1. Amaliy mashg`ulot mavzusi: Amaliy mashg‘ulotning ishlanmasini tayyorlash. Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish
Download 198.55 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Amaliy mashg`ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Seminar mashgulotlarini tashkil etish Ishning maqsadi: Seminar mashgulotlarini tashkil etish
Topshiriqlar: Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi texnologiyasi asosida
mavzuni yoriting. Chalkashrirish texnologiyasidan namuna ko`rsatilgan. Poyezd,Tiko ,samolyot, vertolyot, tralleybus,motosikl, raketa,tramvay, paroxod, avtobus, traktor,yuk tashish mashinasi, kema,qayiq. Seminar mashg'ulotlarini tashkil etish Ishning maqsadi: Seminar mashg'ulotlarini tashkil etish mavzusini o`rganish . Seminar mashg'ulotlarini quyidagicha tashkil etish mumkm: avvalo o‘qituvchi seminarning vazifasi va uni o'tkazish tartibini belgilaydi. So'ngra nutq so‘zlash uchun o'quvchilarga so‘z beradi. Shundan keyin ishtirok etuvchilar nutq so‘zlaganlarga savollar beradi, ular javob qaytarishadi. Keyin boshqa o‘quvchilar nutq mazmuniga xaratkeristika berib, uni to‘ldiradilar (yutuq va kamchiliklar ko'rsatiladi). O'qituvchi seminarni yakunlar ekan, asosiy nutqni baholaydi, uning mazmuni, lfoda formasi ko'rgazmali qurollar (jadvallar, rasmlar, fotosuratlar va boshqalar) dan foydalanish darajasuga xarakteristika beradi, shuningdek, boshqa o‘quvchilarning nutqlari to'g'risida ham fikr mulohazasini aytadi. Mashg‘ulot so'ngida qo‘yilgan vazifa qanday bajarilganligini aytib o‘tish va navbatdagi seminarga tayyorlanish uchun tavsiyalar berish muhim. Ma’ruza mavzu bo'yicha qilinadigan suhbat, seminar bo'lib, bu o'qituvchi rahbariigida o'tkaziladigan amaliy mashg'ulot o'quvchilarda mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat ko`rsatish, darslik bilan mustaqil ishlash, ljodiy fikrlash qobiliyatining rivoj topishiga yordam beradigan darajada bo'lishi lozim. Semmarlarni tashkil etishdan ko'zlangan maqsad o'quvchilarning mustaqil ishlarrni yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasidan keng va chuqur ma’lumot bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda shu asosda kelajak faoliyatlarida zarur adabiyotlardan foydalana olish ko'nikma va malakalariga ega qilishdan lboratdir. Seminar mashg'uloti o'quvchilar tomonidan u yoki bu mavzu bo'yicha ma’ruzalar tayyorlash hamda uni sinf o‘quvchilari bilan muhokama qilish yo‘li bilan olib boriladi. Seminarlarga 2-3 hafta tayyorgarlik ko'riladi. O‘quvchilar adabiyotlarni o'rganadilar, material yig'adilar, turli kuzatishlar o'tkazadilar, o‘z axborotlari yuzasidan tezislar tuzadilar. Seminar mashg'uloti o'qituvchi rahharligida o'tkaziladi. U o'quvchilar ishini yo'naltirib turadi, mavzuga oid savollari yuzasidan tashkil etilgan muhokamani yakunlaydi. Zarur qo'shimcha mulohazalar bildiradi, materialni muayyan tizimga soladi. Ma’ruza qilgan, muhokamada qatnashgan o'quvchilar faoliyati baholanib boriladi. Seminar mashg'uloti o'quvchilar e’tiborini darsga jalb etish, ularning qiziqishini orttirish, ularni mustaqil ishlashga, fikrlashga o'rgatish, darsni faollashtirish hamda o'quvchilar aqliy qobiliyatlarini o'stirishda muhim o'rin tutadi. Download 198.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling