1-amaliy mashg‘ulot mavzu: Mustaqillikgacha va mustaqillik yillarida geografiya ta’limi uning rivojlanishi


Download 57 Kb.
bet2/5
Sana11.03.2023
Hajmi57 Kb.
#1258391
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg`ulot sirtqi boshlang`ich

Ikkinchi bosqich 1934-1955 yillarni o‘z ichiga oladi.O‘zbek maktablarida geografiya o‘qitishning muayyan bir tartibga tushish bosqichi bo‘lib, bu davrda yagona dastur asosida muayyan darsliklar yaratiladi.O‘quvchi va o‘qituvchilar uchun o‘zbek tilida o‘quv qo‘llanmalari nashr etila boshlandi. Maktab geografiyasiga xissa qo‘sha oladigan metodistlar, geografiya o‘qituvchilari yetishib chiqa boshladi. Ko‘plab metodik kitoblar rus tilidan o‘zbek tiliga o‘girildi. 1935 yilda O‘rta Osiyo universitetida - geografiya - geologiya fakulteti tashkil etildi. 1935-1940 yillar mobaynida O‘zbekistonda pedagogika institutlarining aksariyatida geografiya mutaxasisligi ochildi. 1943 yilgacha Respublikada 10ga yaqin o‘qituvchilar institutlari ochildi. Ularda geografiya o‘qituvchilari ham tayyorlangan. Geografiya o‘qituvchilarining ta’lim sohasidagi ehtiyojlari e’tiborga olinib, ularga metodik yordamni kuchaytirish maqsadida o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari, ular bazasida esa geografiya kabinetlari (kafedralari) tashkil etiladi.
Geografiya ta’limi har tomonlama rivojlanishida buyuk iqtisodiy-geograf N.N.Baranskiyning xizmatlari katta bo‘lgan.U mualliflik qilgan iqtisodiy geografiya darsligi 20 yil maboynida muntazam ravishda nashr yetib turildi. N.N.Baranskiy "o‘qituvchi-ta’lim jarayonida markaziy figura" deb takidlagan edi. U geografiya ta’limida yetakchi o‘rinni karta va ko‘rsatmalilik egallashi zarur deb "karta-geografiyaning ikkinchi tilidir", Karta-geografiyaning alfasi va omegasi,"Birgina karta bir necha varaq matnning o‘rniga o‘tadi" degan o‘lmas fikr va g‘oyalarini o‘rtaga tashladi.
2-jahon urushi geografiya ta’limiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi.Ko‘pgina geografiya o‘qituvchilari frontga jo‘nab ketdilar. Oliy o‘quv yurtlarida mutaxasislar tayyorlash izdan chiqdi. O‘quv qo‘llanmalar umuman etishmay qoldi. Urushdan keyingi yillarda dastlab 4 yillik, keyin 7 va 8 yillik majburiy to‘liq o‘rta ta’limga bosqichma-bosqich o‘tilishi, ta’lim mazmunini tubdan qayta qurishga yordam berdi. Bu davrda geografiya o‘qituvchilari diqqati ko‘proq o‘quv jarayonini amaliyot bilan bog‘lashga qaratildi. Geografiya ta’limini hayot bilan bog‘lash borasida tabiiy sharoitning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatiga katta e’tibor berildi. O‘z o‘lkasi geografiyasini o‘rganish va o‘z joyini kartasini chizish, ob-havoni kuzatish, o‘z joyidagi barcha tabiiy kompleks-komponentlarini o‘rganish geografiyani turmush bilan bog‘lashga qaratildi. Maktabni turmush bilan bog‘lash haqidagi qaror asosida o‘quvchilarning mustaqil ishlariga katta e’tibor berildi. O‘zbekiston geografiyasini o‘rganishga bir muncha e’tibor kuchaydi. Sinfdan tashqari ishlar faoliyati kuchaydi. 1953-1954 o‘qish yillaridan boshlab amaliy mashg‘ulotlarni uyutirish majburiy tarzda maktab geografiya dasturlariga kiritildi. O‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishga, mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashga e’tibor kuchaydi.

Download 57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling