1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Download 244.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana18.06.2023
Hajmi244.58 Kb.
#1560846
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

bahor, somon, shamol kabi. Shevalarda va jonli tilda bu unlining ur²usiz bo‘²inda 
"a"ga yaqin talaffuz qilinish hollari ham uchraydi: samon, davon kabi, ammo bu 
hol adabiy talaffuz (orfoepik me’yor) hisoblanmaydi; 2) sayoz til orqa k,g 
undoshlaridan so‘ng yumshoq, chuqur til orqa q,²,x undoshlaridan so‘ng esa yo‘²on 
unli tarzida talaffuz qilinadi. £iyos qiling: kosib va qoshiq, kotib va qolip, komil va 
qobil, gov va ²ov, govmish va ²ovlamoq kabi; 3) ur²uli bo‘²inda kuchliroq va bir oz 
cho‘ziq talaffuz etiladi: bo²bon, obod so‘zlarining birinchi va oxirgi bo‘²inlaridagi 
o unlisi talaffuzini qiyoslang; 4) y va h undoshlari bilan yondosh qo‘llanganda ham 
o unlisi bir oz yumshoq, ingichka unli holida talaffuz etiladi. £iyos qiling: yor (yor) 
va qor, hokim va xolis kabi. 
Undosh tovushlar talaffuzi. Undosh tovushlar orfoepiyasi ko‘proq 
kombinator va pozitsion omillar ta’sirida yuz beradigan fonetik hodisalarga bo²liq 
bo‘ladi. Xususan: 1)b,d jarangli undoshlari so‘z oxirida jarangsiz p,t tarzida 
talaffuz etiladi, bu hol o‘zbek adabiy talaffuzi uchun me’yor hisoblanadi: 
kitob>kitop, borib>borip, yozib>yozip, savod>savot, obod>obot kabi; 2)b,d 
undoshlari jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qo‘llanganda assimilyatsiyaga 
uchrab, p,t holida talaffuz etiladi, bu hol ham adabiy talaffuz me’yori 
hisoblanadi:ibtidoiy>iptidoiy,ketdi>ketti;3)j,z undoshlarining jarangsiz undoshlar 
ta’sirida sh,s deb talaffuz etilishi ham adabiy til uchun me’yordir: ijtimoiy> 
ishtimoiy, mazkur>maskur kabi; 4)b,q undoshlarining intervokal holatda (ikki unli 
orasida) sir²aluvchi v,² undoshlariga o‘tishi ham adabiy talaffuz me’yoriga xilof 
emas: bora ber>boraver, keta ber>ketaver kabi. 
So‘z qismlari talaffuzi. 1.Q, K bilan tugagan otlarning egalik affikslari bilan 
turlangan shakllari quyidagicha talaffuz etiladi: a) ko‘p bo‘²inli so‘zlarda qishloq> 
qishlo²imiz, qishlog‘ingiz, qishlo²i; telpak> telpagim, telpaging, telpagi kabi. Bir 


19 
bo‘²inli so‘zlarda bunday o‘zgarish bo‘lmaydi: o‘q>o‘qi, tok>toki kabi (yoq, yo‘q 
so‘zlari bundan mustasno). 
2.Q,K,G bilan tugagan otlarning jo‘nalish kelishigidagi shakllari 
quyidagicha talaffuz qilinadi: qishloq+ga>qishloqqa, chelak+ga>chelakka, 
to²+ga>toqqa, pedagog+ga>pedagokka kabi. Boshqa barcha holatlarda: a) 
jarangsiz undoshlardan so‘ng –ka, jarangli undoshdan va unlidan so‘ng –ga 
talaffuz etiladi: otka, oshka, qopka, ammo uyga, ovga, tolga, tomga, bolaga, akaga 
kabi. 
3.Fe’llarda: a)ong+la>angla, son+a>sana, yosh+a>yasha kabi; b)ek+gan > 
ekkan, ket+gan > ketkan, oq+gan > oqqan, tush+gan>tushkan kabi. 
4. Olmoshlarda: u+n+da>unda, bu+n+da>bunda, shu+n+da>shunda (bir "n" 
orttiriladi), men+ning>mening, sen+ning>sening (bir "n" tushirib qoldiriladi). 
5.Bir so‘zidan dona son yasalganda, o‘zakdagi "r" undoshi "t"ga o‘tadi: 
bir+ta>bitta kabi. 
Boshqa tillardan o‘zlashtirilgan ayrim so‘zlar talaffuzi.
1.Turkiy tillarda, ma’lumki, f undoshi bo‘lmagan, shuning uchun jonli 
so‘zlashuvda arab, fors va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlardagi "f"ni "p" deb 
talaffuz qilish hollari uchraydi: ulfat>ulpat, faner>paner, ferma>perma kabi. 
¥ozirgi o‘zbek adabiy tilida ularni "f" bilan talaffuz qilish me’yor holiga kelgan.  
2.So‘z yoki bo‘²in boshida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi turkiy 
tillarga xos bo‘lmagan. Bu hodisa keyinchalik boshqa tillardan o‘zlashtirilgan 
so‘zlar talaffuziga ham ta’sir qilgan – jonli so‘zlashuvda so‘z yoki bo‘²in boshida 
yoxud bo‘²indagi ikki undosh orasida bir unlining orttirilishiga olib kelgan: 

Download 244.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling