganch, Qo‘qon, Andijon shaharlarida pedagogika institutlari ochildi. Ilg‘or o‘qituvchilarda oliy va o‘quv yurtlari o‘qituvchilari geografiyadan darslik va boshqa qo‘llanmalar yaratishga jalb etildi. Darslarda o‘quvchilarning mustaqil va amliy ishlariga e’tibor kuchaydi. Download 57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling