1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari
Sifat turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
Download 244.58 Kb. Pdf ko'rish
|
1-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olmosh turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
- Fe’llarga xos uslubiy xususiyatlar
Sifat turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
1. Sifatlardagi qiyosiy darajani yasovchi –roq qo‘shimchasi o‘rnida –mtir, -imtil, -ish qo‘shimchalari qo‘llanishi mumkin: ko‘kroq – ko‘kish, qoraroq – qoramtir. 2. Sifat yasovchi qo‘shimchalar orasida sinonimlik hodisasi ko‘plab uchraydi: aybdor – aybli, serg‘ayrat – g‘ayratli, chopqir – chopag‘ on, beg‘ubor – g‘uborsiz, bama’ni – ma’nili. 3. Bu qo‘shimchalar orasida antonimlik hodisasi ham uchraydi: suvli – suvsiz. Olmosh turkumiga xos uslubiy xususiyatlar 1. U, bu, shu olmoshlari o‘rnida bir so‘zi (yoki bir xil so‘zlari) qo‘llanadi: Bir (shunday) chamanki, atrofida bulbullar giryon. Bir xil (shunday) odamlar tushunmaydi. 2. Men olmoshi o‘rnida kamina so‘zi, siz o‘rnida o‘zlari so‘zi qo‘llanadi: Bu ishda kaminaning zarracha tajribasi yo‘q. Siz va’da bergan edingiz – O‘zlari va’da bergan edilar. 3. Ilmiy ishlarda, rasmiy hujjatlarda, yig‘ilishlarda men olmoshining o‘rnida biz olmoshi ishlatiladi: Bizning (mening) bu ilmiy ishimizda ko‘rsatish olmoshlarining xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. 4. Hurmatni ifodalash uchun sen olmoshi o‘rnida siz olmoshi ishlatiladi. Siz bugun kelasizmi? Aksincha hurmatsizlikni ifodalash uchun esa sen olmoshiga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shiladi: Senlar buni tushunmaysanlar. 5. Ko‘rsatish olmoshlari ta’kidlash, ajratish ma’nolarini ifodalaydi: Kitob – bu dono maslahatchi. Fe’llarga xos uslubiy xususiyatlar 1. Shaxs-son qo‘shimchalarining sinonimiyasi: 1) fe’lning 2-shaxs birlik qo‘shimchasi o‘rnida 2-shaxs ko‘plik qo‘shimchasi qo‘llanadi: Amaki, ertaga kelasizmi? 2) fe’lning 1-shaxs birlik qo‘shimchasi o‘rnida 2-shaxs birlik qo‘shimchasi ishlatiladi: Tabiatning ishlariga hayron qolasan kishi. 3) 2-shaxs ko‘plik o‘rnida 1-shaxs ko‘plik qo‘shimchasi qo‘llanadi: Bolalar, bugun diktant yozamiz. 4) 2-shaxs ko‘plik o‘rnida 3-shaxs birlik qo‘shimchasi ishlatiladi: U norozi ohangda dedi: - Shunaqa ish bilan hazillashib bo‘ladimi? 23 2. Zamon qo‘shimchalarining sinonimiyasi: 1) hozirgi zamon davom fe’li o‘rnida hozirgi-kelasi zamon shakli qo‘lla-nadi: Butun qishloq ular haqida gaplashishadi (gaplashishyapti). 2) kelasi zamon o‘rnida hozirgi zamon shakli qo‘llanadi: Ertaga terimga tushyapmiz. 3) hozirgi zamon o‘rnida o‘tgan zamon shakli keladi: Qarasam, yugurib kelayotibdi. 3. Mayl qo‘shimchalari sinonimiyasi: 1) ijro maylidagi fe’l buyruq mayli o‘rnida keladi: Qani, ketdik, bolalar. 2) ijro mayli shart mayli o‘rnida keladi: Kelaman dedingmi, kelish kerak. 4. Nisbat qo‘shimchalari sinonimiyasi: 1) birgalik nisbati qo‘shimchasi ko‘plik qo‘shimchasiga sinonimdir: Ular kelishdi – Ular keldilar. 2) nisbat qo‘shimchalari ichida o‘zaro sinonimlikni hosil qiladiganlari ham bor: -l, il,-n, -in, -sh, -ish; -t, -tir, -dir, -ir, -giz; -kiz, -kaz, -qiz, -qaz. 5. Fe’l yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi: 1) ba’zi yasama fe’llar iboralarga sinonim bo‘ladi: gulladi – gulga kirdi. 2) qo‘shimcha yordamida yasalgan fe’llar qo‘shma fe’llarga sinonim bo‘ladi: himoyaladi – himoya qildi. 3) fe’l yasovchilar o‘zaro sinonim bo‘ladi: sizlamoq – sizsiramoq, suvsamoq- suvsiramoq. Download 244.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling