Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari
Download 0.56 Mb.
|
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)
- Erta saharlab chopganim bekorga emas.
- Men ham sezganman... Yuragim birqur seskanib ham oldi. - Nimaga, oʻrtoqjon? - Oʻzingiz bilgan sovchilar balosida... Qish ichi keti uzilmadi.” (Choʻlpon) Ushbu misolda kommunikantlar nutqida ularni teng ekanligi “oʻrtoqjon!” soʻzining lugʻaviy ma’nosidan, ayol kishi ekanligini gap sovchilar haqida borayotganligidan bilib olamiz. Demak, bunda nutqiy muloqot ishtirokchilari sotsial mavqelari jihatiga koʻra tobe emas. Ularning oʻzaro tengligi, ayol kishi ekanligi, simmetrik muloqotda erkin fikrlash imkoniyatini yaratadi. Simmetrik nutq tushunchasi ostida 2 xil holatni kuzatamiz. Birinchi holatda simmetrik nutqiy munosabatga kirishuvchi shaxslar simmetriyaning nazariyasiga koʻra, tenglik asosidagi “samimiylik” munosabatida boʻladilar. Bu holatga koʻra, ularning nutqida “teng huquqlilik”, “samimiylik” ottenkasi oʻz ifodasini topadi. Muloqotda salomlashuv va murojaat bir-birlariga juda yaqinligi va yuzma-yuz, masofali kommunikatsiya bilan bogʻliq holda oʻrinlarini almashtirib turishligini inobatga olgan holda ularni yonma-yon bir bosqich qatorida keltirsak boʻladi. Ya’ni yuzma-yuz muloqot, odatda, salomlashuvdan boshlansa, masofali (kommunikantlar bir-birlarini koʻrmay turgan paytda) muloqot, asosan, murojaatdan boshlanadi. Masalan, biror yumush bilan tanish yoki notanish joyga borgan kishi, eng avvalo, uy egasining ismini aytib chaqiradi, adresat koʻringandan keyingina unga salom beradi. Bir qarashda oddiygina koʻringan salomlashish muloqot jarayonida juda katta psixologik funksiya bajaradi. Jumladan: 1. Muloqotning toʻgʻri va real amalga oshishi uchun zamin yaratadi. 2. Adresatda adresantga nisbatan ijobiy fikr uygʻotadi. Shuning uchun ham boʻlsa kerak, dunyo tillarining deyarli barchasida salomlashishning muloqotda tutgan oʻrni haqida koʻplab maqola va kitoblar yozilgan. Jumladan, N.I.Formanovskaya shu mavzudagi kitoblaridan birini: “Siz “salom" dedingiz” (“Vi skazali: “Zdravstvuyte!”) deb nomlagan va bu kitobda salomlashishning kommunikatsiya jarayonida tutgan beqiyos oʻrni haqida asosli misollar keltirgan13. Vaziyat taqozosiga koʻra muloqot ba'zan salomlashishdan oldin, ba'zan salomlashishdan keyin adresatga qarata qilingan da'vat, chaqiriq bilan boshlanadi va bu “murojaat” deb ataladi. Ayrim adabiyotlarda murojaat, chaqirish, undash ottenkalarini qamrab oluvchi soʻzlarni “vokativ formadagi soʻzlar" deb berilgan. Murojaat shakllari muomala madaniyatini belgilovchi asosiy omillardan biri boʻlib, bu bilan adresant adresatga oʻz munasabatini ifoda etibgina qolmay, oʻzining madaniyat darajasi va umumiy saviyasini ham namoyish etadi. Murojaat muloqotda muhim ahamiyatga ega boʻlib, muloq otning qanday davom etishi koʻpincha shu birgina soʻz bilan bogʻliq boʻlib qoladi. Oʻzbek muloqotida murojaatning oʻrni beqiyos ekanligidan bu haqda ogʻizdan ogʻizga koʻchib yuradigan rivoyatlar ham toʻqilgan. Shunday rivoyatlardan birida aytilishicha, oʻtmishda tobora kambagʻallashib borayotgan bir dehqon yoʻl chetida oʻylanib oʻtirsa, faqirgina yoʻlovchi chiqib qolibdi. Shunda dehqon: - Ey donishmand, nima eksam, men boyib ketaman? - deb murojaat qilibdi. Yoʻlovchi unga piyoz ekishni maslahat beribdi. Notanish yoʻlovchining gapiga kirgan dehqon oʻsha yili chindan ham boyib ketibdi. Shodligidan bosar-tusarini bilmay qolgan dehqonga yana oʻsha odmigina yoʻlovchi uchraganida: - Ey gado, nima eksam, men yanada boyib ketaman? - deb ikkinchi marotaba murojaat qilibdi. Shunda u yana bir ekinning nomini aytib, yoʻlida davom etibdi. Keyingi yili dehqonning omadi chopmabdi, kambagʻallashib ketibdi. Bundan gʻazablangan dehqon haligi yoʻlovchini sabrsizlik bilan kuta boshlabdi. Nihoyat, u tanish yoʻlovchini uchratibdi va: - Ey, nodon yoʻlovchi, nega meni aldading? Sening gapingga kirib, yanada boyish oʻrniga butkul kambagʻallashib ketdim-ku! - deb gʻazab qilibdi. - Oʻzingni bos, - debdi yoʻlovchi. - Birinchi yili sen menga “donishmand’’ deb murojaat qilding. Men senga donishmandning javobini berdim. Natijada sen boyib ketding. Keyingi safar menga “gado” deb murojaat qilding va men gadoning javobini berdim, - degan ekan14. Koʻrinadiki, oʻzbek muloqot xulqida murojaatga alohida e'tibor beriladi. Faqat oʻzbek tilida emas, ayrim (masalan, ukrain, bolgar va boshqa slavyan) tillarida “chaqiruv kelishigi” deb ataladigan murojaatni shakllantiruvchi maxsus grafik vosita mavjud. Bu oʻrinda shunisi qiziqki, bolgar tili qachonlardir mavjud boʻlgan hamma kelishiklarni unutib, faqatgina “chaqiruv kelishigi"ni saqlab qolgan. Zero, murojaat shakllari barcha xalqlarda muloqotni zarur tarzda olib borish uchun katta ahamiyatga ega boʻlib, murojaat orqali adresatning qaysi sotsial guruhga mansubligi, yoshi, jinsi, ijtimoiy funksiyasi va boshqa xususiyatlari ifodalanishi mumkin. Bundan tashqari, murojaatlar kommunikantlarning yashash joyi, jinsi, yoshi, kasbi va boshqa ijtimoiy belgilari haqida ham ma'lumot beriladi. Kishilar bir-birlari, ayniqsa, notanish kishilar bilan muloqotga kirishar ekan, suhbatdoshlarini atroflicha oʻrganib olishga harakat qiladilar. Bu, avvalo, kommu-nikantlar oʻrtasida oʻzaro umumiylik bor-yoʻqligini aniqlab olish uchun kerak boʻla-di. Bu umumiylik tildan, hayotiy tajribalardan, nihoyat, oʻzida millat, kasb, jins, oilaviy ahvol, qiziqish kabilarni birlashtiruvchi ijtimoiy holatlardan qidiriladi. Shuning uchun ham biror kishi bilan suhbat qurishga chogʻlangan odam, shubhasiz, suhbatdoshining shaxsiyati bilan qiziqadi. Bu unga boʻlajak suhbat mavzusi, uslubga mezonini belgilash uchun kerak boʻladi. Tanishuvning millat, yosh, jins, kasb, mijoz kabilar bilan bogʻliq jihatlari borki, biz ularning ayrimlari haqida toʻxtalib oʻtamiz. Muloqot tarzining milliylik xususiyatiga ega ekanligini tanishuv bosqichida kuzatish mumkin. Jumladan, yevropalik kishilarning koʻpchiligi suhbat boshidayoq oʻzlarini ism-familiyalarini aytib tanishtirishlari odat tusini olgan boʻlsa, musulmon xalqlari, jumladan, oʻzbeklar suhbatdoshlarining ism-familiyalarini bilishga unchalik shoshilmaydilar. Bolalikdagi tanishish juda oddiy boʻladi. Ya'ni, bolalar bir- birlarining otlarini, nari borsa, qayerlik ekanliklarini bilsalar boʻldi. Bunday tanishish odatda oʻn ikki yoshgacha davom etadi . Oʻsmir yigitlar oʻrtasida begona qizlar bilan tanishish maqsadida gap otish hollari kuzatiladi. Bu madaniyatsizlikning bir koʻrinishi boʻlib, ayrim mamlakatlarda bunga qarshi ma'muriy choralar ham belgilangan. Jumladan, Angliyada bugungi kunda begona kishilar bilan tanishish maqsadida unga xira pashshadek yopishib olish nafaqat madaniyatsizlik sanaladi, balki jinoiy javobgarlikka ham tortiladi. Katta yoshdagi kishilar oʻz-oʻzini tanishtirishni notabiiy deb hisoblaydilar, yoshlar esa erkin va oson til topishadilar. Tanishuv jarayoni kishilar mijoziga ham bogʻliqdir. Ular 2 xil linvistik termin bilan ataladi: 1. Ekstrovortlar, ya'ni muomalaga tez kirishib ketadigan shaxslar. Ular bilan tanishish ancha oson boʻladi. 2. Intravortlar, ya’ni ogʻir tabiatli, muomalaga qiyin kirishadigan, “ichimdagini top” qabilidagi kishilar. Ular bilan esa tanishish ancha qiyin kechadi15. Tanishuv yoki tanishtiruv paytida shaxsning ijtimoiy mavqeyi, joy, oʻrin, vaziyat kabilar bilan bogʻliq holda oʻzgarib turishligi inobatga olinadi. Masalan, tashkilot direktori oʻz ishxonasida, oʻqituvchi maktabda, sotuvchi magazinda va hokazo. Uyida ularning har biri kimgadir ota, aka, uka va hokazo mavqelar pozisiyasini oladilar16. Kommunikantlar tanishtiruvchi kishilarsiz bevosita tanishganlarida har ikkalasiga tanish boʻlgan uchinchi bir kishi “koʻrinmas tanishtiruvchi”lik vazifasini oʻtaydi. Fikrimizni oydinlashtirish uchun yozuvchi Yoʻldosh Sulaymonning “Vafo" romanidan olingan quyidagi parchani keltiramiz: “Uning ishga berilib ketishi, baquvvatligi, koʻrinishidagi qandaydir gʻurur Najib Fotihning e'tiborini oʻziga tortdi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling