1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Raqamli signal va E1 oqimni shakllanishini o‘rganish Ishdan maqsad: osi modelining ishlash jarayonini o’rganish orqali tarmoqlardagi jarayonlarni tahlil qilish Nazariy qism
Download 0.51 Mb.
|
MAT amaliy 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seans pog‘onasi
Transport pog‘onasi (Transport Layer). Transport pog‘onasining asosiy vazifasi paketlarni xatosiz, dastlabki ketma-ketlikda, yo‘qotishlarsiz va ikkilanishlarsiz kafolat bilan etkazib berishdir. Ushbu pog‘onada ma’lumotlar qayta taxlanadi: uzunlari bir necha paketlarga ajratiladi, qisqa paketlar esa birlashtiriladi. SHu orqali tarmoqdan paketlarni yuborish samaradorligi oshiriladi. Transport pog‘onasida qabul qiluvchi tomonidan ma’lumotlari qabul qilinganlik haqida tasdiq signali yuboriladi.
Transport pog‘onasi oqimni boshqaradi, xatolarni tekshiradi va paketlarni yuborish va qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal qilishda ishtirok etadi. Tranport pog‘onasi xizmat sinfini tanlash, bir tomondan, transport pog‘onasidan yuqori pog‘onadagi qo‘llanish dasturlar va protokollari tomondan ishonchlilikni ta’minlash, ikkinchi tomondan esa, quyi joylashgan tarmoq, kanal va fizik pog‘onalarining ma’lumotlarini tarmoqqa uzatish tizimi qanchalik ishonchli ekanligiga bog‘liq. Qoidaga binoan, transport pog‘onasidan boshlab yuqoridagi barcha protokollar, tarmoqdagi oxirgi tugunlarning dasturiy vositalari – ularning tarmoq operatsion tizimlarining komponentlari tomonidan amalga oshiriladi. Transport protokollariga: TCP/IP stekining TCP va UDP protokollari misol bo‘la oladi. Seans pog‘onasi (Session Layer) xar xil kompyuterlardagi ikki qo‘llanish dasturlari orasida seans deb ataluvchi bog‘lanishni o‘rnatish, foydalanish va yakunlash imkonini beradi. Ushbu pog‘onada tarmoqdagi ikki qo‘llanish dasturlar aloqasi uchun zarur bo‘lgan nomlarni tanib olish va himoya vazifalari bajariladi, o‘zaro bog‘lanish jarayonlar o‘rtasida dialogni boshqarishni ta’minlaydi, ya’ni tomonlardan qaysi biri qachon va qancha vaqt uzatish bajarishini boshqaradi. Seans pog‘onasi ma’lumotlar oqimida nazorat nuqtalarini (checkpoints) joylashtirish orqali foydalanuvchilar vazifalari o‘rtasidagi sinxronizatsiyani ta’minlaydi. SHunday qilib, tarmoq xatosi yuzaga kelganda faqatgina nazorat nuqtasidan keyin kelayotgan ma’lumotlarni qaytadan uzatish talab etiladi, xolos. Amaliyotda kamdan-kam qo‘llanish dasturlari seans pog‘onasidan foydalanadi va garchi ko‘pincha ushbu pog‘ona vazifalari qo‘llanish pog‘onasi vazifalari bilan birlashtirilsa va bir protokolda yo‘lga qo‘yilsa-da, u alohida protokollar ko‘rinishida kam qo‘llanadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling