1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Download 244.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/20
Sana18.06.2023
Hajmi244.58 Kb.
#1560846
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

 
1-topshiriq.
 
Talaffuzga asoslangan matndagi xatoliklarni toʻgʻirlang. 
Shokoladning foydali xususiyatlari 
Shokolad foydali yoki zararli ekanligi toʻgʻrisida necha yilladan buyon 
olimlar bahslashib kelishmoqda. Ba’zi bir olimlar esa, shokoladning quyidagi 
foydali xususiyatlarini isbotlashgan: shokolad oʻzida dofomin, serotonin va 
feniletilomin gormonlarini saqlashi sabab ham kayfiyatni koʻtarish xususiyatiga ega; 
shokolad mushaklarni kislorod bilan toʻyintiradi, natijada mashgʻulotlardan keyin 
organizm darrov oʻzini tiklaydi; agar muntazam ravishda qora shokolad (70% va 


25 
undan yuqori kakao saqlovchi) qon tomirlari mustahkamlanib, yurak 
xastaliklarining oldi olinadi; shuningdek qora shokolad yomon xolesterindan xalos 
etib, insult xavfini kamaytiradi, aritmiya va yurak yetishmovchiligida ham foydali 
hisoblanadi; shokolad diabetni bartaraf etishda yordam beradi – uning tarkibidagi 
antisoksidantlar oshqozon osti bezi faoliyatini yaxshilaydi; shokolad miya 
faoliyatini yaxshilaydi, Alsgeymer kasalligi rivojlanishini oldini oladi, xotirani 
mustahkamlab, diqqatni yaxshilaydi; shokolad ichak shamollashlarida ham yordam 
beradi, jigarga ham ijobiy ta’sir koʻrsatadi; shokolad immunitetni koʻtaradi, 
homilador ayollarga ham juda foydali hisoblanadi. 
 
2-topshiriq. 
 
Berilgan matnda qaysi adabiy til me’yorlaridan foydalanilganini ayting. 
 
Maqsad sari... 
Bir kuni sohibqiron Amir Temurdan soʻradilar: «Sizning oddiy beklikdan 
shunday buyuk saltanat sohibi darajasiga yetishishingizda nima yordam berdi?» 
Ulugʻ hukmdor shunday javob berdi: «Men har qanday holatda ham 
umidsizlikka tushmadim. Bu borada chumolidan oʻrnak oldim. Bir kuni 
dushmanlarimdan qochib, bir xarobaga berkindim. Barcha narsadan umidimni uzib, 
tushkunlikka tushib oʻtirganimda koʻzim bexos bir chumoliga tushdi. U oʻzining 
tanasidan deyarli ikki barobar katta bugʻdoy donasini olib ketardi. Uning yoʻlida 
yogʻoch parchasimi yoki kesak parchasi... bor edi. Chumoli uning ustiga chiqishga 
harakat qilar, biroq yuki ogʻirligi uchun oxirigacha chiqolmas, oʻzidan ogʻir yuki 
yerga tushib ketardi. Bugʻdoy donasi yumalab, devorning tagiga tushar, chumoli 
qaytib tushib, rizqini olib ketishga harakat qilardi. Bu holat ellik martadan ham 
koʻproq takrorlandi. Nihoyat chumoli oʻz maqsadiga yetdi. Bu kichkinagina 
jonzotning azm-u harakatini koʻrib, yuragimda bir umid paydo boʻldi. Oʻz-oʻzimga 
dedimki, nahotki bir chumolicha shiddatim boʻlmasa... Shundan keyin maqsadimga 
erishguncha hech bir toʻsiqdan choʻchimadim

Download 244.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling