1-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Raqamli signal va E1 oqimni shakllanishini o‘rganish Ishdan maqsad: osi modelining ishlash jarayonini o’rganish orqali tarmoqlardagi jarayonlarni tahlil qilish Nazariy qism


Download 0.51 Mb.
bet6/7
Sana01.03.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1242167
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAT amaliy 1

Taqdimot pog‘onasi (Presentation Layer) tarmoq kompyuterlari o‘rtasida ma’lumotlar almashuvi shaklini belgilaydi. qo‘llanish pog‘onasidan kelib tushgan ma’lumotlar yuboruvchi-kompyuterda umumlashtirilib oraliq shaklga o‘tkaziladi. qabul qiluvchi-kompyuterda oraliq shakldan ushbu kompyuterning qo‘llanish pog‘onasida ishlatiladigan shaklga aylantirish bajariladi, ya’ni takdimot pog‘onasi tarmoqda uzatilayotgan axborotning tarkibini o‘zgartirmagan holda uni kasb etish shakli bilan ishlaydi. Bu orqali bir tizimning qo‘llanish pog‘onasi tomonidan uzatilayotgan axborot boshqa tizimning qo‘llanish pog‘onasiga doim tushunarli bo‘ladi.
Taqdimot pog‘onasi protokollarni qayta o‘zgartirish, ma’lumotlar translyasiyasi, qo‘llanilayotgan simvollar to‘plami (kodlar jadvali)ni almashtirish kabilarga javob beradi. Taqdimot pog‘onasi, bundan tashqari, uzatiladigan bitlarni kamaytirish uchun ma’lumotlarni zichlashni boshqaradi.
Qo‘llanish pog‘onasi (Application Layer) – modelning eng yuqori pog‘onasi bo‘lib, qo‘llanish jarayonlarining tarmoq xizmatlariga kirish uchun imkon yaratadi. Bu pog‘ona amalda turli xil protokollar to‘plami bo‘lib, ular yordamida tarmoq foydalanuvchilari printerlar yoki gipermatnlar kabi resurslarga ruxsat oladilar, shuningdek elektron pochta protokollari yordamida birgalikda ishlashini tashkil etadilar. qo‘llanish pog‘onasi faoliyatidagi ma’lumotlar birligi odatda ma’lumot (message) deb ataladi.
qo‘llanish pog‘onasi xizmatlari turlicha bo‘lib, misol tariqasida keng tarqalgan FTP, WWW xizmatlarini ko‘rish mumkin.
OSI modeli asosiga qo‘yilgan g‘oyalar keng tarzda xalqaro tan olingan. Dunyo miqyosida ma’lumot uzatish tizimlari va tarmoqlari faoliyati, umuman, ushbu modelga asoslanganligini inobatga olib, ulardagi jarayonlarni funksional ravishda ochiq tizimlar o‘zaro bog‘lanish modeli asosida olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Talabaning vazifasi: Yuqorida keltirilgan nazariy ma’lumotlar asosida quyida keltiriladigan savollarga javob berish.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling