Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


Tadqiqotning maqsad va vazifalari


Download 0.56 Mb.
bet3/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)

Tadqiqotning maqsad va vazifalari: Bugungi kunda oʻzbek soʻzlashuv nutqi fonetikasi, oʻzbek soʻzlashuv nutqi leksikasi, sintaksisi, oʻzbek soʻzlashuv nutqi oʻziga xos sistema ekanligi, oʻzbek soʻzlashuv nutqi va uning funksional uslublarga munosabati masalasi, oʻzbek soʻzlashuv nutqi va adabiy til masalasi muammolari oʻzbek tilshunosligida ma’lum darajada oʻrganildi. Saksoninchi yillarda oʻzbek tilshunosligida muhim muammolardan biri sifatida koʻtarilib chiqilgan soʻzlashuv nutqi muammosi qator tilshunoslar, jumladan, B.Oʻrinboyev, E.Begmatov, A.Shomaqsudov, M.Tursunpoʻlatov, S.Usmonov va boshqalar tomonidan tadqiq etildi.8 Biroq bugungi kunda antropotsentrik tilshunoslik nuqtayi nazaridan til faktlarini tahlil qilish tilshunosligimizda yetakchilik qilmoqda. Zamonaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan soʻzlashuv nutqini tahlil qilish ham bugungi tilshunosligimizda dolzarblik kasb etadi. Shuni e’tiborga olgan holda biz bitiruv malakaviy ishimizda oʻzbek soʻzlashuv nutqida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlarini yoritib berishga harakat qilamiz.
Ishni yoritishda, asosan kuzatish, tavsif va qiyoslash usullaridan foydalanildi. Oʻrtaga tashlangan fikrlarni asoslashda oʻzbek adiblari va dialektologlarining asarlari, turli ijtimoiy guruh vakillarining jonli nutqi, dialektologik ekspeditsiya materiallari asosiy manba boʻlib xizmat qildi. Ayrim xalqlar uchun xos boʻlgan muomala tarzi oʻzbek soʻzlashuv nutqi bilan qiyoslandi. Turli jins, yosh, kasb-kor, mavqe va lavozimdagi ijtimoiy guruh a'zolarining, turli hududlarda yashovchi kishilarning soʻzlashuv nutqi kuzatilib, ularning oʻziga xos jihatlari ijtimoiy- lisoniy aspektda tahlil etildi.
Magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadi oʻzbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlarini sinxron usulda tahlil qilish boʻlib, tadqiqotda koʻzda tutilgan asosiy maqsadga quyidagi vazifalarni bajarish bilan erishiladi:

  • Antropotsentrik tilshunoslikning yangi lingvistik yoʻnalish sifatida shakllanishi masalasini yoritish;

  • Sotsiolingvistika va lingvistikpragmatikaning oʻzaro munosabatini tahlil qilish;

  • Oʻzbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari va soʻzlashuv uslubidagi nutqiy etiket masalalarini yoritish;

  • Nutqning ijtimoiy xoslanishi masalasini tahlil qilish;

  • Nutqiy odat birliklarining leksopragmatik xususiyatlarini tahlil qilish;

  • Nutqiy odat birliklari - frazeologizmlarining sotsiopragmatik xususiyatlarini aniqlash;

  • Oʻzbek tilida nutqiy odat birliklarining ekstralingvistik omillari, noverbal vositalarning sotsiopragmatik xususiyatlarini yoritish;

  • Oʻzbek tilida nutq madaniyati, muomala odobini munosib saqlashda nutqiy odat birliklarini toʻgʻri qoʻllash, ham milliylikda, ham turizmda odat birliklarni targʻib qilish, oʻzbek tili nufuzini oshirish;

  • Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar berish.


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling