1-amaliy mashg’ulot. Mavzu: tcp kliyent tarmoq dasturini amaliy o‘rganish. Ishning maqsadi


Download 1.94 Mb.
bet12/14
Sana07.02.2023
Hajmi1.94 Mb.
#1172646
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Amaliyot ishlari

Nazorat savollari

  1. UDP protokoli.

  2. IP tushunchasi.

  3. Port tushunchasi.

  4. Soket tushunchasi.

  5. Eclipse IDE muhiti.

  6. NetBeans IDE muhiti.

  7. java.net.* paketi.

  8. java.io.* paketi 9. DatagramSocket klassi. 10. DatagramPacket klassi.

Adabiyotlar

  1. Computer networking : a top-down approach / James F. Kurose, Keith W. Ross.—6th ed. 2013. by Pearson Education, Inc., publishing as Addison-Wesley.

  2. TCP/IP protocol suite / Behrouz A. Forouzan.—4th ed. Published by McGrawHill, a business unit of The McGraw-Hill Companies, Inc., 1221 Avenue of the Americas, New York, NY 10020. Copyright © 2010

  3. Java Network Programming, Fourth Edition by Elliotte Rusty Harold. 2014. Published by O’Reilly Media, Inc., 1005 Gravenstein Highway North, Sebastopol.

6-AMALIY MASHG’ULOT.
Mavzu: Fayllarni ko‘chirishni dasturlashni amaliy o‘rganish
Ishning maqsadi:
Java dasturlash tili java.net.* va java.io.* paketlari klasslaridan foydalanib TCP klient-server tarmoq dasturini yaratish.
Topshiriq:
Talaba amaliy mashg’ulot uchun shaxsiy topshiriq oladi. Bu topshiriq bo‘yicha talaba TCP klient-server tarmoq dasturini yaratadi. Har bir talaba uchun shaxsiy topshiriq 6.2-jadvalda berilgan.
Nazariy qism:
TCP ishonchli ma’lumot almashinishni ta’minlaydi. TCP ilovalar sathining
HTTP, FTP, SMTP, Telnet va boshqa protokollari uchun qo‘llaniladi.
TCP xabarni uzatishdan oldin ulanish hosil qilinishini talab qiladi. Server ilovasi ma’lum port raqamiga ulanishni ta’minlash uchun “passiv ochish” (Passive Open) ni amalga oshirishi kerak. Bunda server kiruvchi so‘rovlarni kutish rejimiga o‘tadi. Klient ilovasi server ilovasiga ulanishni identifikatsiyalaydigan, sinxronizatsiyalovchi tartib raqami (SYN) ni yuborib “aktiv ochish” (active open) ni amalga oshirishi kerak. Klient ilovasi lokal port sifatida dinamik port raqamidan foydalanishi mumkin. Server o‘zining SYN tartib raqami bilan birga klientga tasdiq (ASK)ni yuborishi kerak. Keyin klient ASK javobini beradi va ulanish hosil bo‘ladi.
Yuqoridagi jarayonlar amalga oshirilgandan keyin xabarlarni uzatish va qabul qilish jarayonini boshlash mumkin. Xabar qabul qilinganda javob tariqasida ASK uzatiladi. Uzatuvchi ASKni qabul qilgunigacha taym-aut (kutish vaqtining tugashi) sodir bo‘lsa, xabar qayta jo‘natilishi uchun navbatga qo‘yiladi. TCP sarlavhasining maydonlari 6.1-jadvalda keltirilgan.
6.1-jadval TCP sarlavhasi maydonlari

Maydon

Hajm

Izoh

Uzatuvchi porti

2 bayt

Uzatuvchi portininig raqami.

Qabul qiluvchi porti

2 bayt

Qabul qiluvchi porting raqami.

Ketma-ketlik raqami

4 bayt

Uzatuvchi tomonidan gerneratsiyalanadi, qabul qilish qismida xabarni qayta tiklash
(tartiblash) va tasdiq yuborish uchun foydalaniladi.

Tasdiq raqami

4 bayt

Keyingi kutilgan ketma-ketlik raqami

Ma’lumotlarning
siljishi

4 bit

Paketning boshi to‘g‘risidagi ma’lumot

Zahira

6 bit

Kelajakda foydalanish uchun zahiraga olinadi

Boshqarish

6 bit

Boshqarish bitlari tasdiq (ASK) maydoni







to‘gri yoki noto‘g‘riligi, zarurlik
ko‘rsatkichi (URG)ni, ulanishni uzish kerakligi, sinxronizatsiyalovchi ketma-
ketlik raqami (SYN) uzatilganligi bo‘yicha bayroqlarni o‘z ichiga oladi.

Oyna o‘lchami

2 bayt

Qabul qilish buferining hajmi ko‘rsatiladi.
Qabul qiluvchi rasdiq xabarlarini qo‘llab uzatuvchini o‘zi qabul qila oladigan
ma’lumotlarning maksimal hajmidan xabardor qilishi mumkin.

Nazorat summasi

2 bayt

Sarlavha va ma’lumotlarning nazorat summasi, u bo‘yicha paket
zararlanganligini aniqlash mumkin.

Zarurlik ko‘rsatkichi

2 bayt

Ma’lumotlarning zarurligi to‘g‘risidagi ma’lumot

Yordamchi

o‘zgaruvchan

Faqat zarur hollarda o‘rnatiladigan muhim bo‘lmagan qiymatlar

Qo‘shimcha

o‘zgaruvchan

O‘zgaruvchan miqdordagi nollarni o‘z ichiga oladi, sarlavha 32 bitli chegarada tugashini ta’minlaydi.


Download 1.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling