1-amaliy mashg‘ulot mavzusi: O‘zbek tili tarixini davrlashtirish xususida
yilgi tadqiqotlar doirasida G‘.Abduraxmonov, SH.SHukurov tasnifi
Download 368.61 Kb. Pdf ko'rish
|
1 amal til tarixi (a)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1977-yilgi tadqiqotlar doirasida Ergash Fozilov tasnifiga oid bo’lgan hukmni tanlang.
- O‘zbek tilining ilk davri va eski o‘zbek tili davriga tegishli savollarga yozma javob bering.
1973 yilgi tadqiqotlar doirasida G‘.Abduraxmonov, SH.SHukurov tasnifi
bo’yicha davrlashtirishni yozib chiqing: 1. Eng qadimiy turkiy til 2. Qadimgi turkiy til 3. Eski turkiy til 4. Eski o‘zbek adabiy tili 5. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tili 4-topshiriq. 1977-yilgi tadqiqotlar doirasida Ergash Fozilov tasnifiga oid bo’lgan hukmni tanlang. Hukm To’g‘ri Noto’g‘ri Turkiy tillar uchun mushtarak bo‘lgan obidalar - VI - X asrning birinchi choragi. Eski turkiy yodnomalar - VI - X asrlar (Qutadg‘u bilig», «Devonu lug‘otit turk», «Hibat ul- haqoyiq»). “Tafsir” asari Sayfi Saroyining qalamiga mansub. “Muhabbatnoma” XV-XIV asrlarga tegishli manbalardan biri. 5-topshiriq. O‘zbek tilining ilk davri va eski o‘zbek tili davriga tegishli savollarga yozma javob bering. 1. Qarluq qabilalarining ittifoqi davr?________________________________ ____________________________________________________________ 2. Ushbu davrda qaysi davlat yuzaga keldi?___________________________ _____________________________________________________________ 3. Ilk davr o‘zbek adabiy tili qanday xarakterga ega bo‘lgan? _______________ _____________________________________________________________ 4. Diniy-afsonaviy va qisman didaktik asarlarlarning yozilishida qaysi adabiy tilning ta’siri ko’proq seziladi?_____________________________________ _____________________________________________________________ 5. «Tafsir», «Qissasul-anbiyo» va «O‘g‘uznoma» asarlari qaysi adabiy til doirasida bitilgan?______________________________________________ _____________________________________________________________ 6. Arabcha, fors tili elementlari va qadimgi turkiy til birliklarining ustunligi qaysi adabiy til doirasida ko’riladi? _________________________________ _____________________________________________________________ 7. Fonetik jihatdan bu asarlar d-dialekti asosida yaratilgan. Aynan qaysi asar haqida gap ketmoqda?___________________________________________ _____________________________________________________________ 8. “d” yoki “y” lashish turkey tillar tarkibida qaysi biri boshlangan? _________ _____________________________________________________________ 9. “Qissas ul-anbiyo” asari kimga tegishli? ________________________ _____________________________________________________________ 10. Eski o‘zbek adabiy tiliga asos solgan, uni shakllantirish va rivojlantirish ishiga hammadan ko‘ra ko‘p hissa qo‘shgan bir siymo? ________________ _____________________________________________________________ _____________________________________________________________ 6-topshiriq. Ushbu fikr kimga tegishli. 1. “Haqiqatdan ham Alisher Navoiyning tili butun bir davrning tilidir, butun bir xalqning adabiy tilidir” _______________________________ 2. Navoiyning shevasi Andijon shevasiga mos kelishi haqidagi fikr kimga tegishli va qaysi asardan?________________________________________________ 3. “Eli turkdur. Shahri va bozorisida turkiy bilmas kishi yo‘qtur. Elining lafzu qalam bila rostdur. Ani uchun kim Mir Alisher Navoiyning muzannafoti, bovujudkim Hirida nash’u noma topibdur” , _____________________________________________ 4. Eski o’zbek adabiy tili davriga oid fikr “Andijonda to‘g‘ri til, ya’ni adabiy tilga yaqin til bilan gapirishgan deb tushunmoq kerak, chunki Mir Alisher Andijonda bormagan va Alisher Navoiy hech qachon Andijonda bo‘lmagan”. __________________________ 5. Uning asarlarida hozirgi O‘zbekiston territoriyasiga hamda qo‘shni respublikalarga tarqalgan jonli o‘zbek shevalarining deyarli hammasining еlementlari mavjud.Qaysi asr haqida gap ketmoqda? _____________________________________________ 6. XV asr o‘zbek adabiy tilida va Andijon shevasining farqlilik jihati nimada? _________ ___________________________________________________________ __________________________ anchagina miqdorda uchraydi, lekin bunday xususiyatlarning ko‘pchiligi Andijon shevasida yo‘q 7-topshiriq. 7-topshiriq. Nuqtalar o’rnini to’ldiring. 1. Hozirgi _________, _______, ______, _______, ________, _____________kabi tillarga xos bo‘lgan leksik qatlam va grafik formalar XV asr o‘zbek adabiy tilida anchagina miqdorda uchraydi, lekin bunday xususiyatlarning ko‘pchiligi Andijon shevasida yo‘q. 2. Navoiy asarlari tilida qadimgi _______ va ____________________________________ga xos bo‘lgan еlementlar ham mavjudki, uning tarixiy ildizini faqat bir yoki bir gruppa shevalardan axtarish kutilgan natijani bermaydi. 3. Alisher Navoiyning tilini hech bo‘lmasa so‘nggi davrdagi Andijon shevasi bilan chog‘ishtirib o‘rganish imkoniyati yo‘q еdi, Buning sababi _________ _______________________________________________ olmaydi. 4. Faqat __________________________ asarida Navoiyning o‘zbekcha unlilarning fors-tojikcha unlilar bilan chog‘ishtirib, fors tilidagi bitta va ikkita «vov» (ﻮ ), »yoy» (ﻯ ) ga nisbatan o‘zbek tilida 4 tadan tovush mos kelishi haqidagi fikri orqaligina yuqoridagi unlilarning til oldi va til orqa xususiyatlariga qarab farqlanganligini bilamiz. 5. Alisher Navoiy Samarqandda ikki yil еmas, balki 4-5 yil bo‘lgan. Samarqandning janub tomonlaridagina еmas, balki uning sharq tomonlarida, ya’ni Andijon tomonlarida ham bo‘lganligi еhtimol. O‘sha davrdagi shahar shevalari ichida Andijon shevasi adabiy tilga yaqin (qalam bila rost) shevalardan biri bo‘lgan va Samarkand shevasi еsa, o‘sha paytda temuriylar davlatining poytaxtlaridan birining shevasi va sharqiy shevalardan biri sifatida Hirot shevasiga nisbatan Andijon shevasiga ancha yaqin bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Shuningdek, o‘sha davrda Andijon va Samarqandning aloqalari ham ancha kuchli bo‘lgan. Alisher Navoiy Andijon shevasi bilan ham bolalik vaqtlaridanoq, o‘sha Hirotdayoq tanisha boshlagan bo‘lishi mumkin. Chunki Hirotga Avdijon tomondan juda ko‘p ustalar, navkarlar, kosiblar va boshqa toifalarning borganligi, ular ichida ayniqsa , andijonlik shoirlar va mashshoqlar yaxshi obro‘ga еga bo‘lgan. Demak, «qalam bila rost» sheva sifatida Andijon shevasi hali Alisher maktabga qatnab yurgan vaqtlaridayoq uning е’tiborini tortgan bo‘lishi mumkin. Ushbu fikr kimga tegishli_______________________________________________________ _____________________________________________________________ _____________________________________________________________ 6. Lekin keyinchalik mamlakatda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy еtnik o‘zgarishlar tufayli xususan, Alisher Navoiy vafotidan keyin tez vaqt ichida mamlakatning Dashti qipchoqdan kelgan o‘zbeklar qo‘liga o‘tish va ularning butun mamlakat bo‘ylab , boshqa o‘zbeklar bilan aralashib ketishlari natijasida), o‘sha vaqtda bir-biri bilan yaqin bo‘lgan shevalar asta-sekin boshqa shevalar bilan qo‘yilishi, murakkab interatsiya va differentsiatsiya holatlarini boshdan kechirishlari natijasida ularning har qaysisi har xil yangi xususiyatlar kasb еtgan. Ushbu fikrdagi differensiatsiya va integratsiya haqida ma’lumot bering. _____________________________________________________________ _____________________________________________________________ _____________________________________________________________ _____________________________________________________________ _____________________________________________________________ _____________________________________________________________ Adabiyotlar 1. Abdurahmonov G‘., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. - T.: O‘qituvchi, 1982. 2. Rahmonov N., Sodiqov Q. O`zbek tili tarixi. - T.: O`zbekiston faylasuflari milliy jamiyati , 2009. 3. Айдаров Г. Язык орхонских памятников древнетюркской письенности VIII века. Aлма-Ata, 1971. 4. U. Sanaqulov. O‘zbek adabiy tili tarixining ilk davrlari. Toshkent—2004 Download 368.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling