Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet9/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)

1. Chuchvarani xom sanabsan, Oqsoqol! (Oʻ. Hoshimov). Mazkur gapda qoʻllangan frazeologizmning denotativ ma’nosi biror narsani notoʻgʻri rejalashtirmoq boʻlib, nutqda qoʻllanganda bekor aytmoq semasiga qoʻshimcha emotsional salbiy munosabat pragmatik semasi qoʻshiladi.
2. Motor tovushi gurillab quloqni qomatga keltirdi. (Oʻ. Hoshimov) Quloqni qomatga keltirmoq iborasi ham soʻzlashuv uslubiga xos boʻlib, qattiq ovoz chiqarmoq semasiga qoʻshimcha pragmatik semaga ega. Asabiga tegmoq, salbiy emotsional munosabat semalari pragmatik ma’noni tashkil etadi.
3. Opasini chaqirib berguncha odamni qon qilib yubordi. (Oʻ. Hoshimov) Qon qilib yubordi iborasi ham yaqqol pragmatik semaga ega. Chunki mazkur iborada ham salbiy munosabat, holi-joniga qoʻymay, qistalang qilib, sabrsizlik qilib asabiga tegish ma’nolari bor. Jonidan toʻydirmoq iborasida ham shunga yaqin pragmatik sema bor:
4. Uy masalasidagi spravkani olguncha ham jonimdan toʻydirdi. (Oʻ. Hoshimov)
M.Vafoyeva fikricha, frazeologik birliklar uslubiy boʻyoqdorlikka ega boʻl-gan til birligi boʻlib, obrazli tasviriy vosita sifatida badiiy asar tilida keng qoʻlla-nadi va uni boyituvchi eng muhim vositalardan biri sanaladi, ular matnda ifodala-nayotgan emotsional-ekspressiv ta’sirchanlikni kuchaytiradi, ifoda etilayotgan tu-shunchaga aniqlik kiritadi.30
Shunday qilib, tilimizning boyligi hisoblanmish frazeologizmlarning uslubiy va pragmatik imkoniyatlari keng boʻlib, nutqning ta’sir kuchini yanada orttiradi.
Bob boʻyicha xulosa
Birinchi bob yakunida quyidagi xulosalarga keldik:
1. Oʻzbek odatiy nutq birliklari bilan bogʻliq boʻlgan nazariy masalalarni chuqur, atroflicha oʻrganish tilshunoslikning eng muhim, dolzarb muammolaridan hisobla-nadi. Oʻzbek tili, uning oʻziga xos xususisiyatlarini bilish uchun oʻzbek nutq odatini ham toʻliq oʻrganish lozim. Nutqiy odat birliklari nutqiy muloqotda tez-tez, qaytarilib ishlatilishi bilan xarakterlanadi. Bu birliklar oʻz ahamiyatini faqatgina ma’lum, zarur muloqotda namoyon qiladi, ularni parchalash kerak emas.
2. Har bir millatga xos nutqiy odat birliklari xuddi ana shu takrorlanuvchanligi tufayli maxsus turgʻun formulalar hosil qiladi. Ushbu turgʻun formulalarni toʻgʻri ishlata bilish nutqiy odat me’yorini belgilaydi. Nutqiy odat birliklarini oʻrinli qoʻllamaslik sababli ba’zan tilga xos fonetik, leksik va grammatik qoidalarni bila turib ham me’-yorni buzish hollari uchraydi va turli noqulay hodislar roʻy berishi mumkin.
3. Nutqiy odat vaziyatlari muomalaning tashqi sharoiti va ichki holatlari bilan bogʻliq boʻlib, ular barqaror va oʻzgaruvchan guruhlarga boʻlinadi. Nutqiy odat vaziyatlarida ishlatiluvchi ma’lum tilga xos birliklar tipiklashib, ular asta-sekin muhim formula-larga aylanadi.
4. Barqaror belgilar 6 ta:
1. Muloqot oʻrni va paytining mavjudligi.
2. Adresat va adresantning ishtiroki.
3. Aloqa vositasi sifatidagi maxsus til birliklari.
4. Tematik guruh hosil qiluvchi turgʻun til birliklari yoki paralingvistik vositalar.
5. Muloqotning maqsadi.
6. Ma’lum millar urf-odatlariga xos me’yorni yuzaga keltiruvchi motiv.
5. Oʻzgaruvchan belgilar 3 ta:
1. Rasmiy yoki norasmiy sharoit.
2. Komunikantlarning ijtimoiy belgilari.
3. Komunikantlarning kontakt va distant joylashuvi31
6. Nutqiy odat birliklari soʻzlashuv, badiiy uslublarda yetakchilik qiladi. Ba’zan rasmiy va publitsistik uslublarda ham koʻzga tashlanadi. Misol uchun Prezidentga yoʻllanadigan tabriklar. Dramatik asarlarda ham nutqiy odat soʻzlari koʻp uchraydi (nutqiy vaziyat, qahramonlar holatida kuzatish mumkin). Nutqiy odat birliklari ijobiy va salbiy boʻyoq tashiydi.
7. Umuman, nutqiy odat vazifalarini aniqlash hamda nutqiy odatga tegishli vaziyatlar uchun mansub lisoniy birliklar, ularning oʻziga xos belgilari nutqiy odat muomalalarini hal qilishda muhim oʻrin tutadi.
8. Miliy til bilan bogʻliq ravishda har bir xalqda miliiy muomala odobi, nutqiy etiket shakllanadi. Ma’lumki, etiket – bu kishilarning oʻzaro munosabatiga tegishli umumiy tarzda qabul qilingan va rioya qilinishi talab etiladigan axloqiy qoidalardir. Shunga koʻra u muomala odobining rasmiylashgan shakli boʻlib, u har bir xalqning urf-odati, xulq-atvori bilan bevosita bogʻliq odob qoidalari hisoblanadi. Nutqiy etiket soʻzla-shuv nutqida ham alohida ahamiyatga ega.
9. Soʻzlashuv nutqida pragmatik ma’noning ifodalanishi bir qator omillarga bogʻliq boʻlib, soʻzlaning konnotativ ma’noda qoʻllanishi, soʻzning emotsional boʻyogʻi, diskursiv yuklamalar, frazeologizmlar bu omillar ichida ajralib turadi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling