1-amaliy mashg`ulot mavzu: Urugʼlik paxtani qabul qilish, joylash va saqlashga qoʼyiladigan talablar. Ishdan maqsad
Download 23.58 Kb.
|
UCHTT 1-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarilish tartibi
- Ishni bajarish uchun kerakli jihozlar: O’z DST talablari. Me`yoriy hujjatlar Asosiy ma`lumot
- , toʼgʼri va oʼz vaqtida hisob-kitob
1-AMALIY MASHG`ULOT Mavzu: Urugʼlik paxtani qabul qilish, joylash va saqlashga qoʼyiladigan talablar. Ishdan maqsad: Paxtani qabul qilish, gʼaramlash, saqlash va paxta tozalash korxonalariga joʼnatishda paxta tayyorlash maskanlari bajaradigan talablarni o`rganish. Ishni bajarilish tartibi Paxtani qabul qilish, gʼaramlash, saqlash va paxta tozalash korxonalariga joʼnatishda paxta tayyorlash maskanlariga qo`yilgan talablar bilan tanishib chiqish. Me`yoriy hujjatlar bilan tanishib chiqish. Ishni bajarish uchun kerakli jihozlar: O’z DST talablari. Me`yoriy hujjatlar Asosiy ma`lumot Tayyorlov punktlarida urugʼlik paxta urugʼ tayyorlash rejasiga va paxta maydonlaridagi aprobatsiya natijalariga muvofiq qabul qilinadi. Qabul qilishda nakladnoy yozuvlar va ularning aprobatsiya dalolatnomasiga muvofiqligi tekshiriladi. Urugʼlik paxta konditsion massasi boʼyicha qabul qilinadi va qabul qilib olish, jamlash O`z DSt 642:2013 Urugʼlik paxta. Texnikaviy shartlar va O`z DSt 615:2008 Paxta. Texnikaviy shartlar davlat standartlari asosida amalga oshiriladi. Paxtani qabul qilish, gʼaramlash, saqlash va paxta tozalash korxonalariga joʼnatishda paxta tayyorlash maskanlari (paxta tozalash korxonalari) quyidagi talablarni bajarishlari kerak: -paxta ekiladigan fermerlar, xoʼjaliklar bilan har yili hosilni davlatga sotish uchun kontraktatsion shartnoma tuzishi va uning bajarilishini tekshirish; -qoʼlda va mashinada terilgan paxtaning sifatini qanday qilib saqlash va navlarga toʼgʼri ajratish haqida tushuntirish oʼtkazish; -paxtani qabul qilishda davlat standartida belgilangan qoida va meʼyorlarga qatʼiy rioya qilish; -quritish-tozalash boʼlimining toʼxtovsiz va unumli ishlashini taʼminlash; -qabul qilingan paxta uchun, toʼgʼri va oʼz vaqtida hisob-kitob qilish; -qabul qilingan paxtani selektsion va sanoat navlari boʼyicha uning terim turiga qarab alohida toʼdaga ajratish, urugʼlik paxta reproduktsiya boʼyicha alohida partiyalarga ajratish; -saqlanayotgan paxtaning sifatini oʼz vaqtida nazorat qilish va korxona rejasiga muvofiq yuklab joʼnatib turish; -paxtani saqlash, quritish, tozalash va korxonaga joʼnatish vaqtlarida uning sifatini buzmaslik va isrof boʼlishiga yoʼl qoʼymaslik; -paxta tayyorlash maskanida saqlanayotgan paxtaning hisobini toʼgʼri olib borish; -paxtani qabul qilish, saqlash, quritish va tozalash hamda korxonaga yetkazib berish uchun sarflangan xarajatlarni kamaytirish choralarini koʼrish; -yongʼindan saqlash va xavfsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq tadbirlarni koʼrish; -paxtani tayyorlash maskanlarida ishlatiladigan hamma mexanizmlardan toʼliq unumli foydalanish va ishlatiladigan har bir xoʼjalik, ehtiyot qismlarini tejab-tergab sarflash choralarini koʼrish; -paxta korxonasidan keltirilgan urugʼlik chigitni saqlash va oʼz vaqtida xoʼjaliklarga, fermerlarga qoidaga muvofiq tarqatish. Paxta tayyorlash maskanlarida paxta Oʼzbekiston Respublikasi standartlari “Paxta. Texnik shartlar”, “Urugʼlik paxta. Texnik shartlar” va “Paxtani yigʼib terib olish va tayyorlash boʼyicha yoʼriqnoma”ga qatʼiy amal qilgan holda topshiruvchi-xoʼjaliklar boʼyicha selektsiya va sanoat navlari hamda sinflariga koʼra alohida alohida qabul qilinib gʼaramlanadi va saqlanadi. Urugʼlik paxta alohida qabul qilinadi va maxsus toʼdalarga jamlanadi. Urugʼlik paxtani qabul qilib olish va uni toʼdalarga toʼplash tayyorlov punkti va paxta tozalash korxonasi tomonidan paxta tayyorlash rejasi hamda paxta maydonlarida oʼtkazilgan aprobatsiyaga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. 1-sinf urugʼlik paxtaning ifloslik va mexanik shikastlanganlik meʼyorlari oshib ketsa, u 2- sinfga oʼtkaziladi, 2-sinf meʼyorlaridan oshib ketsa, urugʼlik paxta urugʼlik fondidan oʼchiriladi va bu toʼda Oz DSt 615:2008 Paxta. Texnikaviy shartlar boʼyicha qabul qilinadi (texnik paxtaga oʼtkaziladi). Quyidagi meʼyoriy xujjatlar asosida sifat koʼrsatkichlar nazorat qilinadi: - qabul qilish vaqtida Oz DSt 643:2006 namuna tanlab olish usullari; - jamlash va tashish vaqtida Oz DSt 1080:2005 namuna tanlab olish; - namlikni aniqlash Oz DSt 644:2006 boʼyicha; - ifloslikni aniqlash Oz DSt 592:2008 boʼyicha; - tashqi koʼrinishini va rangini aniqlash Oz DSt 593:2008 boʼyicha; - paxtadagi tolaning shiradorligini aniqlash Oz DSt 2861:2014 Paxta va paxta tolasi. Shiradorligini baholash metodikalari; - paxtadagi chigitning mexanik shikastlanganligini aniqlash GOST 21820.3-76 boʼyicha. Urugʼlik paxtaning namligi oshib ketsa belgilangan tartibda paxtaning xarid narxidan chegirma qilinadi. Urugʼlik paxtani tayyorlashda xom terilgan va kasallikka uchragan paxtani qabul qilishga yoʼl qoʼyilmaydi. Urugʼlik paxtani qabul qilib olishda qabul qiluvchi 1-SX (paxta) shakl nakladnoyidagi yozuvlarning toʼgʼriligini va ularning №2 shakl aprobatsiya dalolatnomasiga toʼgʼri kelish-kelmasligini tekshirib chiqadi. Nakladnoyi boʼlmagan yoki undagi yozuvlar aprobatsiya dalolatnomasiga toʼgʼri kelmasa, urugʼlik paxta aprobatsiya oʼtkazgan agronom tomonidan uning sifati va tavsifi aniqlanmagunicha qabul qilib olinmaydi. Xoʼjaliklardan qabul qilib olingan urugʼlik paxta 250-300 t dan qilib, quyidagi belgilariga boʼyicha alohida-alohida toʼdalarga toʼplanadi: selektsion navi, avlodi, nav tozaligi, dala guruhi, sanoat navi, kelib chiqishi, sinfi. Urugʼchilik fermer xoʼjaligida ekinlarni joylashtirish rejasiga muvofiq ravishda rayonlashtirilgan faqat bitta selektsion navi ekiladi. Bir xil urugʼlik material olish uchun sentyabr oyida terilgan urugʼlik paxta toʼdasi oktyabr oyida terilganidan alohida toʼplanadi. Download 23.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling