1-amaliy mashg‘ulot Mavzu: O‘zbek tilini sohaga yo‘naltirib o‘qitishning maqsadi, vazifalari


Download 244.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana18.06.2023
Hajmi244.58 Kb.
#1560846
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

shkaf>ishkop, stakan>istakon, plan>pilon, traktor>tiraktir kabi. Bunday holat 
so‘z oxirida ham uchraydi: aql>aqil, fikr>fikir, ilm>ilim, hukm>hukum kabi. 
¥ozirgi o‘zbek adabiy tilida bunday so‘zlarni asl holicha (unli orttirmay) talaffuz 
qilish orfoepik me’yor sanaladi. Bunday me’yor shu tipdagi so‘zlarning yozuvdagi 
shaklini (imlosini) to‘²ri belgilashga ham yordam beradi. 
3.Umumturkiy so‘zlarda ikki unli yonma-yon qo‘llanmaydi, bu hol arab 
tilidan o‘zlashgan oila, doir, rais, maorif, saodat, mutolaa kabi so‘zlar talaffuziga 
ta’sir qilgan: oila, doir, rais so‘zlarida bitta "y" orttirilgan (oyila, doyir,rayis kabi), 
maorif, saodat, mutolaa so‘zlari esa unlilarning diftonglashuviga – mo:rip, so:dat, 
mutola: kabi talaffuz qilinishiga olib kelgan. Keyingi bir asr ichida rus tilidan so‘z 
o‘zlashtirishning faollashganligi, ruscha o‘zlashmalarning rus tilidagi talaffuz va 
imlo me’yorlarini o‘zbek tiliga aynan singdirish tendensiyasining ustun bo‘lganligi 
o‘zbek tilida ikki unlining so‘z tarkibida yonma-yon kelishini orfoepik va 
orfografik me’yorga aylantirdi: biologiya, geometriya, geologiya, geodeziya va 
boshqalar. Bu hol arabcha o‘zlashmalarda (oila, doir, rais, maorif, saodat, matbaa, 
mutolaa kabilarda) ham ikki unlining yonma-yon talaffuz qilinishi va yozilishini 
me’yor darajasiga ko‘tardi. 


20 
4.Arab tilidan o‘zlashtirilgan ta’na, da’vo, ma’no, e’lon, me’mor, mo‘tabar 
kabi so‘zlarning birinchi bo‘²inidagi unlilar bo‘²iz artikulyatsiyasi bilan cho‘ziqroq 
talaffuz etiladi. 
5.Rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda "i" unlisi o‘zbek tilining "i" unlisidan 
torroq va cho‘ziqroq talaffuz etiladi. £iyos qiling: tish (o‘zb.) – tip>ti:p (rus.), til 
(o‘zb.) – tir>ti:r (rus.) kabi. 
6.Rus tilidan o‘zlashtirilgan ko‘p bo‘²inli so‘zlarning ur²usiz ochiq 
bo‘²indagi "i" o‘zbekcha "i"dan torroq va cho‘ziqroq talaffuz etiladi. £iyos qiling: 
bilan (o‘zb.) – bilet (rus.), kinoya (o‘zb.) – kino (rus.) kabi. 
7.Rus tili orqali o‘zlashtirilgan so‘zlarning so‘nggi ochiq, ur²uli bo‘²inida "i" 
unlisi o‘zbekcha "i"dan tor va cho‘ziq talaffuz etiladi. £iyos qiling: maxsi(o‘zb.) – 
taksi(rus.), tepki(o‘zb.)- konki(rus.) kabi. Ur²uli bo‘²inning boshqa tiplarida (yopiq, 
to‘la yopiq bo‘²inlarda) ham ruscha "i" o‘zbekcha "i"dan cho‘ziqroq va torroq 
talaffuz qilinadi. £iyos qiling: metin (o‘zb.) -nikotin>nikoti:n (rus.), ovsin (o‘zb.) -
apelsin>apelsi:n (rus) kabi. 
8.Rus tilidan o‘zlashtirilgan bir bo‘²inli so‘zlarda "u" unlisi o‘zbek tilidagi 
"u"dan cho‘ziqroq va kuchliroq talaffuz etiladi. £iyos qiling: dud(o‘zb.) – 
dub>du:b(rus), pul(o‘zb.) – puls>pu:ls(rus.), tush(o‘zb.) – tush>tu:sh(rus.) kabi. 
9.Rus tilidan o‘zlashtirilgan ko‘p bo‘²inli so‘zlarning ur²uli bo‘²inida "u" 
unlisi o‘zbek tilidagi "u"dan ancha cho‘ziq va bir oz yo‘²onroq talaffuz etiladi. 
£iyos qiling: bu-da(o‘zb.) – budka (rus.), mangu (o‘zb.) - mangusta (rus.), mavzu 
(o‘zbeduza (rus.) kabi. 
10.Rus tilidan o‘zlashtirilgan ko‘p bo‘²inli so‘zlarning ur²usiz bo‘²inidagi 
"u" qisqa talaffuz qilinadi, ammo o‘zbek tilidagi "u" ayni shu fonetik pozitsiyada 
ruscha "u"dan ham qisqaroq bo‘ladi. £iyos qiling: dushman>d’shmen(o‘zb.)- 
turbina(rus.), muzday>m’zdey(o‘zb.)-muzey(rus) kabi. 
11.So‘z boshidagi berkitilmagan, ur²usiz bo‘²inda "u" unlisi ruscha so‘zlarda 
yo‘²onroq, o‘zbekcha so‘zlarda ingichkaroq (yumshoqroq) talaffuz etiladi. £iyos 
qiling: uklad(rus.) – uxlamoq (o‘zb.), uzual (rus.)-uzum (o‘zb.) kabi. 
12.Ruscha leksik o‘zlashmalarda "u" unlisi yumshoq undoshdan so‘ng o‘ta 
ingichka (old qator unli tarzida), qattiq undoshdan so‘ng esa yo‘²on (orqa qator 
unli tarzida) talaffuz qilinadi. Imloda ingichka "u" tovushi "yu" harfi bilan 
ifodalanadi. £iyos qiling: abajur va manikyur(manik’ÿr), ultimatum va kostyum 
(kast’ÿm), plug va salyut(sal’ÿt) kabi. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarda 
yumshoq undoshdan keyin kelgan "u" o‘zbekcha "u"dan ham ingichkaroq va 
yumshoqroq talaffuz etiladi. £iyos qiling: gul (o‘zb.)-tyul>t’ÿl (rus.) kabi. 
13.Ruscha leksik o‘zlashmalarning ur²usiz bo‘²inidagi "e" unlisi o‘zbekcha 
"e"dan ancha tor ("i"ga yaqin) talaffuz etiladi: telefon>tilifon., televizor>tiliviz’r, 
adres>adris kabi. 
14.Rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda "a" unlisi o‘zbekcha "a"dan yo‘²onroq 
talaffuz etiladi. £iyos qiling: kana(o‘zb.)-kanal (rus.) kabi.  


21 
15.Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlardagi o‘rta keng, lablangan "o" unlisi 
ur²uli bo‘²inda o‘zbek tilidagi o‘rta keng, lablangan "o‘"dan kengroq talaffuz 
etiladi. £iyos qiling: ton (rus.) -to‘n (o‘zb.), tok (rus.) -to‘q (o‘zb.), tort (rus.)-to‘rt 
(o‘zb.) kabi. Ur²usiz bo‘²inda esa ruscha "o" reduksiyaga uchrab, o‘ta 
kuchsizlanadi va "qisqa "i" yoki "a" tarzida talaffuz qilinadi: traktor>t’rakt’r
samolyot>samal’öt kabi. 
16.Jonli tilda "r" bilan boshlangan arabcha, forscha va ruscha so‘zlarning 
boshida bir "o‘" tovushining orttirilishi ancha keng tarqalgan: ro‘za>o‘raza, 
rus>o‘ris, ro‘mol>o‘ramol kabi. Adabiy talaffuz me’yori sifatida ro‘za, rus, ro‘mol 
shakllari saralangan. 
17.Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning oxirida lab-tish "v" undoshi 
jarangsiz "f" tarzida talaffuz qilinadi: aktiv>aktif, passiv>passif, ustav>ustaf, 
kursiv>kursif kabi; "v"ning jarangsizlanishi so‘z ichidagi assimilyativ holatda ham 
yuz beradi: avtomat>aftomat, stavka>stafka kabi. Bunday talaffuz adabiy til uchun 
me’yor sanaladi, ammo o‘zbek tilining o‘z so‘zlarida qo‘llanadigan lab-lab "v" 
undoshi so‘z oxirida ham, jarangsiz undosh ta’sirida ham "f" ga o‘tmaydi: ov, 
birov, ovqat, shavkat kabi. (Bu holat ham orfoepik me’yor sanaladi). 
18.Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning ko‘pchiligida urg‘u erkin bo‘ladi, 
bu hol o‘zbek adabiy tili va talaffuziga ham singib bormoqda: atlás, trolléybus, 
tramváy kabi. 
19.O‘zbek tilidagi urg‘u asosan so‘zning oxirgi bo‘²iniga tushadi, ammo ayrim 
o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u so‘zning oldingi bo‘²inlarida bo‘lishi ham mumkin: 
hámma, jámi, hamúsha, afsýs. 

Download 244.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling