Zbek tilida nutqiy odat birliklarining lisoniy xususiyatlari


Download 0.56 Mb.
bet18/27
Sana09.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1180897
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
Naimaxon Soliyeva Diplom ishi (2)

- Shunday yosh xotinning umriga zomin boʻlganing-dan keyin jabrini ham tort-da. Oʻz gunohing, uka, - deb piching otib qoʻydi.
Yana birisi yupatganday boʻldi:
-Xafa boʻlmang, emizikdagi bolani qonun onasiga buyuradi. Innaykeyin, xotiningiz sl taptidan tushsin, baribir onalik muhabbati qoʻymaydi, bolani sizdan olib ketadi.
Juda shalvirab tushgan edim. Oyoqlarimga ham ishonmay, sudralib qadam tashlardim. Oʻsha kuni uzun, keng, serqatnov shahar koʻchasida bola koʻta-rib, tentirab yurganimni koʻp kishi koʻrgan edi.” (Gʻ.Gʻulom “Yodgor” qissasidan)
Ushbu parchada keltirilgan “oʻjar dagʻdagʻa”, “jahd-u jad”, “agʻrayib qoldim”, “garangsiz qoldim”, “yigʻlaguday boʻlib”, “choʻchib ketdim”, “haqoratli nazar”, “jerkib”, “piching otib qoʻydi”, “yupatganday boʻlib”, “sal taptidan tushsin”, “shalvirab tushgan edim”, “sudralib qadam tashlardim”, “tentirab yur-ganimni” kabi soʻz , ibora va soʻz birikmalari asar qahramonlarining individual (shaxsiy) xususiyatlarini ochish uchun xizmat qilmoqda.
Nutqda hatto sukut (jim turish, gapirmaslik) ham noverbal informatsiya vositasi, uslubiy figura sifatida ishtirok etadi va situativ, sotsial hamda psixologik faktorlar bilan bogʻliq holda oʻziga xos kommunikativ mazmun ifodalaydi. Albatta, sukut soʻz yoki gaplardan farq qilib, kommunikativ aktdan tashqarida (masalan, uyqu, yolgʻizlik va shu kabi holatlarda) kommunikativ mazmun ifoda etmasligi mumkin. Shuning uchun V.V. Bogdanov “sukut noverbal vositalardan sanalib,vazifasiga koʻra kommu-nikativ mazmunga ega va kommunikativ mazmunga ega boʻlmagan turlardan iborat boʻladi", degan fikrni ilgari suradi. Demak, sukut ham nutqiy odat birliklari sirasiga kiradi.
Olimlar kommunikativ aktning muhim birligi sifatida ta'kidlayotgan sukut va uning muloqotdagi oʻrni haqida oʻzbek tilshunosligida M. Saidxonovning kichik bir tezisdan boshqa jiddiyroq tadqiqotni topolmagan boʻlsak-da, Yevropa tilshunosligida bu mavzu bir qator olimlar e'tiborini oʻzila jalb etganligining guvohi boʻldik. Ular oʻz izlanishlarida sukutning turli funksiyalarini ochib berishga harakat qilganlar. Jumladan, K. Simmerman shu mavzuga oid maqolasida bir semantik maydonga kiruvchi jimlik, pauza, sukutning oʻzaro farqli belgilari haqida fikr yuritsa, T. Bryuno kommunikatsiya jarayonidagi sukut va yolgʻizlikdagi jimlikni oʻzaro farqlash zarurligini ta'kidlaydi . Dj. V. Yensen esa “Sukutning kommunikativ funksiyalari" nomli maqolasida uning quyidagi vazifalarini alohida ta'kidlaydi: aloqa funksiyasi (Linkage), ta'sir etish (affecting), anglash (revelatinal), mulohaza (judgmental), harakat (activating) . S.V.Krestinskiy "Dialogda sukutning kommunikativ yuki" nomli maqolasida bu masalaga ancha batafsil toʻxtaladi va sukutning sakkiz muhim funksiyasini izohlab beradi .
Bizning kuzatishlarimiz shundan dalolat bermoqdaki, koʻpgina xalqlarda sukut bir-biriga yaqin kommunikativ mazmun ifoda etadi. Jumladan, oʻzbeklarning “Sukut - alomati rizo” degan gapi ruslarning “Molchanie - znak soglasiya “ degan gapi bilan aynan mos kelsa, nemislar nutqida qoʻllanadigan “Keine Antwort ist auch eine Antwort” , ya'ni “Javob bermaslikning oʻzi ham javobdir” mazmunidagi gap “Ahmoqqa javob — sukut” degan oʻzbek xalq maqoli mazmuniga ancha mos keladi. Ammo “soʻzning haqiqiy hayoti kontekst ichida" (A. A. Potebnya) boʻlgani kabi, sukutning haqiqiy kommunikativ mazmuni ham kommunikativ akt jarayonida oydinlashadi. Yozuvchi Tilavoldi Joʻrayevning “Sharoit” nomli hikoyasida sukutning bir necha kommunikativ mazmun turlari beixtiyor sanab oʻtiladi:
...mashinada allanechuk sukunat zohir edi. Bu aslo araz, gina, oʻpka, ta’na, malomat sukuti emasdi. Bu sukut – roz sukuti edi…”
Koʻrinadiki, kommunikativ akt bilan bogʻliq holda sukut bir qator kommunikativ mazmun ifoda etishi mumkin. Abdulla Qahhorning “Anor” hikoyasidan olingan quyidagi parchada indamaslik ,arazlash, ,xafa boʻlish holatlarini ifodalash uchun xizmat qilgan:
Mushak, — dedi Turobjon, — Mullajon qozining bogʻida. Mullajon qozi beshik toʻyi qilgan.
Xotini indamadi.
Shahardan toʻralar ham chiqqan, — dedi Turobjon yana.
Xotin yana indamadi…”
Chunki bu paytda Turobjonning boshqorongʻi xotini hech boʻlmasa bir donagina anor topib kelolmagan eridan, qolaversa, zamona zaylidan xafa edi. Uning bu lahzadagi holatini hech qanday soʻz bilan ifoda etib boʻlmaydi. Shuning uchun boshqorongʻi xotin oʻz ichki iztiroblarini faqat indamaslik (sukut) orqaligina izhor qiladi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling