Qo‘shma gaplarning uslubiy xususiyatlari. 1) bog‘langan qo‘shma gaplar
tarkibida biriktiruv va zidlov bog‘lovchilari o‘rnida –u, -yu, -da yuklamalari
sinonim holatda qo‘llanishi mumkin: Havo bulutlashdi va yomg‘ir yog‘a boshladi.
Havo bulutlashdi-yu, yomg‘ir yog‘a boshladi.
2) ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplar sodda gaplarga
sinonim bo‘ladi: Shunisi aniqki, biz bugun yo‘lga chiqa olmaymiz - Bizning bugun
yo‘lga chiqa olmasligimiz aniq.
3) sabab, maqsad, o‘xshatish ergash gaplarning kesimlari sifatdosh, harakat nomi, ot
bilan ifodalansa, sodda gaplarga sinonim bo‘ladi: Tog‘ etagi juda go‘zal edi, go‘yo
chiroyli gilam to‘shalganday – Chiroyli gilam to‘shalganday tog‘ etagi juda go‘zal
edi.
4) payt, sabab, shart, to‘siqsiz, natija, ravish ergash gaplarni o‘z doirasida
sinonimlari bilan almashtirish mumkin:
U kelsa (kelgan paytda, kelar ekan), hamma ketib bo‘libdi.
5) bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplarga
sinonim bo‘ladi: Qor yog‘ di – don yog‘ di (Qor yog‘ sa, don yog‘adi. Qor yog‘ di-
yu, don yog‘ di).
Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplarning uslubiy xususiyatlari. Birovlarning hech
o‘zgarishsiz berilgan gapi (ko‘chirma gap) o‘zgalarning mazmuni saqlanib, shakli
o‘zgartirilgan holda berilgan gapi (o‘zga gap) bilan sinonimik holatda bo‘ladi:
O‘qituvchimiz dedi: “Topshiriqlarni o‘z vaqtida bajaring” – O‘qituvchimiz
topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish lozimligi haqida gapirdi.
Ko‘chirma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda quyidagi o‘zgarishlar yuz
beradi:
1. Ko‘chirma gap birikmali to‘ldiruvchiga aylanadi: “Hamma yig‘ildi”, - dedi
navbatchi. Navbatchi hammaning yig‘ilganini aytdi.
2. Ko‘chirma gap tarkibidagi undalma vositali to‘ldiruvchiga aylanadi: “Rasulbek,
biz bilan yuring”, - deb taklif qildi do‘sti. Rasulbekka do‘sti o‘zlari bilan yurishni
taklif qildi.
3. Ko‘chirma gap tarkibida kirish so‘z vazifasida kelgan undovlar, taqlid so‘zlar
tushiriladi: “Voy, qo‘rqib ketyapman”, - dedi xotini. Xotini qo‘rqib ketayotganini aytdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |