1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Download 244.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/20
Sana18.06.2023
Hajmi244.58 Kb.
#1560846
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

 
2- topshiriq.
 
Matn ichidan mazmunan mos kelmagan so‘zlarni aniqlang, ularni to‘g‘rilab 
yozing. 
“Ish yaxshi bo‘ldi” – o‘yladi u. Kayfi choq bo‘lib, dimog‘ida navo xirgoyi qilib, 
dasturxonga o‘tirdi. Xotini derazadan tashqariga tikilib o‘tiribdi. 
- Go‘shtni qovurdingmi? Olib kel. 
Ayol indamadi. 
- Garang bo‘lib qoldingmi nima? Boya olib kelgan go‘shtimni qovurgin 
degandim-ku. 
- Go‘sht yo‘q. Ko‘ppakka tashladim. Xudodan qo‘rqmaysizmi? Birovning 
cho‘ntagini kesib, qaqshatib, olib kelgan harom nasibangiz qanday 
tomog‘ingizdan o‘tadi? 
Erning nigohlari olayib ketdi. 
- Tiling chiqib qolibdimi?.. 
Nafasi tiqilib, hansirab qolguncha do‘pposlab tashqariga chiqdi. Itning uyi tomon 
yurdi. 
- Hali sen meni go‘shtimni yeydigan bo‘ldingmi? 
Itning uyi oldida bir talay go‘sht tuproqqa qorishib yotar, bir odim narida iti 
g‘ingshib, xuddiki xazar qilganday turqini boshqa yoqqa burib yotardi… 
(Aziz Nur) 
 
Eslatma! 
kayfi choq
(kayfi chog‘) 
(imloviy xatolik mavjud) 
navo 
(kuy) 
(navo xirgoyi qilmoq uslubning buzilishi hisoblanadi, uning o‘rniga 
kuyni xirgoyi qilib so‘zlarini qo‘llash o‘rinli) 
ko‘ppakka 
(itga) 
(bu gapda ayol kishi tomonidan ko‘ppak so‘zining qo‘llanishi 
matn mazmuniga va uslubiga mos kelmagan) 


16 
nasibangiz 
(luqmangiz) 
(harom so‘zi salbiy ma’no anglatib, nasibaga emas, 
luqmaga nisbatan ishlatiladi) 
odim 
(qadam) 
(bu yerda odim va qadam so‘zlari uslub jihatdan farqlanib, matn 
mazmuniga mos tarzda qadam so‘zi tanlanishi kerak) 
turqini 
(yuzini) 
(bu yerda turq va yuz so‘zlari uslub jihatdan farqlanib, matn 
mazmuniga mos tarzda yuz so‘zi tanlanishi kerak)

Download 244.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling