1-amaliy mashg’ulot. Mavzu: tcp kliyent tarmoq dasturini amaliy o‘rganish. Ishning maqsadi


Download 1.94 Mb.
bet10/14
Sana07.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1172646
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Amaliyot ishlari

5-AMALIY MASHG’ULOT.
Mavzu: Multicast soket asosidagi dasturni amaliy o‘rganish
Ishning maqsadi:
Java dasturlash tili java.net.* va java.io.* paketlari klasslaridan foydalanib Multicast soket asosidagi dasturni yaratish.
Topshiriq:
Talaba amaliy mashg’ulot uchun shaxsiy topshiriq oladi. Bu topshiriq bo‘yicha talaba Multicast soket asosidagi dasturni yaratadi. Har bir talaba uchun shaxsiy topshiriq 5.3-jadvalda berilgan.
Nazariy qism:
UDP protokoli asosida klient-server dasturini yaratish
Java UDP datagramma va TCP/IP soketlaridan foydalangan holda tarmoq ilovalarini ishlab chiqish imkonini beradi. UDP soketlari ilovalarning tarmoq orqali o‘zaro ishlashi uchun UDP protokolidan foydalanadi. UDP ulanish o‘rnatish zaruriyatisiz tez va ishonchsiz protokoldir. java.net paketi Java ilovasida UDP soketidan foydalanish imkonini beruvchi quyidagi ikki klassni o‘z ichiga oladi:

  • DatagramPacket klassi

  • DatagramSocket klassi

DatagramPacket va DatagramSocket klasslari.
DatagramPacket ob’ekti tarmoq orqali uzatiladigan yoki qabul qilinadigan datagramma paketlaridan iborat bo‘lgan ma’lumotlar konteyneridir. Quyidagi konstruktorlar DatagramPacket ob’ektlarini initsializatsiya qilish uchun ishlatiladi:

  • public DatagramPacket(byte[] buffer, int buffer_length): ma’lumotlarni byte massivida qabul qiladigan va saqlaydigan DatagramPacket ob’ektini yaratadi. Byte massivining bufer uzunligi buffer_length ikkinchi parametri tomonidan beriladi.

  • public DatagramPacket(byte[] buffer, int buffer_length, InetAddress address, int port): berilgan uzunlikdagi ma’lumotlar paketlarini uzatuvchi DatagramPacket ob’ektini yaratadi. Ma’lumotlar paketlari kompyuterga IP-adres va parametr sifatida beriladigan port nomeri bilan uzatiladi.

DatagramPacket klassida aniqlangan metodlardan DatagramPacket klassi ob’ekti initsializatsiya qilinganidan keyin foydalanilishi mumkin. 5.1-jadvalda DatagramPacket klassi metodlari keltirilgan.
6.1-jadval DatagramPacket klassi metodlari

Metod

Ta’rif

public InetAddress getAddress ()

Datagramma paketi uzatiladigan yoki datagramma paketi qabul qilinadigan kompyuter IP-adresini o‘z ichiga oluvchi InetAddress ob’ektini qaytaradi

public byte [] getData ()

Ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan byte bufer massivini qaytaradi

public int getLength ()

Ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan bufer massivining uzunligini qaytaradi

public int getPort ()

Datagramma paketi uzatiladigan yoki qabul qilinadigan kompyuter port nomerini qaytaradi

public void setAddress (InetAddress address)

Datagramma paketi uzatilishi kerak bo‘lgan mashinaning IP-adresini o‘rnatadi

public void setPort (int port)

Byte massivini paket uchun ma’lumotlar sifatida o‘rnatadi

public void setLength (intlength)

Masofadagi xostda port nomerini o‘rnatadi

DatagramSocket klassi DatagramPacket ob’ektlarini boqsharish uchun funksionallikni o‘z ichiga oladi. DatagramPacket ob’ektlari DatagramSocket dan foydalangan holda saqlangan ma’lumotlarni uzatadi va qabul qiladi. Quyidagi konstruktorlar DatagramSocket ob’ektini initsializatsiya qilish uchun ishlatiladi:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling