1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari
Download 244.58 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Ruscha-baynalmilal so‘zlar
- . Rus
- Ingliz
3. Xitoy tilidan olingan so‘zlar. Buyuk ipak yo‘li Markaziy Osiyo bilan
Xitoyni bog‘lagan va natijada xitoycha so‘zlar o‘zlashgan: choy (xitoy tilida ttsay deyilar ekan), manti (myan – xamir, ti – go‘sht degani), lag‘mon (“cho‘ziq xamir” degani). 4. Mo‘g‘ul tilidan kirgan so‘zlar. XIII asrda mo‘g‘ullarning Markaziy Osiyoni bosib olganligi va buyuk Amir Temur tomonidan bu bosqinchilikka barham berilganligi tarixdan ma’lum. Tilimizga o‘zlashgan mo‘g‘ulcha so‘zlarning ayrimlarini keltiramiz: navkar (no‘xo‘r – do‘st, o‘rtoq degani), tuman (o‘n ming). 5. Ruscha-baynalmilal so‘zlar. X1X asrning 2-yarmidan Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekiston chor Rossiyasining mustamlaka mamlakatiga aylandi. Rus tilining o‘zbek tiliga ta’siri shu davrdan boshlandi. Rus tilidan, rus tili orqali boshqa tillardan ko‘plab so‘zlar o‘zlashdi. O‘zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali Yevropa xalqlari tillaridan (fransuz, italyan, nemis, ingliz, ispan) so‘z kirishi ikki tarixiy davrni o‘z ichiga oladi: 1. X1X asrning 2-yarmidan XX asrning boshlarigacha bo‘lgan davr. 2. 1917-yildan keyingi davr. Rus tilidan so‘z o‘zlashtirilishiga ko‘proq quyidagi omillar sabab bo‘lgan: a) Chor Rossiyasining imperialistik siyosati; b) Sovet imperiyasida rus tilining millatlararo til mavqeiga ega bo‘lishi, bu mavqening yildan-yilga mustahkamlanib borishi; v) o‘zbek-rus ikki tilliligining tarkib topishi; g) matbuot, radio, televidenieda rus tiliga keng o‘rin berilishi; d) maktab-maorif tizimida, oliy o‘quv yurtlarida rus tilining maxsus o‘qitilishi; ye) ilm-fan terminologiyasining shakllantirilishida ruscha-baynalmilal atamalarga ko‘proq tayanish; j) ma’muriy- idoraviy ish qog‘ozlarining asosan rus tilida yozilishi va b.lar. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning aksariyati ot va son turkumlariga mansubdir: institut, universitet, drama, zavod, fabrika (otlar), million, milliard, trillion (sonlar), gramm, kilogramm, litr, millimetr, santimetr, kilometr, sekund, tonna kabi. Bu qatlamda kalka usulida o‘zlashtirilgan sifatlar ham bor: simmetrichnыy>simmetrik, psixologicheskiy>psixologik, biologicheskiy>biologik kabi. Ma’no jihatdan ruscha- baynalmilal so‘zlar orasida ishlab chiqarishga (zavod, fabrika, sex, stanok), ilm- fanga (sema, semema, nomema – tilshunoslikda; teorema, aksioma, romba, kvadrat – matematikada; spora, gameta, flora-botanikada; fauna, reptiliya - zoologiyada va b.lar); transportga (mashina, avtomobil, avtobus, poezd, trolleybus, tramvay), san’atga (teatr, spektakl, rejisser, opera, drama), radio va televideniega (radio, televizor, lampa, detal, videomagnitofon), harbiy tizimga (artilleriya, avtomat, tank, raketa, vzvod, rota, batalon) oid so‘zlar ko‘pchilikni tashkil qiladi. Rus tilidan so‘zlar ikki yo‘l bilan o‘zlashdi: 1. Rus ishchilari, ustalari, rus askarlari, amaldorlarining mahalliy aholi bilan turli xildagi aloqalari tufayli og‘zaki nutq orqali: chilon (chlen), adbakat (advokat), apisor (ofitser), iskalat (sklad), axran (oxrana), choynay (choynak) kabi. 2. Matbuot orqali: ayrapilan (aeroplan), pabrik (fabrika), po‘shta (pochta), zovut (zavod), uez (uezd), kridit (kredit), banka (bank), veksil (veksil) kabi. Rus tili orqali kirgan so‘zlarning ba’zilari dunyodagi ko‘pgina xalqlarning tilida tovush tomoni deyarli o‘zgartirilmay ishlatiladigan xalqaro so‘zlardir. Ular, 14 odatda, internotsional (baynalminal) so‘zlar deb yuritiladi. O‘zbek tiliga o‘zlashgan internotsional so‘zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansub: 1. Rus tiliga: sud, samolyot, stol, stul, tok (elektr), ruchka. 2. Lotin tiliga: reviziya, nota, metall, refleks, rezina, general, kapital, kanal, plan, direktor, radio. 3. Yunon tiliga: grammatika, pedagog, talant, tezis, kafedra, poeziya, poema, metr, neft, taktika, parallel . 4. Nemis tiliga: raketa, kran, shaxta, rolik, politsiya kabi. 5. Ingliz tiliga: chempion, futbol, dollar kabi. 6. Fransuz tiliga: roman, palto, serjant, bank kabi. Ruscha-baynalmilal so‘zlar - o‘zbek tiliga rus tilidan va u orqali Yevropa tillaridan o‘zlashtirilgan leksemalar: gazeta, jurnal, avtobus, trolleybus, teatr, roman, syujet, geometriya, fizika, matematika, traktor, kombayn, raketa, avtomat, armiya va b.lar. Rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan so‘zlar ijtimoiy-siyosiy hayotga, sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan-texnika, madaniy-oqartuv, san’at, savdo, sport, harbiy sohaga oiddir. Hozirgi Yevropa tillaridan so‘zlar bevosita aloqalar orqali o‘zlashmoqda. O‘zbek tilidan ham boshqa tillarga so‘zlar o‘tgan: o‘rik, anjir, somsa (ruscha: uryuk, injir, samsa). Karandash (qora tosh), kavardak (qovurdoq), yeralash (aralash), utyug (o‘tli yuk) kabi so‘zlarning ham rus tiliga o‘zbek tilidan o‘tganligi isbotlangan. O‘zbek tilida ishlatilayotgan bekat so‘zi ham yevropa tillarida piket tarzida qo‘llanayotganligi fanga ma'lum. Hozirgi paytda o‘zbek milliy sport turlaridan bo‘lgan kurashning xalqaro miqyos darajasiga ko‘tarilishi munosabati bilan kurash, yonbosh, chala, halol kabi o‘zbekcha so‘zlar boshqa tillarda ham ishlatilyapti. Download 244.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling