Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


II BOB . Nutqiy odat birliklarining sotsial-lingvistik xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet10/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)

II BOB . Nutqiy odat birliklarining sotsial-lingvistik xususiyatlari
2.1.Keksalar va tengdosh yoshlar muloqotida nutqiy odat birliklarining ishlatilishi.
Sotsiolingvistikada nutqning ijtimoiy xoslanishida nutq tushunchasi lingvistikada tushuniladigan til (lison)ning bevosita voqelanishi, uning moddiy shaklda yuzaga chiqishi tushunchasidan farq qiladi. Ya'ni sotsiolingvistikada nutqning ijtimoiy xoslanishi deganda, umumijtimoiy imkoniyatlarning muayyan shaklda voqelanishi emas, balki qandaydir alohida bir guruh uchun me'yor vazifasini oʻtaydigan umumiylik bilan xususiylik oraligʻi tushuniladi. Tilshunoslikda adabiy tilga, sheva-larga nisbatan bu ma'noda me'yor tushunchasi qoʻllanadi. Bundan tashqari, bu tu-shuncha lingvistikaning argo va jargonlariga ham yaqin turadi, chunki ular ham ma'lum bir ijtimoiy tabaqa uchun me'yor sanaladi32.
Ma’lumki, inson tabiat va jamiyat mahsuli sifatida ularning qurshovida yashaydi. Ayni paytda, ularning oliy mahsuli ham sanalib, ana shu qurshovni narsa va predmet shaklida, voqea va hodisa tarzida miyasida aks ettiradi, idrok qiladi, fikrlaydi. Bu jarayonda material hisoblangan tilning ahamiyatini hech narsaga qiyoslab boʻlmaydi. Shuning uchun ham til tafakkur quroli deb bejiz aytilmaydi. Til bilan tafakkur bir-bi-rini taqozo etadigan ajralmas hodisadir. Tilsiz tafakkur boʻlmaganidek, til ham tafakkursiz boʻlmaydi. Tilning inson uchun fikrlash vositasi boʻlishini, moddiy asos sifatida xizmat qilishini hali birinchi bosqich deyishimiz mumkin. Ikkinchi bosqich-da esa fikrlash natijasida, tafakkur mahsuli reallashmogʻi, ya’ni fikrlash markazi boʻlgan miyadan tashqariga chiqishi lozim. Bunda esa tilga boʻlgan ehtiyojning ikkinchi bosqichi boshlanadi, ya’ni u kommunikativ vazifani bajarishga kirishadi. Tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarning turli tillarda turlicha nomlanishidan qat’iy nazar, mana shu jarayonda u insonlar faoliyatida fikrlash va oʻzaro ijtimoiy munosabat va muomala vositasi, materiali boʻlib qolaveradi. Ammo til muomala vositasiga aylandimi, uning tabiiy ravishda imkoniyat doirasi ham kengayib boradi. Endi u nutq, nutqiy jarayon quroliga aylanadi.
Bu holni uchinchi bosqich deb atash mumkin. Bosqichlar soni ortib boravergani sari tilning ijtimoiylik imkoniyati ham tobora kengayishi ma’lum boʻlib qoladi. Ya’ni, inson nutqiy faoliyatida kommunikativ vazifani bajarayotgan til koʻmagida suhbatdosh yoki tinglovchiga ma’lum axborot ham yetkaziladi. Demak, tilga boʻlgan munosabatda toʻrtinchi bosqich yuzaga keladi.
Jamiyatda turli tabaqa, turli ijtimoiy qatlam, turli yosh va jins vakillari yashaydi. Buning natijasida nutqda ijtimoiy xoslanish yuzaga keladi.
Nutqning ijtimoiy xoslanishi uslubiyat bilan bevosita aloqadordir, chunki badiiy, ilmiy, rasmiy-idoraviy, publitsistik kabi uslublar sohaviy me'yorlardir. Shuning uchun nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi uslubiyat doirasida tahlil va tadqiq etilishi mumkin. Lekin bunda ham oʻziga xos farq mavjud: uslubiyat, asosan, lisoniy vositalrni oʻrganadi, nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvida esa nutqiy ifoda vositalari paralingvistik, ekstralingvistik vositalar bilan birgalikda tadqiq qilinadi va bu nuqtada sotsiolingvistika etnografiya, odat, axloq fanlari bilan kesishadi. Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi rang-barang boʻlib, ularning ichida quyidagi turlarini ajratish mumkin:

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling