1-amaliy mashg‘ulot mavzusi: O‘zbek tili tarixini davrlashtirish xususida
O‘zbek tilining ilk davri va eski o‘zbek tili
Download 368.61 Kb. Pdf ko'rish
|
1 amal til tarixi (a)
O‘zbek tilining ilk davri va eski o‘zbek tili.
X asr qarluq qabilalarining ittifoqi ancha kuchaydi va ular o‘zlarining qoraxoniylar davlatini barpo еtadilar. Ularning markazi shakllandi. Albatta, bu protsess XI asrdagi qoraxoniylar davlatining mahalliylashtirish tendentsiyasini rivojlantirish bilan bog‘liq еdi. Ilk davr o‘zbek adabiy tili ikki xarakterda bo‘lgan: 1) kitobiy adabiy til. Unda arabcha, forscha va qadimgi turkiy formalar ustundir. Shuning uchun undagi ko‘pgina so‘z va formalar biz uchun tushunarli еmas. 2) xalq adabiy tili. Unda o‘sha davr xalq tiliga xos forma va elementlarni uchratamiz. Kitobiy adabiy til traditsiyasida diniy mistik va qisman didaktik asarlar yaratilgan. Bunday asarlar jumlasiga “Tafsir”, “Qissasul-anbiyo” va “O‘g‘uznoma” asarlarini kiritamiz. Fonetik jihatdan bu asarlar d-dialekti asosida yaratilgan. Keyingi davrda (XIV asr boshlarida) y-dialektiga o‘z o‘rnini bo‘shatib bergan. Xalq adabiy tili xalq jonli tiliga xos formalar asosida shakllandi. Unda xalq og‘zaki ijodiga tegishli bo‘lgan boy stilistik vositalar o‘z aksini topgan. Bunga M.Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asariga kirgan qo‘shiq, maqol va boshqa tipdagi tekstlar kiradi. Bu davrning manbalariga. M.Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” (XI asr), A.Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” (XII asr), Alining “Qissai Yusuf” (XIII asr), Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” va “Qissasul anbiyo” (XIV) Qutbning “Xisrav va Shirin” (XIV asr) hamda turli davlat yorliqlari, hujjatlari kiradi. Yuqorida keltirilgan davrlar o‘zaro ichki bog‘langan, biri ikkinchisi uchun tarixiy zamon tayyorlagan. Bu davrlar ijtimoiy- tarixiy nuqtayi-nazardangina еmas, balki o‘ziga xos lingvistik xususiyatlariga qarab ham farqlanadi. I davr tili uchun davrlashish hodisasi xarakterli bo‘lsa, keyingi davrlar uchun y - lashish xarakterlidir. Eski o‘zbek adabiy tilining dialektal asoslari borasida hozirgacha turli munozaralar mavjud. Shuni aytish kerakki, lingvistik adabiyotlarda eski o‘zbek tilining xususiyatlari haqida gap borganda buyuk Alisher -Navoiy asarlariga asoslaniladi, chunki Alisher Navoiy o‘zbek xalqining ulug‘ mutafakkiri, atoqli shoiri va ulkan tilshunosi bo‘lishi bilan birga eski o‘zbek adabiy tiliga asos solgan, uni shakllantirish va rivojlantirish ishiga hammadan ko‘ra ko‘p hissa qo‘shgan bir siymodir. Shuning uchun ham Eski o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va taraqqiy еtishi haqqoniy ravishda Alisher Navoiyning tabarruk nomi bilan bog‘liqdir. “Haqiqatdan ham Alisher Navoiyning tili butun bir davrning tilidir, butun bir xalqning adabiy tilidir” (X.Doniyorov. Alisher Navoiy tilining dialektal asoslarini o‘rganish masalasiga doir. A.N. va adabiy ta’sir masalasi. T, 1968.279). Ma’lumki, Alisher Navoiy har qancha ulug‘ siymo bo‘lishiga qaramay, u ham ma’lum bir xalqning vakili bo‘lgan va uning tili ko‘p shevalarni birlashtirganligi bilan birga, ma’lum shevaga ham tayangan, uning tilida o‘sha ma’lum sheva yoki shevalarning izi boshqalarinikiga qaraganda ko‘prok aks еtgan. Demak, еndi Alisher Navoiy tiliga asos bo‘lgan sheva qaysi sheva еdi degan masala kun tartibida ko‘ndalang bo‘ladi. Bu masala olimlar o‘rtasida tortishuvga sabab bo‘lmoqda. Bunga Zahriddin Muhammad Boburning Alisher Navoiy tili Andijon shevasiga mos kelsa-da, degan fikri asos bo‘lmoqda. Ma’lumki, Bobur har tomonlama bilimli, olim kishi bo‘lgan. U o‘zining «Boburnoma» degan mashhur asarida o‘sha davrdagi ijtimoiy-tuzum, siyosiy voqealar, adabiy hayot va boshqa ko‘pgina sohalarni ilmiy analiz qilib berish bilan birga, til sohasida ham ajoyib fikrlar aytgan. Bobur Andijon haqida gapirib Shunday deydi: “Eli turkdur. Shahri va bozorisida turkiy bilmas kishi yo‘qtur. Elining lafzu qalam bila rostdur. Ani uchun kim Mir Alisher Navoiyning muzannafoti, bovujudkim Hirida nash’u noma topibdur, bu til biladir” (1960. 60- bet). Boburning bu fikri haqida munozara boshlagan mashhur tarixchi V.V.Bartold “Mир Алишер и политическая жизни” degan asarida Boburning bu so‘zlarini o‘sha davrdagi madaniy shahar bo‘lgan Andijonda to‘g‘ri til, ya’ni adabiy tilga yaqin til bilan gapirishgan deb tushunmoq kerak, chunki Mir Alisher Andijonda bo‘lgan еmas, deb ko‘rsatadi. Alisher Navoiy hech qachon Andijonda bo‘lmagan. Boburning o‘z asarlari tili mazkur shevaga yaqin deb faraz qilsak, Navoiy va Bobur asarlari tili o‘rtasida ancha dialektal farqlar bor. Alisher Navoiy yaratgan asarlar tili g‘oyat murakkab va dialektal jihatdan rang-barang bo‘lib, uning hajmi va salmog‘i shu qadar zo‘r еdiki, uni bir dialekt, hatto butun bir lahja ramkasiga sig‘dirib bo‘lmaydi. Alisher Navoiy asarlari tilida hozirgi O‘zbekiston territoriyasiga hamda qo‘shni respublikalarga tarqalgan jonli o‘zbek shevalarining deyarli hammasining еlementlari mavjud. Hozirgi qozoq, tatar, uyg‘ur, turkman, ozarbayjon, usmonli turk kabi tillarga xos bo‘lgan leksik qatlam va grafik formalar XV asr o‘zbek adabiy tilida anchagina mikdorda uchraydi, lekin bunday xususiyatlarning ko‘pchiligi Andijon shevasida yo‘q. Boburning o‘z asarlarida ham bunday еlementlar kamdan-kam uchraydi. Navoiy asarlari tilida qadimgi uyg‘ur va qadimgi [turkiy] yozuv yodgorliklari (runik yozuvlari)ga xos bo‘lgan еlementlar ham mavjudki, uning tarixiy ildizini faqat bir yoki bir gruppa shevalardan axtarish kutilgan natijani bermaydi. Shuningdek, Alisher Navoiy asarlari tilida boshqa yozuv yodgorliklarida uchramaydigan yoki juda kam uchraidigan fammatik еlementlar borligi qayd qilingan, Andijon shevasida ham boshqa o‘zbek shevalarida ham ular ќanuzgacha qayd qilinmadi, boshqa turkiy tillarda ham uchramadi. Nihoyat, Navoiy asarlari tilida urug‘dosh bo‘lmagan tillardan olingan so‘zlar o‘sha davrdagi adabiy til leksik qatlamining anchagina protsentini tashkil qiladi, ayrim grafik formalar, masalan, arab va fors-tojik graffik еlementlari, jonli morfologik ko‘rsatkichlar sifatida mavjud. Andijon shevasida еsa bu qadar chet til еlementlarining bo‘lishi ehtimoldan juda uzoq. Tilshunos va navoiyshunoslarning bu masalaga aralashuvi bejiz emas, chunki: 1) Alisher Navoiyning tilini hech bo‘lmasa so‘nggi davrdagi Andijon shevasi bilan chog‘ishtirib o‘rganish imkoniyati yo‘q еdi, Buning sababi shundaki, arab alifbesidagi harflar sistemasi turkiy tillardagi tovushlar sistemasini to‘liq aks еttira olmaydi. Ayniqsa, arab alifbosidagi ќarflar turkiy tillardagi unlilarni aniq ko‘rsatib bo‘lmaydi. Ana shuning uchun ham Navoiyda til oldi е bilan, til orqa o, til oldi u bilan til orqa u tovushlari bir-biridan farq qilganligini aniqlash mushkul. Faqat «Muhokamatul-lug‘atayn» asarida Navoiyning o‘zbekcha unlilarning fors- tojikcha unlilar bilan chog‘ishtirib, fors tilidagi bitta va ikkita «vov» ( Download 368.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling