1-amaliy mashg’ulot mavzu: Payvand birikmalar va payvand choklarning asosiy turlari, ularning chizmalarda belgilanishi. O’qituvchi: Ismoilov R


Download 1.97 Mb.
Sana19.02.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1215121
Bog'liq
1-AMALIY MASHG’ULOT Payvandlash

1-AMALIY MASHG’ULOT Mavzu: Payvand birikmalar va payvand choklarning asosiy turlari, ularning chizmalarda belgilanishi. O’qituvchi: Ismoilov R

Turli konstruksion material bo‘laklarini atomlararo tortishish kuchlari ta’sir etadigan darajada yaqinlashtirib, yaxlit qilib biriktirish protsessi payvandlash deyiladi. Payvand birikma - detallarni payvandlash natijasida hosil qilingan ajralmas birikma.Payvandlashda ishlatiladigan yoki payvandlashga yordam beradigan buyumlar payvandlash vositasi, payvandlash vannasi, elektrod payvandlash elektrodi deb, payvandlash natijasida hosil bo’lgan narsa esa payvand deb ataladi.

Payvand chok - payvandlash vannasi metalining kristallanishi natijasida hosil bo’lgan payvand birikmasining bir qismi. Payvand birikmalar uchma-uch, burchakli, tavrsimon, ustma-ust bo’lishi mumkin.

Uchma-uch birikma deb bir tekislikda yoki bir sirtda joylashgan detallarning birikmasiga aytiladi.Uchma-uch birikma payvand chokining shaklini chok eni e ning eritish chuqurligi h ga nisbati bilan baholanadi, uni chok shakli koeffisienti =e/h deb ataladi

Bir-biriga nisbatan burchak ostida joylashgan va ularning qirralari tegishib turgan joyda payvandlangan ikki detalning birikmasi burchakli birikma deb ataladi.

Bir detalning sirti boshqa detalning sirtiga burchak ostida tegib turadigan, uning toresi tutashtiriladigan sirtga qo’yilib, unga payvandlanadigan birikma tavrsimon birikma deyiladi (1.4-rasm).

Ustma-ust birikma deb, payvandlanadigan detalning qirralari parallel holda biri ikkinchisining ustida joylashgan va biri ikkinchisining qo’yilgan birikmaga aytiladi

Fazodagi shakliga qarab to’g’ri chiziqli, egri chiziqli (shakldor), doiraviy va halqasimon choklar bo’ladi. Vazifasiga qarab choklar ishchi choklarga, bog’lovchi choklarga va qo’shimcha choklarga bo’linadi. Uzunligi bo’yicha choklar uzluksiz va uzlukli bo’lishi mumkin.Ikki tomonlama uzlukli choklar zanjir choklar deb ataladi, bunda payvandlangan uchastkalar har ikki tomondan bir-biriga qarama-qarshi joylashadi.

Payvandlashda fazodagi vaziyatga qarab pastki, yarim vertikal, vertikal, yarim ship,ship choklarga, shuningdek, vertikal tekislikdagi gorizontal choklarga va ‘’qayiqcha’’ (в лодочку) deb ataladigan burchak choklarga bo’linadi. Fazoda joylashishga qarab choklar quyidagicha belgilanadi:’’в лодочку”, ko’rinishida pastki vaziyatda, Гр-gorizontal vaziyatda, Bp-vertikal, ППт-yarim ship, Пт-ship choklar(1.11-rasm).

Chokning harfiy-raqamli belgisi birikma turini va uning standart bo’yicha tartib raqamini bildiradi. Masalan, C8-uchma-uch, Ю4-burchakli, T3-tavrsimon, H2-ustma-ust birikmalarning choklari.

Agar buyumda payvandlashning bir nechta usullari qo’llansa payvandlash belgisining harfiy belgilari quyidagilarni bildiradi: Ф-flyus ostida yoy bilan payvandlash, У-karbonat angidrid muhitida payvandlash, И-inert gaz muhitida payvandlash, Ш-elektr-shlak usulida payvandlash, K-kontaktli payvandlash. Payvandlash jarayoning mexanizasiyalashtirish darajasi payvandlash usulining belgisi harflar bilan ko’rsatiladi: P-qo’lda payvandlash, A-avtomatlashtirilgan payvandlash, П-mexanizasiyalashtirilgan (yarim avtomatik payvandlash).


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling