1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Morfologik va sintaktik me`yorlar. So`z yasash me`yorlari


Download 244.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/20
Sana18.06.2023
Hajmi244.58 Kb.
#1560846
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

 
Morfologik va sintaktik me`yorlar. So`z yasash me`yorlari.
Kelishik qo‘shimchalari o‘zaro almashib qo‘llanishi mumkin:
1) –ni va –dan qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: Qani, oshdan (ni) 
oling, mehmon.
2) –ni va –ga qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: Gapingizga 
(gapingizni) tushunmadim. 
3) –ni va –da qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: Dalani (da) aylandim.
4) –ning va –dan qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: kelganlarning biri – 
kelganlardan biri. 
5) kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar almashib qo‘llanadi: 
a) –ga qo‘shimchasi o‘rnida uchun ko‘makchisi qo‘llanadi: Ukamga oldim – 
Ukam uchun oldim. 
b) –da qo‘shimchasi o‘rnida bilan ko‘makchisi qo‘llanadi: Xatni qalamda yozdi – 
Xatni qalam bilan yozdi. 
v) –dan qo‘shimchasi o‘rnida orqali ko‘makchisi qo‘llanadi: Xabarni radiodan 
eshitdik – Xabarni radio orqali eshitdik.
g) –ni qo‘shimchasi o‘rnida haqida ko‘makchisi qo‘llanadi: Akasi kelganini 
gapirdi – Akasi kelgani haqida gapirdi.


22 
2. Egalik qo‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari.
1) otlarda qo‘llangan egalik qo‘shimchasi qaratqich kelishigi qo‘shimchasining 
mavjudligini, qaratqich kelishigi qo‘shimchasi esa egalik qo‘shimchasining 
mavjudligini ko‘rsatib turadi: maktab hovlisi, bizning maktab. 
2) egalik (qarashlilik ma’nosi) –niki qo‘shimchasi yordamida ham ifodalanishi ham 
mumkin, faqat bu qo‘shimcha shaxs-son ko‘rsatmaydi: Bizning maktab – maktab 
bizniki.
3) qaratqichli birikmalarda shaxs almashib qo‘llanishi ham mumkin: Mening uyim 
shu erda – Kaminaning uyi shu erda.
3. Ot yasovchi qo‘shimchalarning uslubiy xususiyatlari. Bu qo‘shimchalar orasida 
o‘zaro sinonim bo‘lgan qo‘shimchalar ham uchraydi: adabiyotshunos – 
adabiyotchi, mehnatkash – mehnatchi.

Download 244.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling