Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet1/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)


OʻZBEK TILIDA NUTQIY ODAT BIRLIKLARINING
LISONIY XUSUSIYATLARI
Mundarija :
KIRISH …………………………………………………………………………… 2
I BOB. Nutqiy odat birliklarining leksik-semantik xususiyatlari…………… 9
1.1. Nutqiy odat birliklari, xususan, undov soʻzlarning leksik-semantik tasnifi. 9
1.2. Nutqiy odat birligi - frazeologizmlarning lisoniy xususiyatlari…………… 25
Bob boʻyicha xulosalar…………………………………………………………. 33
II BOB . Nutqiy odat birliklarining sotsial-lingvistik xususiyatlari……… 35
2.1.Keksalar va tengdosh yoshlar muloqotida nutqiy odat birliklarining ishlatilishi………………………………………………………………………….. 35
2.2. Erkak va ayollarga xos noverbal nutqiy odat birliklari haqida……………. 44
Bob boʻyicha xulosalar…………………………………………………………. 59
III BOB. Nutqiy odat birliklarining paralingvistik yoʻnalishi………………. 60
3.1. Fonatsion vositalar………………………………………………………… 60
3.2. Kinetik vositalar……………………………………………………………. 66
Bob boʻyicha xulosalar………………………………………………………… 79
Umumiy xulosa………………………………………………………………… 82
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati…………………………………………… 84


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Bizga ma’lumki , bugungi kunda jamiyatning barcha sohalarida tub oʻzgarishlar , islohotlar amalga oshirilmoqda . Prezidentimiz Sh .M .Mirziyoyev rahbarligida ijtimoiy-siyosiy , huquqiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarga, ilm-fan tarmoqlariga zamonaviy yondashuv, ayniqsa, texnika va til sohalariga ham innovatsion yondashuv masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ona tiliga muhabbat, sadoqat, tilimiz sofligini saqlash, oʻzbek tili rivojiga munosib hissa qoʻshish maqsadida “Milliy dastur” ishlab chiqildi. Dasturning tub gʻoyasi, mohiyati tilimizni rivojlantirish, jahonda oʻzbek tili nufuzini oshirish, xalqimiz orasida nutq madaniyatini oshirish1ga qaratilgan.
Ma’lumki, insonning soʻzi uning mafkurasini belgilaydi. Inson oʻz nutqi orqali obyektiv olamga boʻlgan munosabatini ifoda etadi, shu bilan birga, milliy oʻzligini ham namoyish etadi, dunyoqarashi, ongi, shuuri, hissiyoti, idroki, bilimi, hayotiy tajribasi, imon-e’tiqodi, umuman, inson ijtimoiy faoliyatida namoyon boʻluvchi siyosiy-mafkuraviy, falsafiy, axloqiy, diniy va estetik qarashlari uning nutqida mujassam boʻladi. Inson ijtimoiy mavjudot sifatida hamisha jamiyat a’zolari bilan muomalada − munosabatda boʻladi, jamiyat bilan uygʻun hayot kechiradi. Uning butun faoliyatini oʻzida toʻla aks ettiradigan hodisa esa jonli soʻzlashuv nutqi sanaladi. Soʻzlashuv nutqi serqirra lingvistik hodisa sifatida lingvokulturologik, psixolingvistik, pragmalingvistik, etnolingvistik, sotsiolingvistik xususiyatlarni oʻzida mujassamlaydi. Bu nutq yozma nutqqa qaraganda ta’sirchanligi, hissiyotga boyligi, yangi soʻz qoʻllashlar mavjudligi bilan ajralib turadi. Unda soʻzlovchining barcha imkoniyatlari namoyon boʻladi. Soʻzlovchi oʻz nutqiga hissiyotini ham qoʻshib gapiradi, bunda turli imo-ishora, qoʻl harakatlaridan foydalanadi. Bu vositalar nutqda aytilmay qolishi mumkin boʻlgan soʻz va iboralarning oʻrnini toʻldiradi va bayon qilinayotgan fikrni yanada aniqlashtiradi. Soʻzlashuv nutqida toʻliqsiz gaplar ishlatiladi, chunki tushirilgan qism boshqa bir replikada yoki boshqa bir nutq vaziyatida ifodalanishi mumkin. Shuningdek, bu nutq ishtirokchilarining umumiy bilish fondiga oid boʻladi.
Oʻzbekiston aholisi oʻz mustaqil davlatini har jihatdan mustahkamlayotgan, yurtimizning qator xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalari tobora faollashib borayotgan bugungi kunda Respublika hududida yashayotgan va boshqa hududlarda yashab, oʻzbek tili va dilini bilishga qiziqqan barcha millat kishilari tilning ichki tomoni - fonetik leksik, grammatik xususiyatlarini oʻrganishlari bilan birgalikda, uning amaliy tomoni - til birliklaridan toʻgʻri foydalanish, oʻzbeklar bilan muloqotga kirishishning ijtimoiy va hududiy xususiyatlarini ham bilishlari muhim ahamiyatga ega.
Soʻzlashuv nutqi – oʻziga xos mustaqil, alohidalashgan nutqiy sistema2 boʻlib, soʻzlashuv nutqi uchun soʻzlarning dialogik shaklda boʻlishi, soʻzlarning koʻchma ma’noda qoʻllanilishi, soʻzlashuv uslubiga xos boʻlgan har xil takrorlar, intonatsion vositalar ( gumon, ishonch, piching, qat’iylik, hazil) ning koʻproq boʻlishi, soʻzlashuv uslubi uchun xos boʻlgan emotsional-ekspressivlikning mavjudligi, soʻzlashuv uslubiga xos situatsiya (vaziyatlik), yuzma-yuzlik, hazil-mutoyiba elementlarining koʻproq boʻlishi, haqorat, erkalov, kichrayturuv, oddiy muomalaga oid soʻzlarning koʻproq boʻlishidir3. Soʻzlashuv nutqiga xoslangan vaziyatboplik, erkinlik, norasmiylik, hozirjavoblilik, etikaviy, estetik vositalarini ta'minlovchi intonatsiya, pauza, mimika, imo-ishora kabi holatlar, koʻchma ma'no nozikliklari, frazeologik iboralarning koʻpligi, nutq jarayonida qisqa (chala) uslubga xos siqiqliklarni ta'minlovchi fonetik, leksik, morfologik, sintaktik hodisalar tilshunosligimizda bir qator tadqiqotlarda oʻrganilgan. Bugungi kunda lisoniy shaxs muammosi dolzarb masala boʻlib turgan vaziyatda soʻzlashuv nutqida nutqiy vaziyat, muloqot xulqining bu nutqda ifodalanishi, ma’no nozikliklari, soʻzlovchi va tinglovchi munosabati, nutqda baho munosabatinig aks etishi hamda tinglovchiga ta’siri, nutqiy muloqot bosqichlari masalalari ham keng qamrovda oʻrganilishi kerak boʻlgan dolzarb masalalardandir4.
Soʻzlashuv uslubida qoʻllaniladigan nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyat-larini oʻrganish ham juda dolzarb muammolardan hisoblanadi. Nutq madaniyati tilimiz imkoniyatlarini yuzaga chiqishiga zamin yaratadi. Milliy urf-odatlarimiz, qadriyat va an’analarimiz,orzu-umidlarimiz roʻyobi uchun nutqiy odat birliklari katta rol oʻynaydi. Masalan, birgina salomlashishni olaylik . Uning tarixiy ildizlari “Qur’oni karim’’ga, hadisi shariflarga borib taqaladi. Sahoba Ammor rivoyat qilishicha, salomlashish iymoni mukammallikning muhim belgisi ekanligini e’tirof etadi. Ya’ni tanigan va tanimaganlarga ham salom bermoqlik yaxshi xislatlardan, goʻzal xulqlardandir. Salomlashish suhbat odobida,til va muomala odobida, bobolar pand-oʻgitlarida juda koʻp murojaat qilinadigan mavzu sanaladi. Hattoki , ertak va afsonalarda ham “Gar saloming boʻlmasa, ikki yamlab, bir yutardim”, - degan jumlalarga duch kelamiz. Yoki kundalik hayotda deyarli barcha ishni, tongni ham salom bilan qarshi olamiz. Masalan, “Assalom, Oʻzbekiston!’’, “Tonggi salom’’ dasturi kabi.
Nutqiy odat birliklari tarixda va bugungi kunda faol qoʻllaniladigan birliklar sirasiga kiradi. Barakallo! Bale! Ofarin! Marhamat qilsinlar! Bu birliklar qadim xalq ogʻzaki ijodida, Hazrat Navoiy asarlarida, Mahmud Qoshgʻariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Rumiy, Najmiddin Kubro, Atoyi, Lutfiy, Imom Buxoriylarda koʻp uchraydi. Til odobining asosi sifatida e’tirof etiladi. Soʻzlashuv va badiiy uslubda qoʻllaniladi.
Nutqiy odat birliklari sirasiga kiruvchi undov soʻzlarni undovlarning alohida turi sifatida urf-odat undovlari deb ham yuritiladi, muomala-murojaat birliklari sifatida keltiriladi. Undovga aylanmagan hali leksemalik xususiyatini saqlagan bu birliklarni undov turkumiga kiritish oʻta shartli boʻlib,quyidagicha ma’nolarni bildirish uchun xizmat qiladi:
– koʻrishishni, xayrlashishni bildiradi: assalomu alaykum, assalom, salom, vaalaykum assalom, xayr kabi;
– tabrik, istak, minnatdorlik va unga javobni bildiradi: hormang bor boʻling, salomat boʻling, qutlugʻ boʻlsin qulluq, rahmat arzimaydi kabi;
– biror faoliyatni koʻtarinki ijobiy baholashni bildiradi: balli, barakallo, ofarin, yashang kabi5.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling